"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.15K subscribers
32.8K photos
4.01K videos
16 files
16.6K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari ishchi-xodimlariga XAVFSIZLIK TEXNIKASI BOʻYICHA OLIB BORILAYOTGAN AMALIY MASHGʻULOTLAR

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

➡️
https://t.iss.one/toshetk
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda joriy yilning yanvar oyida Poytaxtning Chilonzor tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan xonadonlar ogohlantirishsiz elektr tarmogʻidan uzib qoʻyilgani hamda mazkur tuman elektr taʼminoti korxonasida elektr energiyasidan qarzdorligi uchun toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida kelgan fuqarolardan iborat katta navbat qatorlari vujudga kelgani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun qarzdor isteʼmolchilar masofadan (ASKUE tizimi) elektr taʼminotidan uzilmoqda. Bu borada barcha elektr energiyasi isteʼmolchilarini, shu jumladan Toshkent shahridagi isteʼmolchilarni xabardor qilish maqsadida, joriy yil boshidan buyon ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻibot-tashviqot ishlari olib borilgan.

Mazkur sanada Chilonzor tumanida koʻplab isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlik sababli, amaldagi tartib boʻyicha ASKUE tizimi avtomatik ravishda qarzdor isteʼmolchilarning taʼminotini toʻxtatgan. Shu sababli mazkur shahar elektr taʼminoti korxonasi binosida elektr energiyasi boʻyicha mavjud qarzdorlikni aniqlash hamda uni soʻndirish maqsadida isteʼmolchilar toʻplangan.

Shu oʻrinda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ isteʼmolchilarga foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha toʻlov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib oʻtadi.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari!

Foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdorlik ortidan uzilishlarning oldini olish uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishni unutmang!


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Kanalga ulanish ➡️
https://t.iss.one/toshetk
MUKAMMAL VA JORIY TAʼMIRLASH ISHLARIGA ALOHIDA EʼTIBOR QARATILMOQDA

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi 12 ta tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan ayni qish mavsumidagi har qanday ob-havo sharoitiga qaramasdan aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotida uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻz faoliyatini doimiy ravishda olib bormoqda.

Batafsil

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi_jaxonda

➡️ Bugun 18-yanvar taniqli sayyoh James Cook "Gavayya Orollarini" kashf qildi.

➡️
https://t.iss.one/toshetk
Baxt bu - salomatlikdir. Qolgan barchasini sotib olish, saqlab qolish, boshidan boshlash, unutish, tashlab yuborish va qayta erishish mumkin.

Bir donishmand kishidan dunyoda moʻjizalar bormi? - deb soʻralganda, u shunday javob berdi: “Har tong quyosh chiqishining oʻzi asl moʻjizadir”.

Assalomu alaykum, azizlar!

Payshanba tonggi barchamizga muborak boʻlsin!!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» АJ
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

➡️
https://t.iss.one/toshetk
#BUGUN_TUGʻILGAN_KUN!

Bugun 20-yanvar kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» АJ Bosh direktor yordamchisi Tadjibayeva Mohigul Alimdjanovnaning TUGʻILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli MOHIGUL ALIMDJANOVNA!

Jamiyatimiz xodimlari nomidan Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda zafarlar tilab qolamiz. Xamisha sogʻ omon boʻling. Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Ayollik latofati Sizni hech qachon tark etmasin. Omad doimiy hamrohingiz boʻlsin.
Tugʻilgan kuningiz bilan
T A B R I K L A Y M I Z 👏👏👏

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Hurmat bilan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» АJ Matbuot xizmati
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

➡️
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#radio_tolqinlarida

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2021 yilda past kuchlanishli elektr tarmoqlarida olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari, iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashda erishilgan yutuqlar, joriy yilga belgilangan vazifalar haqida mutaxassislarimiz ishtirokidagi intervyu “О‘zbekiston 24” radiokanali orqali efirga uzatildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram
«BOG`OBOD»DA ELEKTR TAʼMINOTI YAXSHILANMOQDA

Bugungi kunda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi «Obod qishloq» vа «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5048-son qarori ijrosi yuzasidan poytaxt tumanlarida elektr tarmoqlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, dastur asosida, Uchtepa tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan bugungi kunda joylarda jadal surʼatlarda tegishli tartibda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman hududidagi «Bog`obod» mahallasidagi aholi yashash xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida hududga yangi transformator punkti o`rnatib berildi.

Yillar davomida ushbu mahalladagi mavjud transformator punkti isteʼmolning hamda isteʼmolchilarning ortishi natijasida oʼta yuklama bilan ishlab kelayotgandi. Bu esa mavjud elektr qurilmalarining sifatli xizmat koʼrsatishiga salbiy taʼsir koʼrsatayotgandi.

Hozirda yakuniy montaj ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilgan ushbu dastur asosida hududdagi to`rt yuzdan ortiq aholi isteʼmolchilari hamda tadbirkorlik subyektlarining elektr taminoti yanada yaxshilanadi.

Poytaxtimizning barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi qish mavsumida aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Kanalga ulanish ➡️
https://t.iss.one/toshetk