Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
818 subscribers
4.92K photos
819 videos
5 files
2.44K links
Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Президент Мурожаатномасидан энг муҳим иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Мурожаатномасидан энг муҳим иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ҳудудларда йўловчи ташиш сифатини яхшилаш мақсадида мингта автобус ҳаракати йўлга қўйилади

Президент Конституциямизга аҳолининг муносиб ҳаёт кечириши ва уй-жойга эга бўлиши тўғрисидаги янги моддаларни киритиш лозимлигини таъкидлади.

Аҳоли учун янги уй-жойлар қуриш ҳажмлари 1,5 баробарга оширилиб, 90 мингга етказилади.

Келгуси йилда Тошкент вилоятида  “Менинг биринчи уйим” янги ипотека дастури бошланади.

Дастур доирасида, биринчи навбатда, турар-жойга эҳтиёжи бор ҳамда ёш оилалар учун энг қулай шартлар асосида уй-жойлар барпо этилади.

Бундан ташқари, жамоат транспортидаги вазият мутлақо ўзгаради.

Тошкент шаҳри учун қўшимча 1 мингта замонавий автобус сотиб олинади, 7 та ер усти метро бекати ишга туширилади.

Ҳудудларда ҳам йўловчи ташиш сифатини яхшилаш мақсадида яна 1 мингта автобус ҳаракати йўлга қўйилади.
#insonga_etibor_va_sifatli_talim_yili
#murojaatnoma

2023-yil yurtimizda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb e'lon qilindi.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun👉 https://t.iss.one/toshdeptransport
#ajratilgan_bolak

🚧Amir Temur shox ko’chasi bo’ylab yo’nalishli transport vositalarining harakatini anglatuvchi “A” 1.23 yo’l yotiq chizig’i chizilmoqda.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun👉 https://t.iss.one/toshdeptransport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚌 Poytaxtda yoʻnalishli transportlar harakati uchun moʻljallangan tasmalarni yana bir nechta koʻchalarda tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Alohida ajratilgan tasmalarda harakatlanish yoki toʻxtash tartibi videoda👆📹

👉 @IIVJXDUZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tez orada Toshkentdagi avtobuslarga qoidabuzarlikni qayd etuvchi videoregistratorlar o‘rnatiladi

IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yo‘l-harakat xavfsizligi boshqarma boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyevning maʼlum qilishicha, jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yo‘laklardan foydalangan va o‘z avtomobilini bekatlarga qoidaga zid ravishda qoldirib ketgan haydovchilarga chora ko‘rish bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi.

"Avtomobillarning yo‘l yoqalariga tartibsiz qoldirib ketish holatlari juda ko‘p. Buning oldini olish maqsadida jamoat transportlariga videoregistratorlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu orqali inson omilini cheklagan holda qoidabuzarlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash yo‘lga qo‘yiladi", — dedi Toshkentboyev.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jamoat transporti haydovchilarining yo‘l qoidalariga amal qilmasliklari holatlari nazorat qilinadimi?

Fazliddin Toshkenboyev, IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yo‘l-harakat xavfsizligi boshqarma boshlig‘i: "Avtobus haydovchilarining bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ular bilan alohida suhbatlar, tushuntirishlar va ekspress kurslar tashkil etyapmiz.

Bundan tashqari, yangi haydovchilarni jamlash bo‘yicha ishchi guruh tashkil qildik va 200dan ortiq haydovchilar bilan qisqa muddatli o‘quvlar tashkil etyapmiz. Shundan so‘ng ularni maxsus sinovdan o‘tkazamiz va shundan so‘ng ular bilan shartnoma imzolanadi".
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 475 kmga yaqin 34ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etiladi

"Hozirgi kunda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab 475 kmga yaqin 34ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Rejaga ko‘ra, yaqin bir hafta ichida asosiy — Alisher Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari bo‘ylab yo‘lakchalar tashkil etiladi. Qolgan ko‘chalarda esa 1-2 oy ichida to‘liq tashkil etiladi", — Fazliddin Toshkenboyev, IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yo‘l-harakat xavfsizligi boshqarma boshlig‘i.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanday turdagi avtotransport vositalariga avtobuslar yo‘lakchasida harakatlanishga ruxsat etiladi?

IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yo‘l-harakat xavfsizligi boshqarma boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyevning aytishicha, poytaxtda avtobuslar uchun chizilayotgan yo‘lakchalar jamoat transportlarining tirbandlikda qolmasligi uchun zarur.

Ushbu yo‘lakchalarda avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yong‘in xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin.

Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlanish taqiqlanadi va bu tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ammo har qanday avtomobilga maʼlum sababga ko‘ra, masalan, yo‘l yoqasidagi obyektlarga yoki ko‘chaga kirish uchun ushbu yo‘lakda foydalanishga ruxsat etiladi.

Buning uchun yo‘lakchalarda uziq chiziqlar mavjud bo‘lib, taxminan 40-50 metr masofa belgilanadi. Ko‘cha yoki obyekt boshlangan joyda ushbu uziq chiziqlarning taʼsir doirasi tugaydi va avtomobillar avtobuslar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchani bo‘shatib qo‘yishlari talab etiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Transport vaziri ham jamoat transportida yuradimi?

“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Abdujamil Azizovning aytishicha, transport vaziri Ilhom Mahkamov har hafta kamida 4 marotaba uydan ishga borishda yoki ishdan uyga borishda jamoat transportidan foydalanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi jamoat transportlaridagi muammolar yechimi bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilyapti?

“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Abdujamil Azizovning aytishicha, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun mavjud barcha 148 ta yo‘nalish o‘rganib chiqildi.

Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 204 ta avtobuslar olib kelindi va yo‘nalishga chiqarildi.

Xususan, IIVdan 30 ta “ISUZU” rusumli, Milliy gvardiyadan 25 ta “ISUZU” rusumli, Transport vazirligidan 16 ta “YUTONG” rusumli, Samarqand viloyatidagi “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” korxonasidan 20 ta “MAN” rusumli, katta hajmli, 13 ta

“SAZ-LE-60” rusumli hamda 100 ta “ISUZU” rusumli avtobuslar keltirilgan.

Natijada, yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqardi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayrim yo‘nalishlardagi avtobuslar intervalga amal qilmaydi. Ushbu holat bartaraf etiladimi?

"Avtobuslarning tirbandlikda qolib ketishi natijasida oraliq masofa uzayib ketayotgan edi. Ayniqsa, 116-yo‘nalishli avtobus bozor hududidan o‘tganligi ham bunga taʼsir ko‘rsatgan.

Ammo so‘nggi choralar natijasida ushbu muammolar bartaraf etildi", — Abdujamil Azizov, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari.