"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.12K subscribers
32.3K photos
3.94K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#MAVSUMGA_HOZIRLIK
#YUNUSOBOD_TETK

⚡️ELEKTR TARMOQLAINI YANGILASH ISHLAR JADDALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan «Qo`shchinor» mahallasidagi aholi xonadonlarini elektr ta'minotini yanada yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi TP-5058-sonli transformator punkti oralig'idagi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzunligi 7 kmdan ortiq bo`lgan 10 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tayyorlangan videorolik.


«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahrining Yunusobod tuman ETKda ma`lumotnoma olish uchun «o`lpon» talab qilinayotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur holat bo`yicha, joriy yilning 15-avgust kuni Yunusobod tuman elektr ta`minoti isteʼmolchi kelib tuman elektr taʼminoti korxonasidan qarzdorlik yoʻqligi haqida notarial idoraga maʼlumotnoma yozib berishini so`rab TETK xodimasi Babakulova Rashidaga yuzlandi. R.Babakulova esa unga javoban ayni vaqtda elektr taʼminoti baza tizimi ishlamaganligi sabab, notarial idoradan qogʻoz, yaʼni advokat sorovnomasi (zapros) soʻragan. Chunki, notarial idora uchun maʼlumotnoma taqdim etish 2017-yildan taʼqiqlangan. Advokat soʻrovnomasi (zapros) boʻlmasa maʼlumotnoma yozib berolmasligini aytgan. Isteʼmolchi ayol TETK xodimasini notoʻgʻri tushunganligi va mendan TETK xodimi oq qogʻoz talab qilidi deb, jahl ustida erkak kishiga qoʻngʻiroq qilib goʻshakni R.Babakulovaga bergan va TETK xodimiga qoʻpol soʻzlar ishlatgan va bu isteʼmolchi noroziligiga sabab boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsasida, istemolchiga Yunusobod TETK xodimi tomonidan qoʻngʻiroq qilinganida isteʼmolchi eshitishni ham hohlamaganligi sababli TETK xodimlari tomonidan iste`molchi istiqomat qiladigan «Shoshtepa» MFYga murojaat etilganligini hamda dalolatnoma tuzilganligini maʼlum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#MAVSUM_OLDI_HOZIRLIK
#YUNUSOBOD_TETK

⚡️«TURKQO`RG`ON»DA ELEKTR QURILMALARI MUKAMMAL TA`MIRDAN CHIQARILMOQDA

🌿🛠 Bugungi kunda Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tuman hududidagi elektr uzatish tarmoqlarini hamda elektr qurilmalarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari jadal suratlarda davom ettirilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, mazkur tumanning «Turkqo`rg`on» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, 35/6 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli «Sokin» podstansiyasidan ta`minlanuvchi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarini yangilash maqsadida, quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli 2,5 ming metr uzunlikdagi yangi kabel tarmoqlariga almashtirish ishlati olib borilmoqda.

🌿🛠 Bundan tashqari, hududdagi mavjud TP-729-sonli transformator punktida mukammal ta`mirlash ishlari hamda mazkur yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmoqlarini ulash amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Ushbu ishlar yakunida, Yunusobod tumanining «Turkqo`rg`on» MFY hududida istiqomat qilayotgan aholi istemolchilarining yillar davomida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari to’liq bartaraf etiladi. Shuningdek, boshlangan mazkur loyiha yakuni bilan ushbu MFYning 500 dan ortiq aholi xonadonlari sifatli elektr energiyasi bilan ta`minlanadi.

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta`minoti korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida, elektr ta'minotini yaxshilash bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram