"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.19K subscribers
32K photos
3.9K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
O‘tgan yilning o‘zida xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb ikki barobar ko‘paydi.

Energetika sohasida “ACWA Power”, “Masdar”, “Total Eren”, “Voltalia”, “Ҫalɩk” va “Aksa”; kimyo sanoatida “Air Products”, “Indorama” va “Kamse”, tog‘-kon va metallurgiyada – “Orano” va “DANIELI”, avtomobilsozlik va elektrotexnika yo‘nalishlarida “BYD”, “Kia” va “Samsung”, qurilish sohasida “Koҫ” va “KNAUF” kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari hamda yirik brendlari bilan 300 dan ortiq investitsiya va sanoat loyihalari ishga tushirilgani va yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratilgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Bugungi forum doirasida dunyoning ilg‘or kompaniyalari hisoblangan “Linde”, “Orascom”, “DataVolt”, “Bonafarm”, “PASHA holding” va boshqa sheriklar ishtirokida yangi yirik loyihalarga start beriladi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari bu ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan xorijiy investorlarga, barcha hamkorlarga chuqur va samimiy minnatdorlik izhor etdi.

🌐 https://t.iss.one/toshetk
Shuningdek, energetika yo‘nalishidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasini ijtimoiy va boshqa infratuzilma sohalarida ham keng tatbiq etish rejalashtirilgan.

Tadbirkorlarga yer ajratishning zamonaviy shaffof tamoyillari – ya’ni, auksion savdo tizimi yo‘lga qo‘yildi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida qonunchilikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan 60 dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzilib, 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqilmoqda.

🌐 https://t.iss.one/toshetk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotda chuqur transformatsiya jarayonlari, qulay investitsiya va biznes muhiti hamda sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatni yaratish izchil davom ettirilishini ta’kidlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Birinchi yo‘nalish: “yashil” energetika. Energetika tarmog‘i samaradorligini oshirish butun mintaqamiz uchun dolzarbdir. Bu borada mamlakatimizda 28 ta loyiha ustida ishlar davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston 2030-yilgacha 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish va energetika balansida uning ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilgan.

Bugun forum doirasida investorlar uchun qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistondagi gidroelektr stansiyalarini birgalikda qurish loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi. Prezident ushbu yo‘nalishda barcha davlatlar yetakchi kompaniyalarini ochiq muloqot va amaliy hamkorlikka taklif etdi.

🌐 https://t.iss.one/toshetk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на III Ташкентском международном инвестиционном форуме

Address by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Third Tashkent International Investment Forum

🌐 https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#UCHTEPA_TET

⚡️NAYMANDA ELEKTR QURILMALARI MUKAMMAL TA'MIRDAN CHIQARILMOQDA

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Uchtepa tuman elektr ta’minoti ishchi xodimlari tomonidan iste`molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish hamda elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, tumanning «Nayman» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-2137-sonli transformator punktida nosoz elektr qurilmalari yangisiga almashtirilib mukammal ta'mirdan chiqarilmoqda.

🌿🛠 Bu bilan, ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlarining elektr taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

🌿🛠 Ayni vaqtda, joylarda rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
#Amal_qiling

Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi



☑️ Qonunchilikka ko‘ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya'ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

🌐 https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida
ishtirok etdi

t.iss.one/farhetk_admin
Тошкент инвестиция форуми доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Вазирлар Маҳкамаси Раиси – Президент Администрацияси раҳбари Ақилбек Жапаровни қабул қилди.

В рамках программы Ташкентского инвестиционного форума Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял Председателя Кабинета Министров – руководителя Администрации Президента Кыргызской Республики Акылбека Жапарова.

#Mirziyoyev #qabul #Qirgiziston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X