Poytaxt_adliya
1.1K subscribers
5.31K photos
752 videos
19 files
3.44K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat

Yakkasaroy tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan tumanning "Boshliq" va "X.Sulaymon" MFYlarida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning muammolariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔰Shuningdek, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy yordam ko’rsatildi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yangiliklari

Mahalla telekanali “Minbar” ko'rsatuvining “Aybsizlik prezumpsiyasining ahamiyati, uni amaliyotda qo’llash va bu boradagi qonunchilik mezonlari” mavzusi yuzasidan bo’lib o’tgan navbatdagi sonida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo'limlari xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Batafsil: yuqoridagi videoda 👆👆👆

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Mehnat_huquqlarini_o'rganamiz

Shayxontohur tuman adliya bo'limi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Mehnat huquqlarini o'rganamiz" va “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida tumanning "Huvaydo" va "Eshonguzar" MFYda ommaviy sayyor qabullar bo’lib o’tdi.

📝Sayyor qabullar davomida 50 dan ortiq murojaatlarga og'zaki huquqiy tushuntirish berilib, bo’lim faoliyatiga taaluqli ishlar ish yurituvga qabul qilindi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Bilasizmi?

Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar buzilishining ko‘p tarqalgan turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

👉🏻Nusxa olish (kitoblar, maqolalar, kartinalarni qayta ko‘paytirish).

👉🏻Asarni tarqatish (ijara, sotuv, dasturiy ta'minotni o‘rnatish va boshqalar).

👉🏻Asarlarni konsеrt zallari, tеatr sahnasida omma uchun namoyish qilish.

👉🏻Radio, tеlеvidеniе orqali efirga uzatish, asarni boshqa tillarga tarjima qilish, asarni qayta ishlash.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Mehnat_huquqlarini_o'rganamiz

Mirobod tuman adliya bo'limi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Inson huquqlari oliy qadriyat” va "Mehnat huquqlarini o'rganamiz" huquqiy aksiyalari doirasida tumanning "Sarako’l" MFYda ommaviy sayyor qabullar bo’lib o’tdi.

🔰 Sayyor qabullar davomida 30 dan ortiq murojaatlarga og'zaki huquqiy tushuntirish berilib, bo’lim faoliyatiga taaluqli ishlar ish yurituvga qabul qilindi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
📢📢📢 Toshkent shahar adliya boshqarmasida bo'sh ish o'rinlari uchun tanlov boshlandi.

Onlayn kuzatish uchun:
👇👇👇
https://youtube.com/live/MDCGmB0uHRE?feature=share

❗️Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali xabar berishingiz mumkin.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tekshirishlarni ro‘yxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–815-son, 20.01.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

🔰Shunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonunga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil vazifalariga quyidagilar qo‘shildi:

🔹Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini elektron yuritish;
🔹majburiy talablar elektron reyestrini yuritish.

☑️ “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari quyidagilarni qo‘shimcha ravishda amalga oshiradi:

🔹 malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va tugatish tartibini, auditorlar malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni tasdiqlaydi;

🔹malaka imtihonini o‘tkazadi;

🔹auditorning malaka sertifikatini beradi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Diqqat_e’lon!

⚡️Hurmatli fuqarolar! Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasini almashtirish uskunasida kuzatilgan texnik nosozlik sababli eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmati joriy yilning 6-iyul kuni soat 14-00 ga qadar ko’rsatilmasligi ma’lum qilinadi.

🙏🏻 Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

❗️ Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo'limlari faoliyati Fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat

#Mehnat_huquqlarini_o'rganamiz

❇️ Yunusobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Inson huquqlari oliy qadriyat” va "Mehnat huquqlarini o'rganamiz" huquqiy aksiyalari doirasida tumanning "Yangi tarnov" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabullarda ishtirok etgan aholi uy-joy bilan ta’minlashda subsidiya olishda ko‘maklashish, elektr tarmoqlaridagi past kuchlanishni bartaraf etish, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berish yuzasidan murojaatlar qildilar. Aksariyat murojaatlarni qabul davomida hal etish choralari ko‘rildi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz