Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
836 subscribers
4.96K photos
825 videos
5 files
2.45K links
Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Statistika

Joriy yilning noyabr oyi holatidagi Nazorat tadbiri ko‘rsatkichlari.

📝🚘 Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun
👉 https://t.iss.one/toshdeptransport
#Биласизми

☑️ Юридик шахсга тегишли транспортдан фойдаланиб содир этилган йўл ҳаракати қоидалари бузилганлиги махсус автоматлаштирилган фото ва видео қайд этиш техника воситалари орқали қайд этилган тақдирда, маъмурий жавобгарликка юридик шахснинг транспорт воситасидан фойдаланиш учун масъул бўлган шахси тортилади.

➡️ Юридик шахснинг траспорт воситасидан фойдаланиш масъул шахс юридик шахснинг меҳнат шартномаси орқали ишга қабул қилинган ёки ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш шартномаси асосида вақтинча ёлланган ходимлари назарда тутилади.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
#rasmiy_maʼlumot
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz LF" va "MAN A22" rusumli avtobuslar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

🔹Joriy yilning 14-dekabr kuni soat 11:10 larda, "5-Avtobus saroyi" filiali haydovchisi D.A (2000-yilda tug`ilgan) "Mercedes-Benz LF" rusumli, davlat raqami 01|850 OJA, saroy raqami 403-bo‘lgan avtobusni 110-yo`nalishda Mirzo Ulug`bek tumani, Mirzo Ulug`bek ko`chasi bo`ylab boshqarib borayotgan vaqtda, "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "MAN A22" rusumli, saroy raqami 142-bo‘lgan 14-sonli avtobus haydovchisi T.S (1972-yilda tug`ilgan) yo`lning qatnov qismida keskin o`ngga burilishi sababli 110-sonli avtobusning chap yon tomoni (haydovchining salon qismi) ga urilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu yo`l-transport hodisasi natijasida bir nafar fuqaro yengil tan jarohati olgan va unga tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

🔹Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚌Жамоат транспорти ҳисобланган автобуслар ҳақида:

Механик:
"8-автобус саройида 226 та автобусдан 74 таси таъмирталаб"

Автобус ҳайдовчиси: "Охирги олган ойлик маошим 2.600.000 сўм чиқди. Кун ора хизмат олиб борамиз"

Пиёда: "Айрим вақтларда автобусни 15-20 дақиқа кутиб қоламан"

Йўловчи: "Доим автобусда қатнайман. Автобус мен учун қулай"

🔹Жамоат транспортининг сифатини яхшилаш, тезкорлигини ошириш чоралари кўрилмоқда. Пойтахтда автобуслар сони кўпайтирилиб, оралиқ интервали қисқартирилади.

👉 @YHXX_UZ
⚡️⚡️Prezident jamoat transporti haydovchilarining oylik maoshini 2 barobarga oshirdi⚡️⚡️

Davlatimiz rahbarining topshirig`iga asosan, "Toshshahartransxizmat" AJ avtobus haydovchilari joriy yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5-6 mln so`m miqdorida oylik maoshi olishadi.

📞 Jamoat transporti haydovchisi kasbida ishlash istagida bo`lganlar (71) 233-03-23 va (93) 505-03-23 telefonlari orqali murojaat qilishlarini so`raymiz.
____________________________________

⚡️⚡️Президент повысил зарплату водителям общественного транспорта в 2 раза ⚡️⚡️

Согласно поручению главы государства, водители автобусов АО "Ташшахартрансхизмат" с декабря текущего года получают ежемесячную зарплату в размере не менее 5-6 млн сумов.

📞 В связи с этим просим всех желающих работать по профессии водителя общественного транспорта обращаться по телефонам (71) 233-03-23 и (93) 505-03-23.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_BOLALAR

👨‍✈️Umumta’lim maktablarida “Diqqat, piyoda!”, “Diqqat, bolalar!” mavzusida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

🏢🏫Toshkent shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli, Chilonzor tumanida joylashgan 176 va 183-sonli umumta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida jamoat transportidan foydalanish qoidalari va yo‘llarini kesib o‘tishda harakat xavfsizligiga rioya qilish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti olib borildi.

