Think with Mirro
686 subscribers
178 photos
48 videos
153 links
Marketing, biznes, reklama va filosofiya (haha) bo’yicha fikrlar bilan bo’lishaman.

📩 @jmsAD
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Life explained in 28 seconds

Bosish kerak, doʻstlar!

🏃‍♂️ @thinkwithMirro
Durovni kutsam qish ham kelib qolyapti

Telegramga maksimum aʼzo boʻlish mumkin boʻlgan guruh va kanallar sonini 500 dan hech boʻlmasa 1000 ga koʻtarishni taklif qildim, endi upvoteʼlar kerak ;)

So, please upvote here →

⬆️ #Telegram / @thinkwithMirro
Oookay, 500+ kanalni nima qilasan?

Disclaimer: 500 ta kanal/guruhga qo'shildi degani, hammasini o'qib, ko'rib qatnashib o'tiradi degani emas.

500 ta kanal kamligining bir nechta sabablari bor:

1⃣ Telegramda qidirish oson (agar yetarlicha kanallar soni bo'lsa)

Misol uchun men IKEA'ni mana shu reklamasini qayerdadir Telegramda ko'rib qoldim. 3 oydan so'ng bir meeting'da reference sifatida shu rolikni ko'rsatmoqchiman, lekin nomi esimda yo'q. Google/Youtube'ga "IKEA" yoki IKEA Ad" so'rovini jo'natsam bir dunyo boshqa videolar chiqib keladi. Telegramda esa 6 soniyada topib olaman (aslida, biroz ko'proq ;)

2⃣ Qiziquvchanlik

Kanal sarlavhasida aytganimdek, juda ko'p narsaga qiziqaman. Reklama, marketing, kriptovalyutalar, iqtisodiyot, siyosat, texnologiya, startap, menejment va hk. hk. Qayerdadir qaysidir soha bo'yicha yaxshi kanalni tavsiya qilishadi, men esa unga shu zahoti qo'shilib qo'yaman.

Aytgancha, hozirgina Irina Kayratovnadagi Aldiyarning kanalini topib oldim, qiziq ekan ;)

3⃣ Kontekstda bo'l

Agentlikda turli xil kategoriyadagi brendlar bilan ishlaymiz. Har biri bo'yicha tadqiqot o'tkazamiz. Tadqiqot davomiy bo'lishi va bozorni/auditoriyani yaxshiroq tushunish uchun turli shu sohadagi kanallarga a'zo bo'lib, qandaydir muddat kuzatib yuraman.

Aytgancha, yangilik kanallarni barchasi arxivda turadi, ularni o'qish = waste of time. Shunchalik dolzarb yangilik bo'lsa u albatta sinfdoshlar kanaliga tashlanadi 😂

Siz-chi? Kimlarni, qaysi kanallarini kuzatasiz?

💡 #Telegram / @thinkwithMirro
Haha, this is great

Rasmni biroz kattalashtirib Persilga 10 soniya tikilib turing va uni kuchini o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz (to'g'rirog'i ko'rmay qolasiz ;)

Muallif: Aldo Murillo

#Ads / @thinkwithMirro
Birinchi raqamli bank IT kompaniya

O'zbekistonda hozir Apelsin, TBC Bank qilayotgan ishlarni 15 yil oldin Rossiyada Tinkoff Bank qilgan.

https://youtu.be/VP89lLy9V7o

Shu haqida video ishlashibdi. Menga yoqdi. Tavsiya qilaman.

Menejment, jamoa tuzish, uni boshqarish, hamma ahmoqona deb o'ylagan g'oyalar bilan bozorni yorvorishni Olegdan o'rganish mumkin.

Spoyler: Oleg bank haqidagi barcha izohlarni, fikrlarni o'qiydi. Ayrimlaridan ilhomlanib Tinkoff yangi mahsulotlar ishlab chiqargan.

Xulosa: izohlarni o'qing, mijozlaringizni o'rganing, ularni muammolariga yechim toping.

🟡 #film / @thinkwithMirro
15 yil o'tdi, hali ham aktual

Yo'lda vaqtni foydali o'tkazish uchun Uorren Baffetning 2007-yilda Florida MBA bitiruvchilariga bergan leksiyasini yuklab olgan edim.

https://youtu.be/TgRhmk-LopI

Juda foydali bo'ldi. Ayniqsa, hozir o'qishni bitirish arafasida turganlar (menga o'xshab), investitsiya sohasiga qiziqadiganlar, hayotda qanday kasb tanlash, qaysi yo'nalishda ketish bo'yicha o'ylab yurganlar uchun "a real gem".

Eshitib ko'ring, keyin fikrlaringiz bilan bo'lisharsiz😉

#useful / @thinkwithMirro
• Nima uchun bizda bunday IT gigant yo'q?

• Nima uchun bizda dasturchi olimlar yo'q?

• Umuman, hozirgi dasturchilar shunday ilg'or texnologiyalar bilan ishlay olishadimi?

• Aytgancha, nega bizda ayol dasturchilar kam? Buni qanday to'g'rilash mumkin?

• Biz ham shunday kompaniyalar qura olamizmi? Qancha vaqtda? Bundan bizni hozir nimalar to'sib turibdi?

• O'zbek tilida kontent qilish kerak: kitob, tarjimalar, maqolalar.

• O'o'o', mana shu servisni Toshkentda qilib ko'rish kerak ekan ;)

Yandeks haqidagi filmni taxminan shunday savol va o'ylar bilan ko'rdim. Sizga ham tavsiya qilaman.

https://youtu.be/ph8T4fmP-ag

Anaqa, Yandeksga non-developerlarni ishga olisharmikin?😅

🟣 #film / @thinkwithMirro
Alifbo reimagined

o' ni õ, g' ni ğ qilgan bilan kitoblar qisqarib, qollar kamroq ogrib, kozlar kamroq charchaydi deb oylamayman

Shunchaki o' larni o, g' larni g sifatida yozsak-chi? Keyin kitoblarda aynan qaysidir sozni talaffuzi "o' yoki oddiy o" deb tushuntirib ketamiz.

Ingliz tilida ham taxminan shunday. Masalan: Moses, soulmate, nitro kabi sozlarda o yoziladi, lekin o' oqiladi.

Meni gapimni kim ham bir tiyinga olardi, lekin yaxshi fikr-a, nima deysiz? 😂

P.S. yuqoridagi gaplarni siz o sifatida oqidingizmi yoki o'? (u yerda belgi ishlatilmadi, sezgan bolsangiz)

🇺🇿 #thoughts / @thinkwithMirro
Forwarded from Marketing bo'limi
Dizaynerlar, frilansda ishlash joningizga tegmadimi?

605 agentligiga art direktor, grafik dizayner va operator/montajchi izlayapmiz.

Frilansda ishlayverish joningizga tegmadimi a? To’g’ri, bugun frilansda pul ko’proq bo’lishi mumkin, lekin bu aniq vaqtinchalik hodisa-ku.

Keling qiziqarli loyihalarda, quvnoq va yosh jamoa bilan, jamiyatni yaxshi tarafga o’zgartiruvchi - ta’sir o’tkazuvchi ishlarni amalga oshiring!

Aloqa uchun: @osharapov
Dizaynerlar guruhlariga tashlab yuborsangiz xursand bo'lardik 🙌

Art direktor so'zidan qo'rqishga hojat yo'q ;)

Art direktor - shunchaki logo chizib, Instagram post qilib o'tiradigan dizaynerdan kuchliroq va dizayn + menejment (jamoani boshqarish) qobiliyatlariga ega bo'lishi kerak.

Aloqa uchun: @osharapov

#vacancy / @thinkwithMirro
Meni hurmat qilasizmi oʻzi yoʻqmi? Men siz uchun doʻstmanmi yoki uka? Nega bir sizlab bir sansirayapsiz?

😅 Auditoriyangizda shunday savollar tugʻilmasligi uchun oldindan aniqlashtirib oling kommunikatsiyani “Siz”lab olib borasizmi yoki “sen”sirab.

Ha, aytgancha, Toshkent yoshlar forumiga roʻyxatdan oʻtish shu yerdan → @toshkent21bot

Qiziqarli tadbirlar boʻlishi kutilyapti ekan

Bir tiyinga qimmat TikTok festdan koʻra mana shunday foydali forumlarga borish kerak ;)

#festival / @thinkwithMirro
Ertaga, 19-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab marketing, dizayn sohalari boʻyicha talkʼlar boʻlib oʻtarkan

Bekorchi boʻlsangiz borishni tavsiya qilaman ;)

Dastur kalendari bu yerda

#forum / @thinkwithMirro
Asosiysi soqoli bo'lmasin

Chap tarafda: stok foto
O'ng tarafda: o'sha stok fotoning ishlatilishi "uzbek edition"

Soqollarni yo'q qilish nima bilan bog'liq? Qayerdadir shunday qonun bormi? Bu fenomen faqat bizdami?

Javobini biladigan, lekin baribir tushunmagan savollar qanday nomlanardi? ;)

Foto: @siliconmahalla

#ozbegim / @thinkwithMirro
Qalay?

Design by: @siliconmahalla
Okey Gugl, kopirayting nima?

Kopirayting — matnlar bilan ishlash. Kopirayter esa nafaqat matnlar bilan ishlaydi.

Kopirayting bir necha turlarga bo'linadi. Xuddi doktor turli xil bo'lgani kabi.

SMM kopirayter — mahalliy bozorda ancha rivojlangan. Kopirayt desa mahalliy SMMchilarimiz shu turdagi mutaxassisni tushunishadi. Asosiy ishi — SMM postlarni va target uchun reklamalar matnini yozish.

SEO kopirayter — saytlar kontenti uchun matnlar yozadi. Til o'yinlari va kalitso'zlar bilan yaxshi chiqishadi. Xizmatlari SMM kopirayterdan biroz qimmatroq turadi.

Kreativ kopirayter — haha, bunisi eng qizig'i ;)

U asosan reklama agentligida ishlaydi va qiladigan ishi kreativ kampaniyalar, konseptlar, ssenariylar, neyming va boshqa g'oyalarni o'ylab topish va amalga oshirishdan iborat. Reklama agentliklarida kreativ para degan tushuncha bor. Bu kopirayter + art direktor juftligidan tashkil topgan jamoa ichidagi kichik jamoa. Art direktor bu yerda aytilgandek vizualga javob beradi, kopirayter esa matn qismiga.

Polina Zabrodskayaning aytishicha, (Creative Director @BBDO) kreativ kopirayter ko'p ham matnlar bilan ovora bo'lib qolmagani maqul, chunki uning asosiy vazifasi kreativ g'oyalarni ilgari surish. Matnlar bilan aralashib asosiy ishi qolib ketadi. Matn bilan ishlash uchun muharrir yoki shunga o'xshash mutaxassislarni yollash mumkin (albatta agentlikni cho'ntagi buni ko'tarsa ;)

Kopirayterlar Junior, Middle, Senior va keyin "yor-yor" bo'ladi 😂

Ularni yor-yor bo'lgani Kreativ direktorga aylangani hisoblanadi.

Kopirayter darajalari va kreativ direktorlar haqida keyingi postlarda gaplashamiz 😉

#copywriting / @thinkwithMirro
👍3
This message is not supported by your version of Telegram. Update the app to view: https://telegram.org/update
ORTA'ni bu yerda rekomendasion qilganmanmi?

Qilmagan bo'lsam - mana: https://youtu.be/AzcrbojjWaA

Musulmonlar uchun iymonni ko'tarishga, to'g'ri yo'lni topishga va dunyo/din haqida ratsional fikr yuritishga yordam beradi.

Musulmon emaslarga esa, tezroq musulmon bo'lish haqida yaxshiroq o'ylab ko'rishga undaydi ;)

Kombo: ORTA'ning bu soniga Jah Khalib kelgan, va u o'zini Islomni qabul qilish yo'li haqida gapirib bergan.

Umuman, tavsuyu 🤝

Ko'rib bo'lib fikrlaringizni yozib qo'yarsiz, qalay, qanday, yoqdimi, nimasi yoqdi?

🎙 #podcast / @thinkwithMirro