Poytaxt_adliya
1.45K subscribers
6.45K photos
890 videos
20 files
4.08K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
#Adliya_yangiliklari
#Davlat_xizmatlari_markazi
#Adliya_onlayn

Ayni paytda Yashnabod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Yashnabod tumani Mumtoz MFY binosida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda.

Bugun, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahrining Mirobod va Bektemir tumanlari adliya bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati bilan tanishdi.

An'anaga ko'ra, o'rganish jarayon dastlab binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishishdan boshlandi.

O'rganish davomida, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo'yicha muhim topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari
#Ish_jarayoni
#Nodavlat_notijorat_tashkilot

Toshkent shahridagi nodavlat notijorat tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Jangovar harakatlar va qurolli mojarolar nogiron faxriylari” jamoat birlashmasi davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shuningdek, jamoat birlashmasining kelgusidagi ish faoliyati yuzasidan huquq va majburiyatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari

Mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytiriladi.

Batafsil infografikada.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari

Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Batafsil infografikada.

Telegram| Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari

Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi.

Batafsil infografikada.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari

Mahkumlarning jazoni o‘tash davrida bajaradigan ishi pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shiladi.

Batafsil infografikada.

Telegram | Facebook | Veb sayt
Hashar-elga yarashar!

Obod yurtning fayzi, tarovati oʻzgacha boʻladi. Zero, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning ezgu qadriyati – hashar muhim oʻringa egadir.

Bugun Toshkent shahar adliya boshqarmasi va uning tizim tashkilotlarida faoliyat koʻrsatuvchi rahbar va xodimlar oʻz ixtiyorlari bilan hashar oʻtkazdilar.

Ushbu hashar Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasining shahrimizning koʻrkiga ozgina boʻlsa ham koʻrk bagʻishlash, xalqimizga xizmat koʻrsatuvchi maskanlar, jumladan davlat xizmatlari markazlari va FHDYO boʻlimlarini yanada fayzli va obod qilish istagining hosilasidir.