Poytaxt_adliya
1.46K subscribers
6K photos
851 videos
20 files
3.85K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
#Adliya_yangiliklari

Poytaxtimizning barcha tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, belgilangan jadval asosida har haftaning shanba kunlari sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

🔰 Bugungi sayyor qabullar “Daryo bo‘yi”, “Tashabbus”, “Ahil”, “Moyariq”, “Bog‘ibo‘ston”, “Musaffo”, “Jasorat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida va Yakkasaroy tuman Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

❗️Sayyor qabullar davomida, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatida amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Jumladan, Mobil-ID tizimining qulayliklari, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun onlayn buyurtma berish amaliyoti joriy etilganligi haqida tushuntirishlar berildi. Hamda fuqarolarni qiziqtirgan boshqa savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
# Bilasizmi?

🍏 Mevalar buzilishining oldini olish uchun fumigatsiya qilingan olma, nok va sitrus mevalarni savdo joylarida saqlash 24 soatdan oshmasligi kerak.

❗️Sifati past meva-sabzavot tovarlarini sotish taqiqlanadi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_yangiliklari

"Sug‘diyona"
gazetasining 2023-yil 12-yanvardagi №2-sonida Olmazor tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti K.Aliyevning "Soatbay ishlaganim dekret pulimga qo‘shilmadi" nomli maqolasi chop etildi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yangiliklari

🔰 O‘zbekiston telekanalining “Mening huquqim” ko‘rsatuvida Chilonzor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Sattorov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-257-son Farmoni yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yangiliklari

📣 Аdliyadan yana bir qulaylik

‼️Milliy haydovchilik guvohnomasini uydan turib almashtiring !

Xabaringiz bor, eski namunadagi «prava»ni yangisiga almashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki BEVOSITА vakolatli idora IIBB YHXB boʼlimlariga murojaat qilish lozim edi.

❗️Joriy yilning 30 yanvaridan boshlab ushbu idoralarga ovora boʼlib borish, rasmga tushish, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʼyish, navbat kutib turishingiz shart emas.

🔰 Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni uydan turib YaIDXP (my.gov.uz) olishingiz mumkin.

Batafsil yuqoridagi videoda☝🏻☝🏻☝🏻

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_yangiliklari

🔰 Uchtepa tuman Аdliya boʼlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Istirohat" mahallasida fuqarolar bilan davlat xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha sayyor qabul oʼtkazildi.

✏️ Qabul davomida fuqarolaraga subsidiya olish masalalari boʼyicha huquqiy maslaxatlar berildi.

✔️ Shuningdek, 6 nafar pensiya yoshidagi otaxon-onaxonlarga onlayn ravishda sanatoriyaga navbatga qoʼyib berildi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#So‘ragan_edingiz

Savol:
Pensiyaga chiqishimga ikki yil qolganda hozirgacha ishlab kelayotgan joyimdan meni shtatimga qisqartirish kelganligi sababli ishsiz qoldim. Hozirda 53 yoshdaman. 23 yillik stajga egaman. Men shu holatda muddatdan oldin pensiyaga chiqishim mumkinmi ?

❗️Javob:
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

🟢 Erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

🟢 Ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar deb belgilangan.

Demak siz yuqoridagi holatda pensiya yoshiga yetmasdan ham pensiyaga chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma!!!

O‘zbekiston Xalq artisti Zulayho Boyxonova eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini tezroq yangisiga almashtirib olishga chaqirmoqda.

❗️2010-yilgacha olingan "prava"ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati — 31-mart

‼️Hozir navbat yo‘qligida borib almashtirib qo‘ying, ko‘p vaqtingiz ketmaydi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Yuridik_lug‘at

Ixtiroga patent nima?

❗️Ixtiroga patent - bu ixtironing ustuvorligi, muallifi, ixtiro egasining unga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydigan muhofaza hujjatidir.

Ixtiroga patent kim tomonidan beriladi?

❗️Patent vakolatli davlat organi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma #Bu_muhim

⚡️2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishgacha — 61 kun qoldi

Elimiz suygan xonanda Masrur Usmonov eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini tezroq yangisiga almashtirib olishga chaqirmoqda.

❗️ 2010-yilgacha olingan "prava"ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati — 31-mart

❗️Eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga yoki IIBB YHXB murojaat qilishingiz balki uydan turib YIDXP
(https://my.gov.uz/uz/service/255) buyurtma berishingiz mumkin.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Bilasizmi

💰Nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida (450 ming so'm) subsidiya beriladi.

🔘 Shuningdek, har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

🟢 nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunarga o'rgatish, ularda kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta'lim fanlari va xorijiy tillarni o'rgatish;

🟢 tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.

⚠️ Subsidiyalar mazkur yo'nalishlardan bittasi uchun har bir nogironligi bo'lgan yoshning talabiga muvofiq, BHMning 50 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_aralashgach

Fuqaro R.Z.A.ga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berildi.

❗️ Fuqaro R.Z.A. 21-sonli mehribonlik uyi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘lsada, ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Yunusobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.

🔰 Tuman adliya bo‘limi tomonidan murojaat o‘rganilib, fuqaro manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritilib, natijada ariza qanoatlantirilishiga va fuqaro R. Z. A. ning buzilgan huquqlari tiklanilishiga erishildi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi Prezident qarori (PQ–23-son, 26.01.2023 y.) qabul qilindi

❗️Qarorga ko‘ra, 2023-yildan boshlab, xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi;

❗️paxta xomashyosi yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

Telegram:
https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Bu_muhim

⚡️Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

📌Amal qilish muddati o'tgan biometrik pasportning o'z vaqtida ID kartaga almashtirmasligi — ya'ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga binoan BHMning ikkidan bir (150 000 so'm) qismidan - uch baravarigacha (900 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

📍Eslatib o'tamiz, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan ichki ishlar organlari yoki tegishli davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz