Poytaxt_adliya
1.47K subscribers
6.76K photos
919 videos
20 files
4.23K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️ Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam olamiz?


🔰 Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

🔹9-may (juma) – Xotira va qadrlash kuni – barcha uchun dam olish kuni;

🔹10-may (shanba)5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;

🔹11-may (yakshanba) – dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
1
#Adliya_xabari
#huquqiy_aksiya

Shayxontohur tumani adliya bo'limi tomonidan Toshkent Chorsu bozorida tadbirkorlar va aholi o‘rtasida manzilli huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi


🔸Tadbirda “Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida hozirgi kunda keng tarqalgan firibgarlik jinoyatidan himoyalanish bo'yicha tushuntirishlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

🔸Shuningdek, “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 134-son qarorga ko'ra, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish davrida aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar berildi.

🔸Huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan mazkur tadbir davomida "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" aksiyasi doirasida huquqiy maslahatlar berildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍1
#Adliya_xabari

❗️ Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mustaqil izlanuvchilar uchun qabul e'lon qilindi


Mustaqil izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar bo'yicha qabul qilinadi:

▪️ 05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik.
▪️ 12.00.02 - Konstitusiyaviy huquq. Ma'muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
▪️ 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.

📝 Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

oliy ta'lim muassasasining magistratura diplomi;
kamida 1 ta maqola va 2 ta tezisning nusxalari havolasi bilan;
qisqacha biografik ma'lumotnoma;
ish joyidan tavsifnoma.

Hujjatlar 2025-yilning 15-mayiga qadar qabul qilinadi.

🌐Hujjatlar daraja.ilmiy.uz sayti orqali elektron qabul qilinadi.

📞(71) 200 02 35 / (71) 233 22 14
📧[email protected] / [email protected]

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#adliya_xabari

Poytaxtdagi tuman FHDY bo‘limlari tomonidan mahallalar bilan hamkorlikda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish va oilalar tinchligini saqlab qolish bo‘yicha ishlar yuritib kelinmoqda.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda “Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish, oilada sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida Olmazor tumanida navbatdagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tuman FHDY bo'limi binosida bo'lib o'tgan tadbirda diniy idora vakillari, malakali psixolog, huquqshunoslar, targ'ibot guruhi a'zolari tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ochiq suhbat o'tkazildi.

Tadbir davomida oila muqaddasligi, milliy qadriyatlar, oila mustahkamligi yo'lida er va xotinning burchlari, farzandlarning kelajagiga ota-onaning birdek mas'ulligi to'g'risida maslahatlar berilib, oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍3
#Adliya_xabari
#Huquqiy_seminar

Korrupsiyaga qarshi kurash: oshkoralik va adolatning yangi bosqichi


Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Sergeli tumani hokimligida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida seminar tashkil etildi.

Seminarda Sergeli tumani adliya bo‘limi mas'ul xodimi Asliddin Abdurashidov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qonunchilik asoslari va mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi

Matekeyeva Bibinaz Mirjan kizi 2025-yilning aprel oyi uchun boshqarma tomonidan oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

Bibinaz Matekeyeva 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Mirobod tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Bibinaz Matekeyevani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
6👍6
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasida ilk bor “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” e’tirofi yo‘lga qo‘yildi!

Olimova Mohinur Qodir qizi 2025-yilning aprel oyi uchun boshqarma tomonidan oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Mohinur Olimova 2022-yildan boshlab Olmazor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi aloqa operatori vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Mohinur Olimovani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
3👍3
#Adliya_xabari

“Mustahkam oila - jamiyat poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

🔸 Poytaxtda “Farovon oila sari” shiori ostida aholi orasida oila muqaddasligini targ‘ib qilishga oid ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

🔸 Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Mustahkam oila - jamiyat poydevori” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Yangihayot tumani adliya bo'limi xodimlari ishtirok etib, oilalar farovonligini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

🔸Shuningdek, tadbir davomida Akademiya harbiy xizmatchilariga “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Prezident qarori ijrosi yuzasidan ham huquqiy tushuntirish berildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍6🔥1👏1👌1
#Adliya_xabari

"O‘zbekiston Respublikasi oila qonunchiligini takomillashtirish" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida bo‘lib o‘tgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida Uchtepa tumani FHDY bo‘limi mudirasi Dilora Suleymanova “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida oilaviy munosabatlarga doir yuridik faktlarni qayd etish istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍4
#Adliya_xabari

Korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha birdek mas’ul


🔸Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

🔸Shayxontohur tumani hokimligida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida tashkil qilingan seminar tadbirida tuman adliya bo'limi mas’ul xodimlari tomonidan korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ushbu illatga qarshi kurashishga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🔸Shuningdek, tadbir davomida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍3🔥1👏1👌1
#Adliya_xabari
#Farovon_oila_sari

“Farovon oila sari” shiori ostida aholi orasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda

🔹Mirobod tumani adliya bo‘limi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman IIB va diniy idora vakillari ishtirokida "Oila muqaddas qo‘rg‘on" mavzusida Mirobod tumanining "Furqat" mahallasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

🔹 Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda "Yuksalish", "Parvona", "Ziyonur" mahallalaridan nuroniy onaxonlar va turmush qurish ostonasiga qadam qo‘yayotgan yoshlar ishtirok etishdi.

🔹Tadbirda ajrimlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning huquq va majburiyatlari, nikoh tuzish tartibi va shartlari, ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari, oilaviy munosabatlarni o'z ichiga olgan boshqa mavzularda suhbatlashildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍31
#Adliya_xabari
#huquqiy_seminar

🔸Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Yangihayot tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔸Tadbirda “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, jinoyatchilikni oldini olishda shaxshiy mas’uliyat va daxldorlikni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

🔸 Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida tushunchalar berildi.

🔸 Tadbir yakunida yoqilg‘i-energetika, energoresurslar bilan bog‘liq qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, aholi uchun belgilangan tariflar to'g'risida ma'lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
#Adliya_xabari

Fikri toza, korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodni tarbiyalash maqsadida ta’lim maskanlarida halollik g‘oyalarini singdirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimdir

🔶O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida "Korrupsiyasiz kelajak" mavzusida tashkil qilingan navbatdagi targ'ibot tadbirida ayni mavzuda so'z bordi.

🔶Tadbirda Uchtepa tumani adliya bo'limi xodimi X.Quvondiqov so'zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berdi.

🔶Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik masalalari, korrupsiya omillarini keskin kamaytirish choralari borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

🔶Bunday profilaktik tadbirlar aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirilish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishga daxldorlik hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍2
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

❗️ Qurbon hayiti bayrami kuni belgilandi


Muborak Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida”gi Prezident qarori (30.05.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, 2025-yil 6 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

✔️ 2025-yil 7-iyun (shanba) kuni 6 kunlik ish haftasi tartibi bo'yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

📝 Bunda Qurbon hayitini xalqimizning milliy an'ana va urf-odatlariga uyg'un holda o'tkazish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

❗️ Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:


🔹 6-iyun (juma) – Qurbon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

🔹 7-iyun (shanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun odatiy, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;

🔹 8-iyun (yakshanba) – dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

♻️O‘zbekekspertiza binosida tadbirkorlar uchun amaliy muloqot formatida uchrashuv tashkil etildi


Uchrashuvda "Safia", "Evos", "Dusel", "Media Park", "Target-International School" va "Artikul Asia kabel" kabi yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi.

Uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad — tadbirkorlarning huquqiy bilim va xabardorligini oshirish, ularni davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishiga ko‘maklashish.


Tadbirda Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sardor Amirqulov “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-sonli qarorning mazmun-mohiyati va mazkur qaror doirasidagi vazifalar haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍3
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi

Boshqarmaning Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi bosh maslahatchisi Hakimov Xamidullo Muzaffar o‘g‘li 2025-yilning iyun oyi uchun oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

Xamidullo Hakimov boshqarmada mehnat faoliyatini 2022-yilda Yashnobod tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi sifatida boshlagan.

2022–2023-yillarda boshqarmaning Rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo‘limi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, 2023-yildan Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho'basi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Adliya boshqarmasi jamoasi X.Hakimovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
🔥18👍84🎉3👏2
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi

Boshqarmaning Moliya-iqtisod sho‘basi kichik mutaxassisi Palvannazarov Jasurbek Ilxamovich 2025-yilning iyun oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Jasurbek Palvannazarov boshqarmada mehnat faoliyatini 2020-yilda Xo'jalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo'limi bino komendanti sifatida boshlagan va 2022-yildan Moliya-iqtisod bo'limi kichik mutaxassisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi J.Palvannazarovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
🔥17👍104🎉4👏2
#Adliya_xabari

❗️ Nogironligi bo'lgan shaxslarga moslashtirilgan "Huquqiy axborot|Plus" telegram kanali ishga tushirildi.


✔️ Telegram kanalda quyidagilar taqdim etib boriladi:

🔹 qonunchilikdagi yangiliklar haqida audio formatdagi tushuntirishlar;

🔹 imo-ishora muloqoti shaklidagi huquqiy video materiallar;

🔹 nogironligi bo'lgan shaxslar uchun foydali axborotlar.

🔗 Kanalga ushbu manzil orqali obuna bo'lish mumkin: https://t.iss.one/huquqiyaxborot_plus
👍3
#Adliya_xabari
#Huquqiy_seminar

Toshkent shahar adliya boshqarmasida Toshkent shahar "Energo Savdo” filiali rahbari hamda tuman bo‘limlari rahbarlari va mas'ul xodimlari ishtirokida ochiq muloqot shaklida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasini hisobga olish uskunasini(hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti talablari batafsil tushuntirildi, sohaga oid yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birgalikda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunbuzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
2👍2
#adliya_xabari
#huquqiy_seminar

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi seminarda Toshkent shahridagi tuman Davlat xizmatlari markazlari direktorlari va mas'ul xodimlariga davlat xizmatlari ko‘rsatilishida vakolatli idoralar tomonidan rad etilayotgan murojaatlarni tizimli tahlil qilib borish usuli va tartibi hamda asossiz rad etish holatlarini oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga qabul qilingan hujjatlarga asosan bu borada ishlarni tizimli tashkil etib borilishi yuzasidan zaruriy ko'rsatma va tavsiyalar berib o'tildi.

Shu bilan birgalikda, ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatilishida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar va ularni takomillashtirishga qaratilgan takliflar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
👍2