"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.97K subscribers
35.7K photos
4.39K videos
16 files
17.8K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#QAROR_IJROSI
#MIROBOD_TET

MIROBODDA HAVO TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 Mirobod TET ishchi-xodimlari tomonidan tumanning “Temiryo`lchilar” hamda "Parvona” mahalla fuqarolar yig’ini hududlaridagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida hududdagi mavjud TP-1535-sonli hamda TP-291-sonli transformator punktlaridan chiquvchi quvvati 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmolaridagi eski alyumin simlar olib tashlanib, o'rniga yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.

🛠 Bu bilan, ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlarining elektr taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

🛠 Ayni vaqtda, joylarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#QAROR_IJROSI
#MIRZO_ULUGBEK_TET

MIRZO ULUG`BEKDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti tomonidan iste`molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, joriy yilning mart va aprel oyining oʻtgan davri mobaynida 41,3 km yangi yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, mazkur tumanning Osiyo ko`chasi hamda «Bo`z» MFYning aholi yashash xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer ostidan o`tgan kabel tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish ishlari maxsus avtotransport vositalari yordamida yangi 0,4 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘iga chuqur qazish ishlari olib borilmoqda.

🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 Diqqat, E'LON!

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI

Bugun 25 - aprel kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy, Yahnobod hamda Uchtepa tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub'ektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik oʻchirildi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

UCHTEPA tumanining: «Ko`kcha Oqtepa» hamda «Ko`xna Cho`pon ota» MFYlari hududidagi aholi yashah xonadonlarida;

YASHNOBOD tumanining:
Asalobod, Asalobod 2-tor, Chashma, Uysozlar, Shavkat, Z.Shamsutdinova, Tashselmash, Yangibozor, Nasaf hamda «Mirishkor» MFYning Darxon, Ilg`orshox, Ilg`or, ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

YAKKASAROY tumanining: «Yakkasaroy» MFYning Yakkasaroy, Yakkasaroy 1-, 2-, 3-tor hamda Spitamen ko'chalari, «Muqimiy» MFYning Yoqut, xazinabog`, Sirojiddinova ko`chalari, shuningdek, «A.Qahhor» MFYning Xumo, Damariq 2-tor va A.Qahhor 5-tor ko`chalari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.

Sababi, iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish va tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan Davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma - bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Shu sababli ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk