"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.29K subscribers
31.5K photos
3.84K videos
16 files
16.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#QAROR_IJROSI
#YUNUSOBOD_TET

QAROR ASOSIDA JOYLARDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta’minoti tomonidan tuman hududidagi iste`molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, mazkur tumanning «Minor» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi TP-560-sonli transformator punktidan ta`minlanuvchi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzunligi 1,2 km bo`lgan quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi.

🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.

🛠 Bu boradagi ishlar hali yakunlangani yo'q. Elektr energiyasi bo'yicha olib borilayotgan ishlardan xabardor bo'lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 Diqqat, E'LON!

POYTAXTIMIZDAGI QUYIDAGI TUMANLARNING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR QURILMALARINI REKONSTRUKSIYA VA MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI SABAB ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILDI

🛠 Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida bugun, 16-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o`chirildi:

📍YASHNOBOD tumanining: «Arg`in» hamda «Bahor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

📍YUNUSOBOD tumanining: Markaz 6-dahasi, «Registon» va «Qo`shchinor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 15:00 gacha;

📍CHILONZOR tumanining: «Dilxush» hamda «Qatortol» MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

👉 O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari»AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

💡O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan hozirda poytaxtimizdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini va transformator punktlarini yangilash, modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🎦 Jarayonlar va natijalar – lavhamizda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Qonunchilikdagi yangiliklar: jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uchun to‘lov 10 ish kunida amalga oshiriladi

Hukumat qarori (247-son, 14.06.2023 y.) bilan Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, elektr oldi-sotdi shartnomasi asosida sotiladi.

☑️ Bunda:

🔹 jismoniy va yuridik shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatgan quvvati 1 MVtgacha quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektrning o‘z ehtiyojidan ortiqchasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sotib olinadi;

🔹 elektr energiyasini ishlab chikaruvchi o‘zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shahslarga o‘z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin;

🔹 elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining o‘z elektr tarmoqlari mavjud bo‘lmagan holatlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarmog‘idan tranzit xizmatlari uchun idoralararo tarif komissiyasi hujjatlarida belgilangan tarif asosida to‘lovlarni amalga oshirgan holda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib beriladi.

🗓 Yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga kadar:

🔸 “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) Davlat budjetidan 1 000 sumdan subsidiya ajratiladi (“Soliq” mobil ilovasi orqali);

🔸 jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z extiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to'lab beriladi.

▶️ Elektr energiyasini sotib oluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori uchun elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish uskunasi (pribor)ning ma’lumotlariga ko‘ra tomonlar o‘rtasida imzolangan ko‘rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi va hisob-fakturani olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.
#QAROR_VA_IJRO
#YAKKASAROY_TET

«QUSHBEGI»MAHALLASIDAGI TRANSFORMATOR TA'MIRLANDI

🛠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, Yakkasaroy tuman elektr ta'minoti tomonidan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarini mukammal ta'mirlash rejasiga muvofiq hududlarda ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

🛠 Jumladan, tuman elektr ta'minoti mutaxassislari tomonidan tumanning «Qushbegi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan transformator punkti mukammal ta'mirdan chiqarildi.

🛠 Amalga oshirilayotgan bu kabi ta'mirlash ishlari natijasida elektr qurilmalarni sifatli va uzoq muddat xizmat ko‘rsatishiga erishiladi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#animasiya #yangiloyiha

Yangi "Mehnat kodeksi"da belgilangan Dam olish va tanaffuslar to'g'risida animasion rolik!

➡️
https://t.iss.one/toshetk