"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.12K subscribers
32.6K photos
4.01K videos
16 files
16.6K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida poytaxt iste’molchilarini elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida joylarda elektr qurilmalarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahrida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bilan "Sevimli" telekanali “Zamon” informatsion dasturi orqali namoyish etilgan videolavhada batafsil
to‘xtalib o‘tildi.

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk

YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркий давлатлар ташкилоти навбатдан ташқари саммитининг асосий тадбирлари доирасида Венгрия Бош вазири Виктор Орбан билан учрашув ўтказди.

В рамках программы основного дня внеочередного саммита Организации тюркских государств Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Премьер-министром Венгрии Виктором Орбаном.

#Mirziyoyev #sammit #Vengriya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бош прокуратура томонидан энергия ресурсларини талон-торож қилинишини олдини олишда жамоатчилик назоратини йўлга қўйиш мақсадида махсус телеграм-бот дастури (@EnergonazoratBot) ишлаб чиқилди.

Агар Сиз яшаётган ҳудудда энергетика соҳасига оид бирор-бир қонун бузилишига гувоҳ бўлсангиз, бу ҳақда Бош прокуратуранинг махсус телеграм-боти орқали хабар йўлланг.

Ўз уйи, маҳалласига бефарқ бўлмаган азиз ватандошлар, жамоатчилик назоратида фаол иштирок этинг!


Энергия ресурсларидан ноқонуний фойдаланилаётганлигини ўз вақтида аниқлашга ҳисса қўшинг.

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#YASHNOBOD_TETK

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yashnobod tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi iste`molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Xususan, tumanning «Tarnov» MFYning Latofat hamda Shoxsanam ko`chalari hududidagi iste`molchilarni elektr energiyasi bilan ta`minlovchi TP-5363-sonli transformator punktidan chiquvchi HL-0,4 kV bo'lgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog`ida yangi olib kelingan temir-beton tayanchlarini o’rnatish ishlari bajarilmoqda.

🛠 Hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#SERGELI_TETK

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Toshkent shahar filialining Sergeli tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi iste`molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Xususan, tumanning «Xonobodtepa» MFY hududidagi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash va modernizatsiya qilish bo`yicha yangi kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

🛠Bu bilan ushbu hududdagi aholi xonadonlarining elektr taʼminoti tubdan yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
18-martdan 22-martgacha poytaxtimizdagi “Navro‘z” bog‘ida “Navro‘z sayli” bo`lib o`tadi.

Tadbirda dorboz va polvonlarning chiqishlari, o‘zbek xalq o‘yinlari, milliy an’analarimizga asoslangan bozor muhiti, milliy taomlarimiz, “Retro” to‘y marosimi va estradamiz yulduzlarining chiqishlari tashkil etiladi.

Yangi kun tantanalarini “Navro‘z” bog‘ida nishonlang.


Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
⚡️O‘zbekiston bo‘ylab “Quyoshli xonadon” nomli yirik dastur ishga tushmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14-martdagi farmoyishi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2023 yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Ushbu Dastur asosida mamlakatimiz hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy kuvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatiladi.

Shuningdek, Dastur doirasida quyosh panellarini o‘rnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
⚡️“Quyoshli mahalla” tanlovining bosh sovrindori elektromobil bilan taqdirlanadi

“Quyoshli mahalla” tanlovi g‘oliblari quyidagi tartibda mukofotlanadi.

▪️Respublika bo‘yicha bosh sovrin — bazaviy hisoblash miqdorining 1 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi elektromobil;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biri bo‘yicha:

▪️1-o‘rin — BHMning 400 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi:

▪️2-o‘rin — BHMning 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi;

▪️3-o‘rin — BHMning 100 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov 2023-yil 15-martdan 1-iyunga qadar o‘tkaziladi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig‘inlari miqyosida o‘tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
#Xayrli_tong

🌸🍃 Assalomu alaykum!

🌸🍃 Yana bir go'zal tong Juma ayyomingiz muborak boʻlsin.
   
🌸🍃 Bugun 17-mart, 2023-yil, haftaning juma kuni.  

    ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali
     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk