"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.17K subscribers
32.1K photos
3.92K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#UCHTEPA_TETK

⚡️"BOG`OBOD"DAGI TRANSFORMATOR MUKAMMAL TA'MIRLANDI

🛠Uchtepa tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🛠 Jumladan, tumanning "Bog`obod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan TP-2051-sonli hamda TP-2052-sonli transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.

🛠 Ta'mirlash jarayonida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIROBOD_TETK

⚡️Xabaringiz bor, aholiga ta’minotni tezkor tiklash maqsadida tezkorlikni talab etgan ta’mirlash ishlari hozirda qayta, mukammal holda bajarilmoqda.

🛠 Xususan, Mirobod tumani hududidagi ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr ta`minotini tiklash maqsadida, hududdagi TP-3209-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli vaqtinchalik tortilgan kabellar demontaj qilinib, ayni vaqtda yangi 3/150 AVVG rusumli uzunligi 60 metr bо‘lgan kabel tarmogi yer ostiga o`tkazilib mukammal demontaj qilinmoqda.


🛠 Joylarda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
🛑#TEZKOR
#ELON! 📣📣📣

YAKKASAROY TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILDI

Bugun, 6-fevral kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy hamda Bektemir tumanlarining ayrim aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 11:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik oʻchirildi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Yakkasaroy tumanining: «Damariq» MFY, Abdulla Qahhor 6-tor ko`chalarida hamda Glinka ko`chasidagi 48-sonli ko`p qavatli aholi yashash xonadonlaridagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.

Sababi, iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish hamda tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Shu sababli, ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Vodiyni “yashil energiya” bilan ta’minlash: quyosh fotoelektr stansiyalar, mikro gidroelektr stansiyalar, aholi va tadbirkorlar uchun jozibador tizim.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.


YouTube
Туркиянинг жануби-шарқий қисмидаги вилоятларда юз берган кучли зилзила оқибатида кўплаб одам қурбон бўлгани ва жиддий жароҳат олгани, катта талафотлар кўрилгани муносабати билан Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоғанга ҳамдардлик йўллади.

Қардош Туркия етакчиси ва халқига чуқур таъзия изҳор этиб, давлатимиз раҳбари вафот этганларнинг оила аъзолари ва яқинларига ҳамдардлик билдирди, жабрланганлар тез фурсатда соғайиб кетишини тилади.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Турции Реджепу Тайипу Эрдогану в связи с многочисленными жертвами и пострадавшими, а также большими разрушениями в результате сильного землетрясения в юго-восточных провинциях Турции.

Выразив глубокие соболезнования лидеру и народу братской Турции, глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших, пожелал скорейшего выздоровления пострадавшим.

Facebook|Instagram|Twitter
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani Qoraqamish 2/1 mavzesidagi 46-47-48 uylar yonida joylashgan “Sultonsaid” va “Sazanchik” kafelari hamda hududdagi yana ayrim ishlab chiqarish sehlari aholi uylariga tegishli transformatorga noqonuniy ulanib olgani oqibatida elektr taʼminotida uzilishlar boʻlayotgani haqida murojaat e`lon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur holat bo`yicha, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida ushbu tadbirkorlik subeʼktlari tomonidan hech qanday noqonuniy holatlarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanmaganligini maʼlum qilamiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk