"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.23K subscribers
31.9K photos
3.88K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong


🍀 Assalomu alaykum, xayrli tong Azizlar!

🍀 Murodbaxsh chorshanba tongingiz xayrli boʻlsin!

🍀 Umrimizning yana bir qaytarilmas tongi xayrli boʻlsin!

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 19 - iyul haftaning chorshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#BUGUN_TUGILGAN_KUN!

Bugun, 19 - iyul kuni «Hududiy elektr tarmoqlari » AJ Toshkent shahar filialining Umumiy bo`lim boshlig`i UMARQULOV ORIFJON ALIYEVICHning TUGʻILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli, ORIFJON ALIYEVICH!

Sizni, filialimiz rahbariyati hamda ishchi-xodimlari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yana bir bor, TUGʻILGAN KUNINGIZ BILAN
T A B R I K L A Y M I Z 👏👏👏

┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Forwarded from MINENERGY.UZ
Elektr taʼminotida yirik hajmdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida koʻrilayotgan vaqtinchalik choralar keng koʻlamli muammolar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi

Maʼlumki, shu kunlarda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar va transformator punktlarida joriy hamda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur taʼmirlash ishlari jarayonida ayrim hududlardagi elektr tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan ajratib turiladi va ana shu jarayonda taʼmirlash ishlari olib borilayotgan tarmoqlar orqali taʼminlanuvchi isteʼmolchilarning elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

Bundan tashqari, havo haroratining keskin isishi natijasida elektr qurilmalarining haddan tashqari qizishi hamda isteʼmolning ortishi energotizimda katta hajmdagi avariyaviy oʻchishlarga olib kelishi mumkin. Bu esa elektr taʼminotini yaxshilash uchun muayyan vaqt (bir kun yoki undan koʻproq) talab etishi mumkin.

Asosan, ochiq quyoshda joylashgan elektr tarmoqlari bugungi anomal issiq sharoitida ularning ishlashi uchun moʻljallanmagan haroratgacha qiziydi. Bundan tashqari, ayniqsa, kunduz kunlari elektr uzatish tarmoqlarining nosoz holatga kelishiga elektr energiyasi isteʼmolining favqulodda oʻsishi ham taʼsir qilmoqda.

Oddiy aytganda, oʻzi oftobning tigʻi ostida tashqaridan qiziy boshlagan kabel yuklamaning ortishi, son-sanoqsiz konditsionerlar, muzlatkichlar, sovitqichlar, boylerlar va boshqa elektr texnika jihozlarining bir vaqtda tarmoqqa ulanishi tufayli ichidan ham qizib, asta-sekin tutay boshlaydi.

Ana shu vaziyatda energotizimda keng koʻlamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish uchun dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish maqsadida zarur choralar koʻradi.

Masalan, maʼlum koʻrsatkichlar kritik (ogʻir) darajaga yaqin boʻlgan hollarda, ayrim turarjoy binolari va sanoat obyektlari elektr taʼminotidan vaqtincha uzib turiladi.

Taʼkidlash kerakki, elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar boʻylab tunu kun ishlaydigan avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan. Ular yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etib borishmoqda.

Isteʼmolchilardan tarmoqda keng koʻlamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, keyinchalik vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga toʻgʻri keladigan bunday zaruriy choralar bugun oʻta muhim ekanligini tushunishlarini va qoʻllab-quvvatlashlarini soʻraymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#QAROR_IJROSI
#YAKKASAROY_TET

"DAMARIQ" VA "RAKATBOSHI" MFYLARIDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI JADDALLIK BILAN DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Sergeli tuman elektr ta’minoti tomonidan istemolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, elektr tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, mazkur tumanning «Damariq» hamda «Rakatboshi» MFYlari hududlaridagi aholi yashash xonadonlarini elektr taminotini yaxshilash maqsadida, turli quvvatdagi transformator punktlari o'rnatilib, yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlari tortildi.

🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#YAKKASAROY_TET

📺 Ayni vaqtda, "Toshkent" TV telekanalining "Teletahlil" ko'rsatuvi ijodkorlari tomonidan  Yakkasaroy TET xodimlari tomonidan tuman hududidagi "Damariq" MFY hududidagi aholi iste'molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, hududda olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini tasvirga tushirish ishlari olib borilmoqda.

🎥Tasvirga olish jarayonidan fotolavhalar...



✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TET

📺 Ayni vaqtda, "Toshkent" TV telekanalining "Teletahlil" ko'rsatuvi ijodkorlari tomonidan  Mirzo Ulug'bek TET xodimlari tomonidan iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, hududda olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini tasvirga tushirish ishlari olib borilmoqda.

🎥Tasvirga olish jarayonidan fotolavhalar...



✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TET

📺 Ayni vaqtda, "Toshkent" TV telekanalining "Teletahlil" ko'rsatuvi ijodkorlari tomonidan  Mirzo Ulug'bek TET xodimlari tomonidan iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, hududda olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini tasvirga tushirish ishlari olib borilmoqda.

🎥Tasvirga olish jarayonidan fotolavhalar...



✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk