Elektron ta'lim markazi
28 subscribers
6 photos
5 videos
66 links
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etish markazi rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Elektron raqamli imzo kalitini olish vaqti 4.5 barobar qisqardi
Elektron raqamli imzo (ERI) kalitini olish uchun endi 40 daqiqa kifoya. Bu haqda O`zbekiston axborot agentligi ma'lum qilmoqda. Davlat xizmatlari...
Янги ўқув йилидан бошлаб талабалар онлайн тарзда ўқитилади​

👉 https://kun.uz/34978465
O`zbekistonda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlaydigan yangi uslub joriy qilinadi
O`zbekistonda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlaydigan yangi uslub joriy qilinadi. Bu haqda "Uzbekistan Today" nashri xabar qildi. Poytaxtimizdagi “Ko‘rgazma savdo...
O`zbekistonda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlaydigan yangi uslub joriy qilinadi
O`zbekistonda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlaydigan yangi uslub joriy qilinadi. Bu haqda "Uzbekistan Today" nashri xabar qildi. Poytaxtimizdagi “Ko‘rgazma savdo...
Forwarded from Edu.uz (Alisher Abdullaev)
Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендиялари ва уларни тайинлаш тўғрисида

👉Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги стипендиялар тайинлаш ҳақидаги тавсияномаларни йилига бир марта кўриб чиқади. Ҳужжатларни қабул қилиш муддати — 1—15 август, кўриб чиқиш муддати — 10—25 сентябрь.

👉Талабгорлар хорижий тиллар, ахборот технологиялари, Ўзбекистон тарихи фанлари бўйича ўз билим даражасини аниқлаш учун Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест марказида (минтақалар бўйича) махсус тест синовлари топширадилар.

👉Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендиялари соҳиблари бўлган талабалар давлат олий таълим муассасасини битиргач, икки йил давомида магистратурага грант асосида (бакалавр-стипендиатлар) ва таянч докторантурага (магистр-стипендиатлар) кириш имтиҳонлари натижаларига кўра қабул қилинади

Батафсил: https://lex.uz/docs/1399382#1399669

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/eduuz
Yangi qarorda elektron ta’lim markazi faoliyatiga doir qanday vazifalar belgilandi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi.

Yangi qabul qilingan Qarorda markaz faoliyatiga aloqador bo‘lgan bir qator vazifalar belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Universitetni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilmasi bilan ta’minlash vazifasi belgilangan.

Shuningdek, qarorda Internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi ham yuklatilgan.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/tmetjem
Toshkentdagi Inha universiteti hujjatlarni onlayn qabul qilishni boshladi
Toshkent (IUT) Inha universiteti joriy yilning 25 –may sanasidan 2018-2019 o'quv yiliga hujjatlarni onlayn qabul qilishni boshladi. Abiturientlardan hujjatlarni qabul...
Masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yishdagi tashkiliy jarayonlar qanday amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublika Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 mayda “Maxsus sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini elektron ta’lim resurslari asosida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 447-sonli buyrug‘iga asosan yangi o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘quv jarayonini tashkil etishda masofadan turib mustaqil ta’lim olishi belgilangan.
O‘zbekistonda elektron ta’limni ilk bor oliy ta’lim tizimida amaliyotga joriy qilinishi rasman e’lon qilindi. Elektron darslarni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar oliy ta’lim tizimi amaliyotida ilk bor qo‘llanilayotgani sababli, tizimni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq qator savollar paydo bo‘lishi tabiiy.
Xo‘sh elektron ta’limni yo‘lga qo‘yishdagi tashkiliy jarayonlar qanday amalga oshiriladi?
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/tmetjem
Масофавий таълимни йўлга қўйиш қандай амалга оширилади?
Батафсил: https://e-edu.uz/masofaviy-talimni-yolga-qoyishdagi-tashkiliy-jarayonlar-qanday-amalga-oshiriladi/
Масофавий таълимни йўлга қўйиш қандай амалга оширилади?

👉 https://kun.uz/85374775
Масофавий таълимни йўлга қўйиш қандай амалга оширилади?
https://goo.gl/ZEJa6T
👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEHi_Tk-4p_xI26gIw
​​Bizni Facebookda kuzatib boring: 👇👇👇

https://www.facebook.com/tmetjem
​​Стэнфорд, Гарвардда ўқишни хоҳлайсизми?
(Оммавий онлайн очиқ курс имкониятлари)

1-қисм.
Ҳозирги кунда интернет имкониятларидан фойдаланган ҳолда уйдан ташқарига чиқмасдан дунёнинг нуфузли университетларида сифатли билим олиш имконияти пайдо бўлди. Бу эса таълим парадигмасини буткул ўзгаришига олиб келди.
Бунга МООС (Massive open online courses) – оммавий очиқ онлайн курсларнинг пайдо бўлиши сабаб бўлди.
МООС (Massive open online courses) – оммавий очиқ онлайн курслар деб интерфаол усуллардан фойдаланган ҳолда тайёрланган ва интернет тармоғида очиқ ҳолда жойлаштирилган таълим курсига айтилади. Оммавий очиқ онлайн курсларни тез ва кенг қамровда тарқалиши уларга дунё таълим бозорида талаб борлигидан далолат бермоқда.
МООС орқали олий ўқув юртига кирмоқчи бўлган абитуриентлар, коллеж ўқувчилари, олий таълим муассасаси талабалари, олий таълим муассасаси профессор-ўқитувчилари, мустақил тадқиқотчилар фойдаланишлари мумкин.
Абитуриентлар олий таълим муассасасига кириш имтиҳонлари мавжуд бўлган фанлардан МООС платформаси тақдим этилаётган курслар орқали бепул билим олишлари мумкин.
Хусусан, Khan Academy (https://ru.khanacademy.org/) орқали математика, физика, биология, кимё, информатика ва бошқа фанларни видео маърузалар ёрдамида “нолдан” ўрганиш мумкин.
Шунингдек, https://www.udemy.com сайтида ўзбек тилида мустақил ўрганувчилар учун математикадан видео дарслар берилган бўлиб, https://www.udemy.com/matematika-darslari/ ҳаволаси орқали курсни бепул ўрганиш мумкин.
Шунингдек, олий таълим тизимида маълум муаммолар мавжуд бўлиб, бу масалаларни барчасини оммавий очиқ онлайн курслар орқали ҳал қилиш мумкин. Қуйида уларни бирма - бир санаб ўтамиз:
1. Олий таълим муассасаларида профессор-ўқитувчиларни юқори рейтингдаги хорижий олий таълим муассасасида малакасини ошириш масаласи;
2. Энг юқори рейтингдаги хорижий олий таълим муассасасида талабаларни ўқитиш масаласи;
3. Юқори сифатли, рақобатбардош кадрларни тайёрлаш масаласи;
4. Энг юқори рейтингдаги хорижий олий таълим муассасасидаги ўқитилаётган фанларни маҳаллий олий таълим муассасаларида жорий этиш масаласи;
5. Янги киритилган фанлар бўйича ўқув мажмуаларни шакллантириш масаласи;
6. Мутахассислик фанларини чет тилларида ўқитиш масаласи;
7. Талабаларнинг мустақил ишларини ташкил этиш масаласи.
Юқорида келтирилган масалаларни айнан оммавий очиқ онлайн курслар орқали ечим топиш мумкин.
Оммавий очиқ онлайн курслар орқали дунёнинг энг нуфузли бўлган олий таълим муассасаларида уйдан чиқмасдан мутахассислик олиш имконияти мавжуд.
Хўш, қаердан шу МООС ни топиш мумкин?

Давоми: 👉👉👉 https://t.iss.one/tmetjem
​​O‘zbekistonda ijtimoiy xarajatlarning 58,7 foizi ta’limga ajratildi

O‘zbekiston Davlat byudjetining ijtimoiy ta’minot xarajatlari tarkibidan 2017 yil hamda 2018 yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra, ta’lim tizimi uchun uchun 58,7 foizi, sog‘liqni saqlash sohasi uchun 26,9 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qonunchilik palatasining bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2017 yilgi hamda 2018 yilning birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqdilar.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/tmetjem
​​Bu yil O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari qancha abituriyentni qabul qilishi ma’lum bo‘ldi


Bu yil O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida bakalavriat uchun 69460 nafar abituriyentlar qabul qilinadi. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 1714 nafar ko‘proq talaba qabul qilinadi deganidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 4- iyun kuni qabul qilingan qaror bilan 2018-2019 o‘quv yilida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qabul kvotalari tasdiqlangani haqida “O‘zbekiston 24" telekanali ma’lum qildi.
Magistratura bosqichiga qabul qilish darajasi deyarli 1000 taga ko‘payib 5640 ga (o‘tgan yili - 5000) yetdi. Ulardan 1556 nafari grant (o‘zgarishsiz), 4384 nafari shartnoma asosida (o‘tgan yili - 3444).
Maxsus sirtqi bo‘limga qabul kvotasi deyarli ikki barobar oshdi ya’ni 11765 talaba (o‘tgan yili - 5955), shu jumladan 15 ta grant (o‘zgarishsiz) va 11750 talaba (o‘tgan yili- 5940) to‘lov asosida qabul qilinishi ma’lum bo‘ldi.
Umumiy qabul kvotasi deyarli 8500 nafarga ortdi-78701 (o‘tgan yili davlat grantlari bo‘yicha -19725, shartnoma asosida -58976) dan 87165 gacha (o‘tgan yili - 19240, 67925).

Kanalga ulanish: 👇👇👇
https://t.iss.one/tmetjem
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 4- iyun kuni qabul qilingan qaror bilan 2018-2019 o‘quv yilida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qabul kvotalari tasdiqlangani haqida ma’lum bo`ldi.

👉 Joriy yildan oliygohlarda yangi mutaxassisliklar paydo bo`ladi

Qaror bilan bakalavriatda 16 ta (biznes-informatika, yorug‘lik texnikasi, biotibbiy fizika va boshqalar), magistraturada esa 18 ta (raqamli iqtisodiyot, yarim o‘tkazgich materiallar nanotexnologiyasi, sug‘urta auditi va boshqalar) yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar joriy etilmoqda.

👉 Maktabgacha ta`lim yo`nalishida ta`lim to`rt yildan uch yilgacha qisqardi

“Maktabgacha ta’lim” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash (bakalavriat) to‘rt yil emas, balki uch yil amalga oshiriladi. Xorij tajribasi va kadrlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida ushbu qaror qabul qilindi. O‘quv rejalari va dasturlariga yangicha malaka talablari tayyorlanmoqda. Asosiy urg‘u bilimlarni mustaqil egallashga qaratiladi.

👉 Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga talabalar qabul qilinadi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv yilida 100 nafar talaba, jumladan 10 talaba grant asosida qabul qilinadi.

👉 Sirtqi va kechki bo‘limlarga qabul kvotalari endi ma`lum qilinadi

Sirtqi va kechki bo‘limlarga qabul kvotalari bir oy ichida tayyorlanishi lozim. Ular bakalavriatga umumiy qabulning 30 foizigachasini tashkil etadi.

👉 OTM va potensial ish beruvchilar o‘rtasida aloqalar takomillashadi

Qarorda OTMlar va potensial ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Endilikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kadrlar buyurtmachilari bilan har yili o‘quv yili boshlangunga qadar OTMlarning o‘quv rejalari va dasturlarini ko‘rib chiqadi. Bitiruvchilar ko‘nikma va malakalaridagi kamchiliklar har chorakda kamida bir marta ish beruvchilar bilan birgalikda muhokama qilinadi.

Kanalga ulanish: 👇
https://t.iss.one/tmetjem
Forwarded from Edu.uz
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2018/2019 ўқув йилида Ўзбекистон Республикасининг олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш тўғрисида”ги қарори эълон қилинди.

Батафсил: https://edu.uz/uz/news/view/900

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/eduuz