"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.24K subscribers
31.9K photos
3.88K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Mavsumga_hozirlik
#UCHTEPA_TETK

🌿🛠«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Uhtepa tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida, joylarda ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠Xususan, tumanning «Vatan» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-6343-sonli transformator punktida nosoz elektr qurilmalari yangisiga almashtirilib mukammal ta'mirdan chiqarilmoqda.

🌿🛠 Bu bilan, ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlarining elektr taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

🌿🛠 Ayni vaqtda, joylarda rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

—————

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева видеоселекторное совещание по вопросам повышения результативности состоявшегося визита в Бухарскую область, внедрения альтернативных источников энергии и создания привлекательных условий для промышленных предприятий.

🌐 Telegram
#Mavsum_oldi_hozirlik
#CHILONZOR_TET

⚡️KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA

🌿🛠 Ayni kunlarda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tarkibidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalarida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

🌿🛠 Xususan, Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tuman hududida elektr energiyasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan boʻlib, ayni vaqtda «Botirma» MFY hududini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 0,4 kVli TP-1798-sonli transformator punktida reja jadvalga asosan mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
Kun tartibidagi asosiy masalalar – Buxoro viloyati misolida tadbirkorlarga ko‘proq sharoit yaratish, har bir tumanni ixtisoslashtirish, energiyadan oqilona foydalanish, yashil manbalarni ko‘paytirish, tuman idoralarini samarali ishlashga o‘rgatish ko‘rib chiqildi.

Ikki oy oldin Buxoroga tashrifda hamma muammolar yechimi ko‘rsatib berilgan edi. Tashrifdan keyin viloyatga 1,4 trillion so‘m ajratildi. Bugun Prezident tomonidan imzolangan qarorlarga muvofiq viloyatga tadbirkorlik uchun qo‘shimcha 60 million dollar, infratuzilmaga 40 million dollar ajratiladi.

Viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, tuman hokimlari shunga munosib ishlab, joylardagi tashkilotlar oldiga aniq vazifa, xodimlariga KPI belgilab, har kuni aniq natijaga ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kelgusida har bitta tarmoq va viloyatdagi haqiqiy ahvol shunday tahlil qilinib, muhokama o‘tkazilishi belgilandi.

🌐 Telegram
Buxoroda 900 million kilovatt elektr va 400 million kub metr gazni iqtisod qilish imkoni borligi qayd etildi. Bu umumiy iste’molning 20 foiziga teng.

Yirik korxonalarda uskunalarni yangilash va audit o‘tkazish orqali 25 foizigacha elektr va gazni iqtisod qilish mumkin.

Buxoroda 200 ming ko‘chmas mulk obyektida kamida 3 kilovattli quyosh paneli o‘rnatib, 600 megavatt quvvat yaratish mumkin. Bu bilan viloyat elektr iste’molining yana 20 foizi iqtisod bo‘ladi.

Lekin, hozirgacha 2 ming xonadon va 750 ta tadbirkor panellar o‘rnatgan bo‘lsa-da, tarmoqqa berilgan elektr uchun bor-yo‘g‘i 292 tasiga puli to‘langani tanqid qilindi. Oqibatda panel o‘rnatganlar rag‘bat sezmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga xonadon, mahalla, panel o‘rnatuvchini bir-biriga bog‘lab, aholiga tushuntirish, panel qo‘yganlarga to‘lovlarni o‘z vaqtida tushirish ishlarini tashkil qilib, yil yakunigacha keskin o‘zgarish qilish topshirildi.

🌐 Telegram
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida Prezident qator topshiriqlar berdi.

Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish topshirildi.

Soliq qo‘mitasiga quyosh paneli o‘rnatgani uchun yer va mulk solig‘i imtiyozini qo‘llashdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qo‘yildi.

Suyultirilgan gazni aholiga xususiy sektorni keng jalb qilgan holda yetkazib berish masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritishga ko‘rsatma berildi.

🌐 Telegram