"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.96K subscribers
35.8K photos
4.4K videos
16 files
17.8K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

Unutmang, Allohning - siz chekkan azoblar uchun bir maqsadi, muammolaringiz uchun bir sababi, koʻrsatgan iymoningiz uchun esa bir mukofoti bordir...

Assalomu alaykum, Azizlar!

Yangi tong, yangi kun muborak boʻlsin!

┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
▶️
https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 25 - aprel haftaning seshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🌷 Yangi boshlangan ish haftasi barchamizga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sizning ovozingiz — muhim ovoz"

30 aprel — O‘zbekiston Respublikasining referendumida ishtirok eting!


Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

Yuqori kuchlanishli transformator podstansiyalar qurilishidan oldin uning loyihasi tayyorlanadi. 3D koʻrinishda podstansiyani shakllantirish loyihalash ishini osonlashtiradi va xatolar kam boʻlishiga hizmat qiladi.


Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
28-aprel kuni Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi

Dunyoda «Avtomobilsiz kun» tadbiri 1995-yildan buyon o‘tkaziladi. Jahon uzra ommalashganganiga esa 23 yil bo‘ldi. Bu tadbirning ahamiyati beqiyos – bir tomondan insonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan atrof-muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirishdir.

Shu bois ushbu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etiladi.

28-aprel kuni ham poytaxtimizning turli hududlarida «Avtomobilsiz kun» tadbirlari o‘tkaziladi.

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
28-aprel kuni Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi Dunyoda «Avtomobilsiz kun» tadbiri 1995-yildan buyon o‘tkaziladi. Jahon uzra ommalashganganiga esa 23 yil bo‘ldi. Bu tadbirning ahamiyati beqiyos – bir tomondan insonlar o‘rtasida sog‘lom turmush…
28 апреля в Ташкенте состоится акция «День без автомобиля»

Акция «День без автомобиля» проводится в мире с 1995 года. А с тех пор, как она приобрела мировую популярность прошло 23 года. Важность этого мероприятия несравнима – с одной стороны, это пропаганда здорового образа жизни среди населения, а с другой – поддержание стабильности в окружающей среде, максимальное снижение выброса ядовитых газов в природу.

Поэтому в рамках этого дня будет организовано множество мероприятий, направленных на сокращение передвижения на личных автомобилях, пропаганду преимуществ использования общественного транспорта, велосипедов и пеших прогулок среди населения.

28 апреля в разных локациях нашей столицы пройдут акции «День без автомобиля».

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#QAROR_IJROSI
#MIROBOD_TET

MIROBODDA HAVO TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 Mirobod TET ishchi-xodimlari tomonidan tumanning “Temiryo`lchilar” hamda "Parvona” mahalla fuqarolar yig’ini hududlaridagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida hududdagi mavjud TP-1535-sonli hamda TP-291-sonli transformator punktlaridan chiquvchi quvvati 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmolaridagi eski alyumin simlar olib tashlanib, o'rniga yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.

🛠 Bu bilan, ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlarining elektr taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

🛠 Ayni vaqtda, joylarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#QAROR_IJROSI
#MIRZO_ULUGBEK_TET

MIRZO ULUG`BEKDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti tomonidan iste`molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, joriy yilning mart va aprel oyining oʻtgan davri mobaynida 41,3 km yangi yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, mazkur tumanning Osiyo ko`chasi hamda «Bo`z» MFYning aholi yashash xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer ostidan o`tgan kabel tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish ishlari maxsus avtotransport vositalari yordamida yangi 0,4 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘iga chuqur qazish ishlari olib borilmoqda.

🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 Diqqat, E'LON!

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI

Bugun 25 - aprel kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy, Yahnobod hamda Uchtepa tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub'ektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik oʻchirildi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

UCHTEPA tumanining: «Ko`kcha Oqtepa» hamda «Ko`xna Cho`pon ota» MFYlari hududidagi aholi yashah xonadonlarida;

YASHNOBOD tumanining:
Asalobod, Asalobod 2-tor, Chashma, Uysozlar, Shavkat, Z.Shamsutdinova, Tashselmash, Yangibozor, Nasaf hamda «Mirishkor» MFYning Darxon, Ilg`orshox, Ilg`or, ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

YAKKASAROY tumanining: «Yakkasaroy» MFYning Yakkasaroy, Yakkasaroy 1-, 2-, 3-tor hamda Spitamen ko'chalari, «Muqimiy» MFYning Yoqut, xazinabog`, Sirojiddinova ko`chalari, shuningdek, «A.Qahhor» MFYning Xumo, Damariq 2-tor va A.Qahhor 5-tor ko`chalari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.

Sababi, iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish va tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan Davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma - bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Shu sababli ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk