"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.14K subscribers
32.2K photos
3.93K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🍀 Butun qalbing bilan yaxshi ko'rma! Butun qalbing bilan yomon ham ko'rma! Ertangi kun sen uchun nimalarni yashirib qo'yganini bilmaysan. Sevikli kishing dushmanga, dushmaning do'stga aylanib qolishi mumkin..!

🍀 Assalomu alaykum, Azizlar!

🍀 Yana bir yangi kun muborak!



     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz ⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 15 - iyul haftaning shanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#BUGUN_TUGILGAN_KUN!

Bugun, 15 - iyul kuni «Hududiy elektr tarmoqlari » AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Bektemir tuman elektr ta`minoti boshlig`i MAHAMADJANOV BAHODIR MARIFOVICHning TUGʻILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli, BAHODIR MARIFOVICH!

Sizni, filialimiz rahbariyati hamda ishchi-xodimlari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yana bir bor, TUGʻILGAN KUNINGIZ BILAN
T A B R I K L A Y M I Z 👏👏👏

┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#Elon

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 17-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Olmazor tumani: «Beruniy» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulug'bek tumani: «Turon» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_kun

🌿 Assalomu alaykum!

🌿 Xayrli  tong, Azizlar!

🌿 Haftaning dushanba tongi muborak boʻlsin!

🌿 Barchamizga yangi kun, yangi ish haftasi fayzli va xayrli boʻlsin!

🌿 Hafta davomida aʼlo kayfiyat goʻzal chehrangizni tark etmasin!😊

    •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
     •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Rasmiy kanalimiz ⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 17 - iyul haftaning dushanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#ajib_dunyo

Olimlar shamol turbinalari nega qushlar bilan birga “yasholmasligi”ni oʻrganishmoqda

Tinib-tinchimagan odamlar muqobil energiya manbalarini izlarkanlar, yangi texnologiyalarining hayvonlar dunyosi bilan “til topishishi” kerakligi haqida oʻylamaydilar ham. Afsuski, bu baʼzan oʻta noxush oqibatlarga olib keladi.

Misol uchun, oʻtgan yili AQSH Adliya vazirligi NextEra Energy kompaniyasini oltinsimon tumshuqli burgutlar oʻlimi uchun jarimaga tortdi. Aniqlanishicha, 2012-yildan beri ushbu kompaniyaning shamol stansiyalari turbina pichoqlari 150 dan ziyod berkut naslli qushlar oʻlimiga sabab boʻlgan.

Oregon universiteti olimlari ayni paytda turbinalar pichoqlarini qanday yasasalar, qushlar oʻlimiga olib kelmasligi ustida izlanmoqdalar. Ammo ungacha parrak va qushning oʻzaro toʻqnashuvi qay tariqa sodir boʻlishini oʻrganish zarurati yuzaga chiqdi.

Qush qanday qilib parrakka roʻbaroʻ kelib qolyapti? Bu savolga javob topish uchun bitta turbinaga maxsus akselerometr oʻrnatildi. Ular real vaqt rejimida tebranishlar hamda akustik yozuvlarni qayd etib borishadi.

Ungacha esa qushlarni havoda tebranib turadigan “raqqos” qoʻgʻirchoqlar yordamida qoʻrqitib, shamol generatorlarini aylanib oʻtishga oʻrgatishmoqda.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
#QAROR_IJROSI
#CHILONZOR_TET

QAROR ASOSIDA JOYLARDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Chilonzor tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi iste`molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, mazkur tumanning «2-charx Kamolon» MFYning Muqumiy ko`chasi hududidagi ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarining elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi TP-1270-sonli transformator punktidan ta`minlanuvchi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzunligi 1 kmdan ortiq bo`lgan 6 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi.

🛠 Bu boradagi ishlar hali yakunlangani yo'q. Elektr energiyasi bo'yicha olib borilayotgan ishlardan xabardor bo'lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 TEZKOR!

YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA NOSOZLIK YUZAGA KELDI

Olmazor tumanining: "Uzumbog`", “Shifokorlar”, “Ahil”, “Oxunboboyev”, “Qorasaroy”, “Chuqursoy” va “Jomiy” MFYlarining qisman hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 6 kV boʻlgan elektr uzatish kabel tarmog'ining
L DOK 110 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr taminotida uzilish sodir bo‘ldi.

Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.

Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 TEZKOR!

Olmazor tumani hududidagi 110  KV bo'lgan yuqori kuchlanishli "L DOK" podstantsiyasi orqali tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulotda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.

Ayni vaqtda, tarmoq orqali tumanining: "Uzumbog'", "Shifokorlar", "Ahil", "Oxunboboev", "Qorasaroy", "Chuqursoy" va "Jomiy" MFYlari hududidagi aholi yashash  xonadonlarida elektr energiyasini yetkazib berilishi to‘liq tiklandi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#YASHNOBOD_TET

ISTE'MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

Yashnobod tumanining "Ibrat" mahalla fuqarolar yig’ini hududida Davlat dasturlari asosida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Dastur asosida, ushbu mahallaga umumiy 1,5 km uzunlikda yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

Mutaxassislar tomonidan, ayni vaqtda hududdagi ste'molchilarni yangi elektr uzatish tarmog‘iga ulash uchun kabel tortish ishlari bajarilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk