"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.97K subscribers
35.7K photos
4.39K videos
16 files
17.8K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#MIRZO_ULUGBEK_TET

❄️🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Mirzo Uligbek tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan elektr qurilmalarida mukammal ta'mirlash ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

❄️🛠 Xususan, tumanning «Shahrisabz» MFY hududida joylashgan RU-0,4 kV bo'lgan past kuchlanishli TP-6933-sonli transformator punktlida mukammal tamirlash ishlari olib borildi.

❄️🛠 Ta'mirlash jarayonlarida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.

❄️🛠 Hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#YASHNOBOD_TET

              
❄️🛠 Poytaxt energetiklari tomonidan qish mavsumida istemolchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, doimgidek oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar.

❄️🛠 Ayni vaqtda, Yashnobod tuman elektr taʼminoti tomonidan tumanning «Ma'rifat» MFYning Boku va Qashqadaryo kochalari hududidagi quvvati HL-04 kV boʻlgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida har qanday ob-havo sharoitida barqaror elektr taʼminotini taʼminlay oladigan yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlari tortilib, yangi tarmoqqa aholini ulash ishlari olib borilmoqda.

🛠 Bu bilan aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti tubdan yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi
.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-mavze hududidagi 7-sonli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo'lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 23-fevral kuni soat 09:30 da Yunusobod tuman hududiga qarashli bo'lgan 110/35/10 kV bolgan «Yunusobod» podstansiyasidan ta'minlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr qurilmaning shikastlanishi natijasida avariya holatida qisqa muddatga oʻchishlar kuzatilgan.

Natijada, hududning 2-mavze hududidagi 7-sonli ko'p qavatli aholi yashash xonadonlari vaqtinchalik elektr energiyasida uzilish holatlari kuzatilgan.

Yunusobod TETning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan tezkor ta'mirlash ishlari olib borilib, shu kunning o`zidayoq soat 15:30 da nosozlik to'liq bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda hudud toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
O‘zbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari “BAT Uzbekistan” kompaniyasiga topshirildi

“Yashil energiya” sertifikati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat hisoblanadi.

Bugun, 23-fevral kuni Samarqand shahrida “BAT Uzbekistan” kompaniyasiga O‘zbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari rasman topshirildi.

Aytish lozimki, 2000 dona yashil energiya sertifikatini xarid qilgan “BAT Uzbekistan” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun joriy yilning yanvar-fevral oylarida ishlatgan elektr energiyasining 100 foiz qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.

🌐 https://t.iss.one/toshetk