Unda o‘quvchilarga Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan maktabga kelish yoki ketish davomida yo'l harakat belgilariga e’tibor qaratish lozimligi, shu bilan birga yo'llarda piyoda yoki transport vostasida harakatlanayotgan har bir fuqaro yo'l harakati xavfsizligiga maʼsul ekanligi takidlab o'tildi. Shuningdek, jamoat transporti salonidagi jihozlarga zarar yetkazmaslik, undan oqilona foydalanish kerakligi tushuntirildi.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun
👉 https://t.iss.one/toshdeptransport
📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun
👉 https://t.iss.one/toshdeptransport
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga ulanish uchun👉 https://t.iss.one/toshdeptransport
🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev topshirig‘ini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Toshshahartransxizmat” AJ tegishli tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

🏪2022-yil 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan tezkor shtab yig‘ilishida Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘lovchi tashishni tashkil etish borasidagi ishlar holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

📝Mavjud yo‘nalishlar inventarizatsiyasi o‘tkazilib, yo‘nalishlar bo‘ylab yo‘lovchilar oqimining shakllanishi, 🚌mavjud harakatlanuvchi tarkibning texnik holati va haydovchilarning mavjudligi o‘rganildi.

📑Tasdiqlangan yo‘nalish hujjatlariga muvofiq avtobuslarning harakatlanish intervallarini qisqartirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida texnik nosoz holatda bo‘lgan avtobuslarni yaroqli holga keltirish choralari ko‘rildi.

🚍Shuningdek, 14-dekabr kuni qo‘shimcha 20 dona MAN A22 rusumli yuqori sig‘imli avtobuslar, bugun,15-dekabr kuni esa yana 100 dona ISUZU avtobuslari olib kelindi.

🚌"7-Avtobus saroyi" filialida boʻlgan jamoat transporti yoʻnalishlarida ISUZU avtobuslari validatorlar bilan jihozlanib, haydovchilarga yoʻriqnomalar oʻtkazilmoqda.

15-dekabr kuni 190-sonli avtobus yo‘nalishida ISUZU rusumli avtobuslar o‘rniga 10 dona MAN RR3 rusumli sayyohlik avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 190-sonli avtobus yo'nalishdagi avtobuslar esa harakat tarkibi kam bo'lgan yo'nalishlarga vaqtinchalik biriktirildi.

🔰Shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida sifatli xizmat ko'rsatish va yo‘lovchi tashishni tashkil etish uchun bugun, 🚌 15-dekabrdan boshlab 181-sonli yo'nalishga 8 ta, 120- sonli yo‘nalishga 3 ta va E-1 tezkor yo‘nalishga 5 ta Yutong rusumli “O‘zavtotransservis” MChJ avtobuslari jalb etildi.

🚍Amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko‘ra, 2022-yil 15-dekabr holatiga “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan jami 944 ta avtobus yo‘nalishga chiqarildi.

📍16- dekabrga kuni esa 1000 ta avtobuslarni yo'nalishga chiqarish rejalashtirilgan.

🔰Ayni paytda davlatimiz rahbarining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash va shahar jamoat transportining bir maromda ishlashini yo'lga qo'yish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va yo‘lovchilar harakati xavfsizligi darajasini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun
👉 https://t.iss.one/toshdeptransport
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayondan_lavha

“Toshshahartransxizmat” AJda “D” toifali guvohnomaga ega haydovchilar suhbat asosida ishga qabul qilinmoqda.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Жараён

Пойтахтда аҳолига қулай жамоат транспорти хизматини йўлга қўйиш борасида кўрилаётган чоралар

15 декбарь куни шаҳар жамоат транспорти йўналишларига 945 та автобусларнинг чиқарилиши таъминланди

190 – 181 – 120 - сонли ҳамда E-1 экспресс автобус йўналишларида MAN RR3 русумли сайёҳлик автобуслари қатнови йўлга қўйилди.

16 декабрь куни шаҳар жамоат транспорти йўналишларига 1000 та автобусларнинг чиқарилиши режалаштирилган.


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Вазирлар жамоат транспорти қулайликлари ва муаммоларни ўрганмоқда

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири Пўлат Бобожонов ҳамда Транспорт вазири Илхом Маҳкамов бошчилигидаги ишчи гуруҳ жамоат транспортида йўловчилар учун яратилган қулайликлар ва мавжуд муаммоларни ўрганмоқда.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк