"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.14K subscribers
32.2K photos
3.93K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik
#UCHTEPA_TETK

⚡️UCHTEPADA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🌿🛠«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, Uchtepa tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan tumanining «Beshqayrag`och» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-1863-sonli transformator punktidan ta’minlanuvchi HL-0,4 kVli havo elektr uzatish kabel tarmoqlarida ham rejaga asosan mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, tarmoqdagi eski alyumin simlar yangi zamonaviy SIP rusumidagi izolyastion kabel tarmoqlariga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan salqi simlar tarangligi rostlash hamda tarmoqni to‘liq daraxt shoxlaridan tozalash ishlari bajarildi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Ertaga respublikamiz bo‘ylab navbatdagi “Avtomobilsiz kun”

25-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmang! O‘zimiz nafas olayotgan havo toza bo‘lishiga hissa qo‘shing. Buning uchun esa shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.

🌐Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong


🍃 Assalomu alaykum, xayrli tong Azizlar!

🍃 Murodbaxsh chorshanba tongingiz xayrli boʻlsin!

🍃 Umrimizning yana bir qaytarilmas tongi muborak boʻlsin!

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐
Telegram
#OB_HAVO

 🌤 25- sentyabr haftaning chorshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#DIQQAT_ELON

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILDI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 25 - sentyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chirildi:

Bektemir tumani: «Nurli yo`l» MFY
ning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Mirobod tumani: «Sarakul» MFY
ning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababliy yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#ESLATMA
#SHAYXONTOXUR_TETK

⚡️DOIMO XAVFSIZ ISH TASHKIL ETISH LOZIM

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalaridagi barcha tezkor brigada a’zolari har kuni, har bir ish kuni avvalida maxsus yo‘riqnomadan o‘tkaziladi.

Birgina qo‘pol xato turli baxtsiz hodisaga sabab bo‘lishi mumkin.

Bugun ham, kun avvalida Shayxontoxur tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi Sh. Isroilov tomonidan ishchi-xodimlarni nafaqat ish kuni avvalida balki, har bir bajarilayotgan ish jarayoni boshlanishida ham texnika xavfsizlik qoidalariga so‘zsiz amal qilishliklari tushuntirilib, har bir xodim doimiy yo‘riqnomadan o‘tkazildi.

Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni esa muntazam jamiyat rahbariyati va Mustahkamlik texnika xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Zero, bularning barchasi sohada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarimizning xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#Mavsum_oldi_hozirlik
#MIROBOD_TETK

⚡️MIROBODDA ELEKTR QURILMALARI MUKAMMAL TA'MIRLDAN CHIQARILMOQDA

🌿🛠 Mirobod tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tuman hududida mukammal hamda joriy ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, tumanining «Furqat» MFY hududidagi ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr ta’minotini yaxshilash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida, hududdagi mavjud 0,4 kVli TP-1392-sonli transformator punktidagi 400 kVAli transformatorda mukammal tamirlash ishlari bajarildi.

🌿🛠 Ta'mirlash jarayonida mutaxassislar tomonidan mazkur transformator punktini moy sathini rostlash, bo‘yoqlash, 0,4 kVli chiqish qismini to’liq yangilash, montash qilish ishlari olib borildi.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram