"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.14K subscribers
32.2K photos
3.93K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Kuni kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi to‘liq ishga tushirildi.
 
Iste’molchilarga qulaylik yaratish hamda takomillashtirilgan “Shaxsiy kabinetga” kirish va ro‘yxatdan o‘tishda ba’zi tushinmovchiliklarni inobatga olgan holda, maxsus video qo‘llanma tayyorlandi.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸ASSALOMU ALAYKUM!🌸

🌟🌙GOʻZAL TONG, JUMA MUBORAK BO'LSIN !🍃🌹🍃

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️ 9 - avgust haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#DIQQAT_ELON

MIRZO ULUG`BEK TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 9-avgust kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Mirzo Ulug`bek tumanining: «Katta Yalang`och», «Qodirova» hamda «Shalola» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

DOIMO XAVFSIZ ISH TASHKIL ETISH LOZIM

🔹«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan tegishli bo‘lim, xizmatlar hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminotidagi barcha tezkor brigada a’zolari har kuni, har bir ish kuni avvalida maxsus yo‘riqnomadan o‘tkaziladi.

🔹 Bugun ham erta tongdan Mirzo Ulug'bek tuman elektr taʼminoti korxonasi bosh muhandisi A.Isroilov tomonidan xodimlarni ish jarayoni oldidan navbatdan tashqari yoʼriqnomadan oʼtkazish ishlari olib borildi.

🔹 Ishchi-xodimlarni nafaqat ish kuni avvalida balki, har bir bajarilayotgan ish jarayoni boshlanishida ham texnika xavfsizlik qoidalariga so‘zsiz amal qilishlari tushuntirilib, har bir xodim doimiy yo‘riqnomadan o‘tkazib boriladi.

🔹Zero, buning barchasi sohada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarimizning xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
CHILONZOR TUMANIDA TARG‘IBOT ISHLARI TASHKIL ETILDI

Ma’lumki, joriy yilning 10 iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bо‘lib о‘tgan edi.

Yig‘ilishda energiya manbalarini va generatsiya quvvatlarini kо‘paytirish – davlatimiz siyosatining ustuvor yо‘nalishidan biri ekanligi alohida ta’kidlanib, energiya resurslaridan oqilona foydalanmasdan, tarmoq va hududlarda, ham ijtimoiy, ham iqtisodiy sohalarda energiya samaradorligini ta’minlamasdanyuqori natijalarga erishib bо‘lmasligi xusida tо‘xtalib, borada alohida topshiriqlar qо‘yilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent shahar Chilonzor tuman hokimligi tashabbusi bilan О‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hudududgazta’minot” AJ hamkorligida tadbirkorlik sube’ktlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi dasturi va boshqa tо‘lov tizimlari о‘rtasida ma’lumotlarni yangilash bо‘yicha ishlar olib borilayotgani sababli balans ma’lumotlarida xatoliklar kuzatilmoqda.

Shu sababli balans ma’lumotlarni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning “Shaxsiy kabineti”orqali kuzatishni tavsiya qilamiz.

Tо‘lov tizimlari bilan olib borilayotgan texnik yangilanishlar tez fursatlarda о‘z yakuniga yetishini ma’lum qilamiz.

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: Ispaniyalik muhandislar tomonidan tebranish yordamida energiya ishlab chiqaruvchi parraksiz shamol turbinalari ishlab chiqildi.

🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-940-son, 07.08.2024 y.) imzolandi

🔰Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.

✔️Shuningdek, u yoqilg‘i-energetika resurslarini isteʼmol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

🏢 Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

📜 Maxsus vakolatli davlat organi quyidagilarni amalga oshiradi, jumladan:

🔹davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;

🔹energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimini yuritadi.

📁 Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi sohasidagi davlat nazorati O‘zenergoinspeksiya hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

📌Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

🌐 Telegram