"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.3K subscribers
31.6K photos
3.84K videos
16 files
16.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi
#Sayyor_qabul

⚡️ UCHTEPADA AHOLI MUROJAATLARI YUZMA-YUZ O‘RGANILDI

🔹 Kuni kecha, Uchtepa tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan tumanning «Beshqayrag`och» mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Unda jamiyat rahbariyati va tuman elektr taʼminoti korxonasining mas`ul xodimlari mahalla fuqarolari bilan uchrashib, ularning elektr energiyasi bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.

🔹Sayyor qabulda ishtirok etgan murojaatchilarning muammolari o'rganilib, ayrimlari shu yerning o'zida bartaraf etildi. Ba'zi muammolarni bartaraf etish muddat talab qilgani uchun mas'ullarga ushbu muammolarni ijobiy hal etish choralari ko'rilishi belgilab olindi va boshqa yoʻnalishdagi savollar boʻyicha tushuncha va tavsiyalari eshitildi.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mazkur ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lardik.


🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Пользуясь в повседневной жизни электроприборами, соблюдая их инструкции по безопасному использованию, мы предотвратим возможные неприятные ситуации.

🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyligi
#Yangi_Ozbekiston_PS

⚡️ YASHNOBOD TUMANIDA YANGI YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYA QURILMOQDA

🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan Yashnobod hamda Mirzo Ulug`bek tumanlarining «Tashisti», «Bahor», «Tuzel», «Jarboshi», «Iqtidor», «Ijodkor», «Alisherobod», «Chingeldi», «Temuriylar», «Zakovat», «Jasorat» MFYlarining aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida, «Jarboshi» MFY hududida 110/35/10 kV kuchlanishli «Yangi O`zbekiston» podstansiyasi qurilmoqda.

Bugungi kunda podstansiyada sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan:

Mazkur podstansiya uchun 2 ta uzunligi 8,7 km bo‘lgan 110 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ini tortish ishlari tugatildi.

Uzunligi 8,7 km bo‘lgan 110 kVli elektr uzatish tarmog‘i uchun 8700 metr transheya qazilib, 8700 metr lotok oʻrnatildi (jami 52 200) metr uzunlikda kabel tarmog‘ini tortish ishlari yakunlanib, 66 ta mufta montaj qilindi.

Yangi podstansiya uchun 2 ta yuqori kuchlanishli 63 MVAli transformator o‘rnatilib montaj ishlari olib borildi. Shuningdek, loyiha doirasida oʻrnatilishi lozim boʻlgan rejadagi 110 kVli KRUE, 35-10 kV qurilmalarini o`rnatildi.

📊 Hozirda, sinov-sozlash ishlari va tashqi obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.

Podstansiya qurilishidan ko’zlangan maqsad, Yashnobod va Mirzo Ulug`bek tuman hududlaridagi Yangi O`zbekiston bogi` hamda yangi barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi hududlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash shuningdek «Tuzel» podstansiyasini yukini yengillatish hamda aholiga yanada sifatli elektr energiyasi yetkazib berishdan iboratdir.

📊 Podstansiyaning dastlabki quvvatlari joriy yil yakuniga qadar to‘liq quvvatlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

📌 Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi PQ-91-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mazkur ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lardik.


🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Пользуясь в повседневной жизни электроприборами, соблюдая их инструкции по безопасному использованию, мы предотвратим возможные неприятные ситуации.

🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyligi

Pulingizni tejang: bir dona cho‘g‘lanma lampani bir dona energiya samarador LED lampaga almashtirish orqali bir kunda, bir oyda va bir yilda qancha mablag‘ni tajab qolishni bilasizmi?

Batafsil ushbu infografikada👆

🌐 Telegram
#energetika_xavfsizligi_oyi

Noyabr oyi -
energetika xavfsizligi oyligi

🌐 Telegram
#energetika_xavfsizligi_oyi
#yongin_xavfsizligi_oyligi

⚡️YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI DOIRASIDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILMOQDA


Joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha mamlakatimizda «Yong‘in xavfsizligi oyligi» o‘tkazilmoqda. Ushbu oylikning asosiy maqsadi – yong‘in xavfsizligini ta’minlash, xavfli holatlarning oldini olish, aholi va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishdan iborat.

Mazkur oylik doirasida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda belgilangan chora–tadbirlar asosida Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasida fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda ishchi xodimlar ishtirokida yong‘in va tabiiy ofatlar vaqtida tezkor va to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik va yong‘inlarni xavfsiz va tezkor bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan avariya holatida xavfsizlik choralari ko‘rish va yong‘in xavfini kamaytirish bo‘yicha ko‘nikmalar namoyish etildi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan ushbu oylik doirasida joylarda qator amaliy o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari natijasida xodimlarning xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirilib, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bora sidagi sa’y-harakatlar kuchaytirilmoqda.

Bunday tadbirlar yong‘in xavfsizligi madaniyatini shakllantirish va xavfsiz hayot tarzini ta’minlashga xizmat qiladi.


✍️
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#energetika_xavfsizligi_oyi
#SERGELI_TETK

SERGELIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI

🔹 Sergeli tumanining «Xontepa» mahallasida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Sergeli tuman elektr ta`minoti boshlig`i ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Aholi muammolarini joyida hal etish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabullarda barcha rahbar xodimlar hududlardagi muammolarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib aholi dardini yaqindan eshitishga zamin yaratmoqda.

🔹 Bugungi qabulda ham murojaatlar, asosan, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining yashash hududidagi elektr tarmoqlarini yangilash, mavjud tayanchlarni yangisiga almashtirish, yangi transformator punkti o‘rnatib berish yuzasidan bo‘ldi.

🔹 Ochiq va samimiy ruhda o'tgan sayyor qabulda 10 ga yaqin elektr ta’minotiga oid murojaatlar kelib tushdi.


🔹 Murojaatlarning 6 tasi shu joyning o‘zida hal etildi va 4 ta murojaatning ijrosi to’liq nazoratga olinib, murojaat yechimi bo’yicha aniq muddat belgilandi.

🔹 Bu kabi sayyor qabullar rejaga asosan belgilangan tartibda hududlarda davom etmoqda.



✍️
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram