Think with Mirro
686 subscribers
178 photos
48 videos
153 links
Marketing, biznes, reklama va filosofiya (haha) bo’yicha fikrlar bilan bo’lishaman.

📩 @jmsAD
Download Telegram
Sayohat qiling, sog’lom bo’lasiz

1 haftalik safarda bo’ldik. Turkiyada. Istanbulda bo’ldik, dengiz ko’rdik. Turklar bilan yarim o’zbekcha yarim turkchada gaplashdik. 500 yillik masjidlarni ko’rdik. Qadrdonlar bilan ko’rishdik. Mushuklarni semizligini ko’rib o’zimizdagilarga rahmimiz keldi. Istanbul turbandliklarida qoldik.

Paromda shaharning u tumanidan bu tumaniga suzdik. Parom — ular uchun oddiy transport vositasi. Biz uchun esa — sayohatdek gap. Galata’ga chiqdik. San Sebastian yedik (marketing qurbonlari. Haha). Orolga bordik. Biz Qora dengiz deb o’ylayotgan oxiri yo’q dengiz — bu shunchaki Marmara dengizi ekan. Qora dengiz qanchalar katta ekan?

Bu galgi safar oldingilaridan ancha sekin, xotirjam va shoshilishlarsiz o’tdi. Internetdagi vaximali gaplarning hech biriga duch kelmadik — aldoqchi taksistlar, xavfli massivlar, qattiqqo’l polislar — bular bizni chetlab o’tdi. Yoki o’zi hammani chetlab o’tadi, shunchaki blogerlar bo’rttiradi. Hayp kerakda.

Toshkentga qaytganimizga bir hafta bo’ldi. Safardan nimalar oldim degan savolga endi javob topgandekman.

Yuqoridagi tajribalardan tashqari eng muhim narsa — miyani bo’shatib, xuddi start chizig’iga yangi kelgandek bo’ldim.

Xuddi oldingi ishlar unutilgan, miyani band qilgan muammolar yoqolgan. Kayfiyat xuddi birinchi kursga qabul qilingan talabaning Sentyabrda ilk darslarini boshlanishiga o’xshaydi. Fresh.

Rejalar, g’oyalar ko’p. Qiladigan ishlarimiz talaygina. Muhimi — ishlarni qilishga endi yangi kuch bor.

Sayohat qiling. Safarlarga chiqing. Balki to’siqlar faqat miyadadir?

#sayohat / @thinkwithMirro
12👍10🔥8
The Venture Mindset

Hozir shu kitobni o’qiyapman. Juda qiziqarli ketyapti. Fikrlarni yozib boraman.

Asosiy tezislardan biri — agar biz biznesda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo’lsak, o’zimizga xato qilish uchun imkon berishimiz kerak. Imkon berish emas, hatto ko’p xato qilishga urinishimiz kerak.

Chunki biznes — bu test&trial o’yini. Ayniqsa bu biznes bozorga yangilik olib kirmoqchi bo’lsa.

Jamoada ham shunday. Agar jamoada bir odam yangilik qilaman deb xato qilgani uchun urushilsa, u odam boshqa yangilik qilishga urinmaydi. “Hech narsa qilmasam = xato ham qilmayman” degan fikrlash paydo bo’ladi. “U hech narsa qilmadi va ko’tarildi” deydiku haha

Xuddi shunday yondashuvni mag’lubiyatlarga nisbatan ham ishlatish mumkin. Agar bir odam yillar davomida g’alabaga erishib kelsayu, endi bir safar bor kuchini sarflab o’ynagan o’yinida yutkazsa, uni chetlashtirish — butun tizimga signal beradi.

Tizimni o’zgartirish o’zimizdan boshlanadi. O’zimizni o’zgartirish esa — fikrlashdan.

#kitob / @thinkwithMirro
👍18🔥53
Bugun umuman ishlamadim

Ertalabdan maktabga trening o’tishga bordim. Kuratorlarga mijozlar bilan to’g’ri kommunikatsiya qilish haqida taqdimot o’tdik.

Keyin filial direktori bilan marketing darslarimizni qanday qilib amaliyotga bog’lash haqida suhbatlashib, fikr almashdik. Ha, men maktabda katta sinflarga dars o’tyapman ;)

Orada Mirjalol bilan maktab fasadini bezatish va bog’cha haqidagi masalalarni ko’rib chiqdik.

Keyin Executive jamoa bilan birga tushlik qildik — 2027-yilga rejalar, safar va boshqa masalalarda suhbatlashdik.

Ofisda dizaynerimiz bilan kichik 1:1 qildik — karyeradagi rejalar, kurs va rivojlanish bo’yicha suhbatlashdik.

Orada Telegramda yozishmalar, tahlillar ko’rish, kitob o’qish va hk ishlar ham bo’ldi, albatta.

Lekin o’tirib, uzoq vaqt oladigan tayinli ish qilmadim.

Qilmadim deb o’ylagandim. Keyin bilsam “menejerning ishi 80% suhbatdan iborat ekan”.

Menejer ishni jamoasi yordamida qiladigan odam. Albatta uni ham asosiy ishlari bor — strategiya tuzish, uzoq muddatli rejalar qilish, jamoa kayfiyati va energiyasini boshqarish. Mana shu asosiy ishlar — suhbat bilan bitadi.

Bizga yuqoridagilarni o’rgatgan Abdulloh Shamsutdinov boshqaruv bo’yicha kurs boshlayptilar. Biz tajriba maydonida o’rganganlarimizni siz bir tizimga solingan darslik sifatida o’rganishingiz mumkin.

Bosinglar:
https://t.iss.one/boshqaruvchiga/185

#kurs / @thinkwithMirro
13👍6🔥5
@rahimovschool Lokomotiv filialimizga event menejer/mobilograf kerak

Portfolio + 1 daqiqa o’zingizni maqtab bu yerga yuboring: @mirro_bro

Oylik 7mln dan boshlanadi
😁20👍5🔥5
Ayrim mahal klientlar ofisga kelib, birgalikda ishlaymiz. Bu safar Mirafzal keldi. Rahimov School kommunikatsiyasi ustida biroz shtorminglar, rejalar qildik.

@otabeksharapov — dangasa tadbirkor va kreativ rais
29👍4🔥1