"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.13K subscribers
32.4K photos
3.97K videos
16 files
16.5K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 14-noyabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi

Kecha, 14-noyabr kuni mavjud elektr stansiyalar orqali 210,4 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va respublika isteʼmolchilariga yetkazib berildi.

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 144,5 mln kub metr tabiiy gaz va 2,6 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 8 ming 311 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir soatdan bir yarim soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 1000dan ortiq murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy gaz taʼminoti bo‘yicha Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hamda respublikamizning ayrim hududlarida gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Natijada isteʼmolchilardan 500 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 439 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki Telegram‘dagi (@HET_admin) adminstratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
📣📣📣 Diqqat, E'LON!

SHAYXONTOXUR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI

Bugun, 16-noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontoxur tumani hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 14:00 qadar vaqtinchalik oʻchirildi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Shayxontoxur tumanining: «Oqlon», «Chorsu», «Ilg`or» hamda «Ko`kcha» MFYlarining aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.

Sababi, iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, hamda tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Shu sababli, ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Bularning barchasi aholini kuz–qish mavsumida uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
⚡️ЭЪЛОН!

💡«Истеъмолчиларни куз-қиш мавсумида энергия ресурслари билан тўлақонли таъминлаш ва бу борадаги муаммолар, олдинда турган долзарб вазифалар»

❗️Бугун, 16 ноябрь куни АОКА биносида шу мавзуда матбуот анжумани бўлиб ўтади:

Вақти: 11:00

Иштирок этади: Энергетика вазирлиги ва тизим ташкилотлари раҳбарлари

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#Jarayon
#UCHTEPA_TETK

🍂UCHTEPADA ELEKTR QURILMALARI MUKAMMAL TA`MIRDAN CHIQARILMOQDA
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🍁 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan poytaxt aholisini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, bir qator ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

🍂 Jumladan, UCHTEPA tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tumanning «Katta qani» mahallasi xududida joylashgan TP-1481-sonli transformator punktida ham qish mavsumidan avvalgi profilaktika tadbirlari olib borildi, hamda havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eskirib yaroqsiz holga kelgan alyumin simlar olib tashlanib, o'rniga yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmoqlari tortib berildi.

🍁 Hozirda, ushbu yangi tarmoqqa iste'molchilarni ulash, ya'ni yakuniy montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

🍂 Bundan tashqari, tumandagi «Hamdo`st» MFY Fider «Chamanzor-2» uzatmasidan ta'minlanuvchi TP-5849-sonli transformator podstansiyasi oralig'idagi shikastlangan quvvati 6 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli yer ostidan o'tgan kabel tarmoqlaridagi aniqlangan nosozliklar o'z vaqtida bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.

🍁Poytaxtimizning barcha tuman elektr ta'minoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi iste'molchilarni sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️ https://t.iss.one/toshetk
Истеъмолчиларни куз-қиш мавсумида энергия ресурслари билан тўлақонли таъминлаш ва бу борадаги муаммолар, олдинда турган долзарб вазифалар

АОКАда Энергетика вазирлиги ва тизим ташкилотлари раҳбарлари иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

📹 Жонли эфир
〰️〰️〰️

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️ https://t.iss.one/toshetk
#Jarayon
#YASHNOBOD_TETK

NOSOZLIKLAR TEZKOR BARTARAF ETILMOQDA
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🛠 Joylarda elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida yuzaga kelayotgan nosozliklar, avariyali uzilishlar «TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ tasarrufidagi tuman elektr ta’minoti korxonalarining avariyaga qarshi tezkor brigadalari tomonidan tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etilmoqda.

🛠 Ayni vaqtda, YASHNOBOD tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tuman hududidagi mavjud yer ostidan o`tgan kabel tarmogʻidagi shikastlangan qismini taʼmirlash maqsadida, kabel tarmogʻida taʼmirlash montaj ishlari olib borilmoqda.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Мatbuot хizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk