Eski “men”
Kanalda postlar kamligidan shikoyat qilishdi. To’g’ri. Bunga bir necha sabablar bor. Bittasi bilan bo’lishmoqchiman.
Yaqinda kanaldagi eski postlarni ko’rib chiqdim. Deyarli hammasini o’qib kulgim keldi. “Yosh va ahmoq bo’lgan ekansan” deb)
Facebook’da yuqori tizimlarni tanqid qilib yozgan postlarim bor ekan. Kulib qo’ydim.
Ish guruhlaridagi chatlarni titkiladim. 1 yil oldin, hatto 6 oy oldingi “o’zim” o’zimga yoqmay qoldi.
Miyada majlis boshlanib, “Shu gapni to’g’riroq gapirish mumkinmidi?”, “Bu masalani shaxsiy chatda hal qilish mumkinmidi?” kabi fidbeklar kela boshladi. O’zimga. O’zimdan.
Keyin Ray Dalio’ning gaplari esimga tushdi.
Bahona topildi. Demak progress bor)
Saved message’da 100 ga yaqin blog heshtegi bilan qoralama postlar yozib qo’yganman. Ayrimlari dunyo yuzini ko’rmasa ham kerak. Chunki endi fikrim o’zgardi.
Umuman, 30-40 yoshgacha biror mavzuda qat’iy fikrda turish to’g’ri bo’lmasa kerak. Chunki yoshmiz, qon qaynagan, ma’lumot ko’p, fikrimizga ta’sir qiluvchilar ko’p, tajriba esa kam.
Shu yoshlargacha, va o’zi idealda umr bo’yi “men bilmayman, chunki o’zim o’rganuvchiman” falsafasida hayot kechirish eng to’g’ri yo’l bo’lsa kerak.
Postlar shuning uchun kam. Filtr yuqori.
Lekin bu hozirgi fikrim. Keyinchalik o’zgarishi mumkin ;)
#fikr / @thinkwithMirro

Agar siz bir yil oldingi o’zingizga qarab, “Ha, juda ahmoq bo’lgan ekansanda” deyolmasangiz, demak oxirgi yilda ko’p narsa o’rganmapsiz.
Bahona topildi. Demak progress bor)
Saved message’da 100 ga yaqin blog heshtegi bilan qoralama postlar yozib qo’yganman. Ayrimlari dunyo yuzini ko’rmasa ham kerak. Chunki endi fikrim o’zgardi.
Umuman, 30-40 yoshgacha biror mavzuda qat’iy fikrda turish to’g’ri bo’lmasa kerak. Chunki yoshmiz, qon qaynagan, ma’lumot ko’p, fikrimizga ta’sir qiluvchilar ko’p, tajriba esa kam.
Shu yoshlargacha, va o’zi idealda umr bo’yi “men bilmayman, chunki o’zim o’rganuvchiman” falsafasida hayot kechirish eng to’g’ri yo’l bo’lsa kerak.
Postlar shuning uchun kam. Filtr yuqori.
Lekin bu hozirgi fikrim. Keyinchalik o’zgarishi mumkin ;)
#fikr / @thinkwithMirro
👍33🔥5❤4
Zomin 2025
Oldingi yil Zominda yugurgan edik. Birinchi marafon, 2K ;)
Undan keyin yugurish va marafonlarga qiziqish ortib, Buxoro, Samarqandga ham borib keldik. Endi 10K yuguramiz.
14-15-iyun kunlari Zominda bo'lamiz. Ko'rishib qolsak HEY devoringlar ;)
#marafon / @thinkwithMirro

👍11❤6🔥1
Doim yosh ko’rinish siri
Ha bu klikbeyt sarlavha, lekin postda shu haqida gaplashamiz.
Avtobusda bir aka bilan suhbatlashib qoldik. Muammolari, boshidan kechirgan og’ir kunlari va hayot ularga naqadar beshavqat bo’lgani haqida aytib berdilar. Oxirgi o’qigan kitoblari haqida so’raganimda aytarli javob ololmadim. Yoshlarini so’rasam, mendan 1 yosh katta ekanlar xolos.
Yaqinda kursdoshimni to’yiga bordim. Eski qadrdonlar bilan suhbatlashdik. Bir do’stimiz nolib qoldi. Hayot qanchalar qiyinlashib ketgani, hukumat yetarlicha sharoit yaratib bermayotgani, jarima va soliqlar haqida chuqur qayg’ularini izhor qildi. Oxirgi paytlarda nima yangiliklar o’rganayotgani haqida so’raganimda dadil javob ololmadim. Yoshimiz teng, lekin juda qarib ketgandek tuyuldi.
Bir qo’shni akamiz bor, 3 ta farzandli. Katta farzandlari maktabni bitiray deyapti. Doim nimadir yangi narsa o’rganib yuradilar. Ishlariga yangilik kiritishga intiladilar. Qiziqib yoshlarini so’radim, 40 ga yaqinlashib qolibdilar. Men ularni 30 atrofi deb yurarkanman. Juda yosh ko’rinadilar.
@RahimovSchool jamoamizda ham 30 ni qarshilaganlar bor. Doim kitob o’qiydiganlari, yangilik qidirib, izlanib yuradiganlari negadir yosh ko’rinaveradi.
Ularning hayotlari haqida so’rayman. Ko’p qiyinchiliklarni boshdan o’tkazishgan — birov aldab ketgan, mol-mulklaridan ayrilishgan, hayotlari o’xshamagan yoki yana qandaydir musibatlar. Lekin ular qarishmagan, negadir yosh ko’rinishadi.
Qari ko’rinadiganlarni bir narsa bog’lab turar ekan — o’z fikrida qat’iy qolish, yangilik o’rganmaslik va aybni atrofdan qidirish. Ha, bir emas 3 narsa ekan ;)
Yoshiga nisbatan yosh ko’rinadiganlarda shuning aksi — doim yangilik o’rganish, yangi fikrlarga ochiqlik va “men bilan sodir bo’layotgan barcha narsaga yagona aybdor o’zimman” yondashuvi bilan hayot kechirish.
Albatta yosh ko’rinishda sog’lom ovqatlanish, sport bilan doimiy shug’ullanish va zararli odatlardan voz kechishning o’rni katta.
Lekin ushbularni amalga oshirish uchun ham fikrlarga ochiqlik, yangilik o’rganish va aybni o’zidan qidirish kerak bo’ladi ))
#yoshlik / @thinkwithMirro

🔥18👍5❤1😁1
Mehmondo’st xalq
Poezdda qiziq ishlar bo’ladi. Do’stlarimiz va ishimiz Farg’onada bo’lgani uchun vodiy tomonlarga ko’p borib turamiz.
Samalyot va mashinada yurish o’z yo’liga, lekin poezd — boshqacha bir romantika. Uzun tafakkur qilib, biroz uxlab, kitob o’qib, blog yozgandek bo’lib, yo’l-yo’lakay ayrim ishlarni bitirib bo’lganingizdan keyin ham manzilgacha yana 3 soat qolgan bo’ladi.
Bu matnni “What I Talk About When I Talk about Running” kitobini o’qib yozyapman. Bu kitobni rasmiy poezd kitobi deb nomlasam ham bo’ladi. Uch oy oldin Marg’ilondan qaytayotganda “free template” olgandim. Yigirmanchi betdan so’ng pul so’radi. Yopib qo’ydim. Bir oycha avval yana poezdda ochdim. Pul to’lab sotib oldim. Yana o’qib yopib qo’ydim. Mana bugun ham dovonga yaqinlashib internet o’chgan paytda kitobni ochyapman.
Haruki Murakami o’zining qanday qilib roman yozishga qaror qilganini gapirib meni ham matn yozishga ilhomlantirdi. Haruki — kitob muallifi.
Lekin matn bu haqida emas.
Qo’qon bekatiga yetib kelganimizda bir guruh sayyohlar poezdga chiqishdi. Ispanchada bir nimalar deb o’rindiqlarga joylashishdi. Yoshlari kattaroq, lekin buvi-do’dalar emas. Oldinlari aksariyat turistlar 50 dan keyin O’zbekistonga kelishar edi. Bular 30-40 atroflaridek ko’rindi. Turistlar yosharyapti. Bu yaxshi.
Ular o’z joylariga o’rnashishdiyu, vagonda qandaydir muammolar chiqishni boshladi. To konditsioner yaxshi sovutmayapti deyishdi, yana biri o’rindiqdagi “choy qo’ygichlar” ishlamayapti deydi. O’zimiznikilar poezdda eng past kutuv bilan ketishayotgan va “barcha sharoit o’zi shunday bo’lishi kerak” degan xulosaga kelib bo’lgan bir paytda, bular qandaydir kichik narsalardan xato topsa-ya?
Vagon nazoratchilari ham odatdagidan muloyimroq, xizmatga shayroqdekmi?!
Bir payt “O’zTemirYo’llari sifat nazorati va auditi” bo’limidanman deb 2 kishi vagonga kirib keldi. Sifat nazorati? Audit? 3 yildan beri poezdda yurib biron marta bunday odamlar borligiga guvoh bo’lmagan edim.
Ular sayyohlar bilan biroz gaplashgandek bo’lib nimadirlarni hal qilishdi, ayrim o’zbeklarni biletlarini ham tekshirishdi. Vagon nazoratchilariga qandaydir topshiriqlar berib, sayyohlarga “Bye-bye” deb chiqib ketishdi.
Keyin o’ylab qoldim — bu turistlarga shunday muomalami yoki o’zimizda ham muammo chiqsa audit jamoasi kelarmidi? Bilmadim. Lekin mehmonlarga bizda doim qandaydir sergaklik bor.
Mehmondo’st xalqmizda ;)
Bu postni xulosasi yo’q. Bu shunchaki fikrlar.
Sizda ham fikrlar bo’lsa yozing👇
#sayohat / @thinkwithMirro

🔥7😁4👍3❤1
Bunday imkoniyat boshqa bo’lmaydi
@RahimovSchool Ibn Sino filiali ochilishiga ko’ngillilar izlayapmiz!
Bizga bugun 1-sentyabrdan boshlab 4-sentyabrgacha yelkadoshlar kerak bo'ladi
💼 Volontyorlar nima ishlar qilishi mumkin:
• parta, stol-stul tashish
• ochilishda mehmonlarga yo’l ko’rsatib turish (qizlar)
• tozalash ishlari
yana bo’lsa qo’shamiz
🔥 Biz nima beramiz:
• yaxshi jamoaviy muhit, yangi do'stlar
• tushlik, suv va boshqa yeb-icharlar🥗
• keyinchalik jamoaga qo'shilish imkoniyati
• Aziz Rahimov imzosi tushirilgan sertifikat✍️
• Parallel Muhitga 1 oylik obuna ⭐
📍 Manzil: Toshkent, Ibn Sino mavzesi — joylashuv
Sizga qiziq bo’lsa guruhga qo’shiling:
👉 https://t.iss.one/+o-inmrOO3XczODBi
@RahimovSchool Ibn Sino filiali ochilishiga ko’ngillilar izlayapmiz!
Bizga bugun 1-sentyabrdan boshlab 4-sentyabrgacha yelkadoshlar kerak bo'ladi
💼 Volontyorlar nima ishlar qilishi mumkin:
• parta, stol-stul tashish
• ochilishda mehmonlarga yo’l ko’rsatib turish (qizlar)
• tozalash ishlari
yana bo’lsa qo’shamiz
🔥 Biz nima beramiz:
• yaxshi jamoaviy muhit, yangi do'stlar
• tushlik, suv va boshqa yeb-icharlar
• keyinchalik jamoaga qo'shilish imkoniyati
• Aziz Rahimov imzosi tushirilgan sertifikat
• Parallel Muhitga 1 oylik obuna ⭐
📍 Manzil: Toshkent, Ibn Sino mavzesi — joylashuv
Sizga qiziq bo’lsa guruhga qo’shiling:
👉 https://t.iss.one/+o-inmrOO3XczODBi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍4👎4❤1
Think with Mirro
Bunday imkoniyat boshqa bo’lmaydi @RahimovSchool Ibn Sino filiali ochilishiga ko’ngillilar izlayapmiz! Bizga bugun 1-sentyabrdan boshlab 4-sentyabrgacha yelkadoshlar kerak bo'ladi 💼 Volontyorlar nima ishlar qilishi mumkin: • parta, stol-stul tashish •…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Volontyorlardan kelgan xabarlar
Biz Ibn Sino filialimizni ochib oldik ;) Barcha sababchilarga katta rahmat!
“Biz birgalikda kuchmiz, Birlashsak Vatanmiz!” deb nomlangan bannerni ko’rgandim. Haha. Esga tushib qoldi.
#hashar2025 / @thinkwithMirro

👍13🔥3❤2😁1
10👍15❤2🔥2😁1
Sayohat qiling, sog’lom bo’lasiz
1 haftalik safarda bo’ldik. Turkiyada. Istanbulda bo’ldik, dengiz ko’rdik. Turklar bilan yarim o’zbekcha yarim turkchada gaplashdik. 500 yillik masjidlarni ko’rdik. Qadrdonlar bilan ko’rishdik. Mushuklarni semizligini ko’rib o’zimizdagilarga rahmimiz keldi. Istanbul turbandliklarida qoldik.
Paromda shaharning u tumanidan bu tumaniga suzdik. Parom — ular uchun oddiy transport vositasi. Biz uchun esa — sayohatdek gap. Galata’ga chiqdik. San Sebastian yedik (marketing qurbonlari. Haha). Orolga bordik. Biz Qora dengiz deb o’ylayotgan oxiri yo’q dengiz — bu shunchaki Marmara dengizi ekan. Qora dengiz qanchalar katta ekan?
Bu galgi safar oldingilaridan ancha sekin, xotirjam va shoshilishlarsiz o’tdi. Internetdagi vaximali gaplarning hech biriga duch kelmadik — aldoqchi taksistlar, xavfli massivlar, qattiqqo’l polislar — bular bizni chetlab o’tdi. Yoki o’zi hammani chetlab o’tadi, shunchaki blogerlar bo’rttiradi. Hayp kerakda.
Toshkentga qaytganimizga bir hafta bo’ldi. Safardan nimalar oldim degan savolga endi javob topgandekman.
Yuqoridagi tajribalardan tashqari eng muhim narsa — miyani bo’shatib, xuddi start chizig’iga yangi kelgandek bo’ldim.
Xuddi oldingi ishlar unutilgan, miyani band qilgan muammolar yoqolgan. Kayfiyat xuddi birinchi kursga qabul qilingan talabaning Sentyabrda ilk darslarini boshlanishiga o’xshaydi. Fresh.
Rejalar, g’oyalar ko’p. Qiladigan ishlarimiz talaygina. Muhimi — ishlarni qilishga endi yangi kuch bor.
Sayohat qiling. Safarlarga chiqing. Balki to’siqlar faqat miyadadir?

❤12👍10🔥8