"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.12K subscribers
32.3K photos
3.94K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#SERGELI_TET

⚡️«XONOBODTEPA» MAHALLASIGA YANGI TRANSFORMATOR O‘RNATILDI

🌿🛠 Sergeli tuman elektr ta`minoti mutaxassislari tomonidan tumanining «Xonobodtepa» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturiga asosan elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu MFY hududidagi mavjud 400 kVa quvvatli transformator punkti yuklamasini yengillatish maqsadida, qo‘shimcha yangi transformator olib kelindi.

🌿🛠 Ayni vaqtda, tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan yangi transformator va undan chiquvchi elektr uzatish havo tarmog‘ini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

🌿🛠 Mazkur ishlar natijasida hududdagi 300 dan ziyod aholi xonadonida elektr ta’minoti yanada yaxshilanishiga erishiladi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshiriladi


“O‘zbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida”gi Prezident Qarori (PQ-132-son, 18.03.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qo‘shish bo‘yicha Investor bilan muzokaralar olib boriladi:

🔹Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;

🔹Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;

🔹mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;

🔹ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni Qo‘shma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish;

🔹sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash hamda kafolatli servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;

🔹barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan Investorga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish.

🌐 https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uyimizga osonlik bilan kirayotgan yorug‘lik ortida qancha insonlarning mehnati borligini bilasizmi?

Siz behuda yonayotgan bitta lampochkani o‘chirish orqali bir xonadonda chiroq yonishini ta’minlashingiz mumkin.

🌐 https://t.iss.one/toshetk
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#CHILONZOR_TET

🌿🛠 Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzalarida «Inson qadri har narsadan ulug‘ligi, har bir murojaat ortida inson hayoti turishini» alohida ta’kidlab o`tdilar. Shu bois ham bugun har bir og‘ir hududdagi muammolar birma-bir ijobiy o`z yechimini topmoqda.

🌿🛠 Jumladan, Chilonzor tuman elektr ta`minoti mutaxassislari tomonidan tumanning «Halqlar do`stligi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan TP-1071–sonli transformator punkti yillar davomida iste’molchilarning sonini ortishi hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishi natijasida o‘ta yuklama bilan ishlab kelayotgan edi.

🌿🛠 Mutaxassislar tomonidan tumanning «Halqlar do`stligi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida, mavjud oʼta zoʼriqish bilan ishlab kelayotgan TP-1071–sonli transformator punktining quvvati 630 kVA bo’lgan yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtirildi.

🌿🛠 Bu bilan, mahallaninng 400 dan ortiq xonadonining elektr ta’minoti yaxshilanadi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#UCHTEPA_TET

🌿🛠 Toshkent shahri iste’molchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJda 24 soatlik navbatchilik asosida ish faoliyati olib borilmoqda.

🌿🛠 Xususan, hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarining holati o’rganilib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.

🌿🛠 Ayni vaqtda, Uchtepa tuman elektr ta'minoti ishchi –xodimlari tomonidan «Qo`rg`ontepa» MFY hududidagi mavjud elektr tarmoqlaridagi nosozliklarni aniqlash va uning oldini olish maqsadida, nosozlik yuzaga kelgan yer osti elektr uzatish kabel tarmog`ining shikastlangan qismini ta`mirlash maqsadida, montaj ishlari olib borilmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#SERGELI_TET

🌿🛠 Sergeli tuman elektr ta'minoti tomonidan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda yangilash ishlari davom etmoqda.

🌿🛠 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-91-sonli Qarori doirasida tumanning «Eshonbuloq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga yangi quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformator o‘rnatildi.

🌿🛠 Hozirda, mutaxassislar tomonidan mazkur yangi transformator punktida montaj ishlari bajarilmoqda.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk