This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Zomin taasurotlari
Zomin shahardan Zomin tog’larigacha xuddi Toshkentdan Chorvoqqacha yo’lga o’xshaydi. 1 soatlarda yetib olsa bo'larkan.
Havo toza, yo’llar yaxshi, odamlar tetik.
Yangi kanat yo’li qurilibdi. Tog’lar osha 2KM atrofida yuradi. 100K dan bir tomonga. Tepaga chiqib, shisha-ko’prikdan o’tdik. Ekstrim. —100K.
Marafon bo’ladigan joyni ko’rib qaytdik.
Shaharda Islomjonlarni uyiga kelib joylashdik. Kamyuniti effekt ishladi ;) Topishga yordam berganlarga katta rahmat!
Zomin shahri kichik va shinam ekan. Shahar uchun kerakli barcha narsa 2KM radiusda joylashgan: bozor, maktab, masjid, park va Korzinka)
Kechga uxlab, probkalar boshlanmasin deb ertalab saharga tog’ga yo’lga chiqdik.
Havo kechagidan ham tozaroq, musafforoqdek.
Marafon joyiga borib atrofni ko’zdan kechirdik. Mashina ko’payib ketibdi. 7:00 da 50K masofaga start berildi.
Biz esa mashinani sal qoyaroq joyga olib chiqib biroz mizg’ib oldik.
1 soatcha uxlab marafonga tayyorlanishni boshladik. Yugurishdan oldin suv ichish, 24 soat oldin og’ir ovqat yeyish, 48 soat oldin go’sht yeyishni tavsiya qilishmadi. Shunga shunchaki olma yeb, chigalyozdi mashqlarni bajarib oldik.
———
Zaamin Ultra marafondan ko’ra ko’proq brendlar uchun reklama platformasiga o’xshaydi ;))
Korzinka, TBC, AVO, MobiUZ, Uzcard, Cambridge, Kapitalbank, OQ, qora, sariq va yana allaqanday brendlar))
Rahimov School’ni ham reklama qilib keldim, futbolkani kiyib)
Keyin yugurishga birma-bir start berildi:
10:00 — 21K
10:10 — 10K
10:20 — 2K
Startni ham juda yaxshi o’ylashibdi. Feyrverklar otildi. Vayb zo’r.
Muhammadjon aka 10K ga kettilar. Men esa yillar davomida juda qattiq tayyorlangan 841 ta havaskor bilan 2K ga yugurishni boshladim. Haha.
Qiya tog’, odam ko’p. Oldinga 10 tacha odam o’tib ketdi. Olomon birin ketin sekinlashishni, yurishni, o’tirib olishni, selfi tushib orqaga qaytishni boshladi) Shu joyda oxiriga borolmasam kerak, qachon kelarkin 1K deb turuvdim Korzinka’chilar barabanlar bilan kutib olishdi. 1K joyda belgi qo’yilgan, o’sha yerdan orqaga qaytilsa 1+1=2K bo’ladi.
Motivatsiya xuddi 2-nafas ochilgandek ochildi. Tezda burilib orqaga qaytishni boshladim. Boyagi qiya tog’ endi oyoqlarga foydaga ishlayapti. Yugurib-yugurib finishga ham kelib qo’ydik. Mendan oldin 19 kishi kelibdi, men 20- bo’lib keldim. 2KM 12:35 daqiqada. Birinchi safar uchun natija kutganimdan ancha yaxshi.
Kutib olishda medal taqishdi. Rasmga olishdi. Va Korzinka’dan ichiga yong’oq, olxo’ri va boshqa yeguliklar solingan paketcha berishdi. Rahmat deb biroz nafasni rostlab oldik.
Gravirovka qilib medalga ismimizni yozdirish uchun borgandik, navbat ko'p ekan. Shaharda qildirarmiz deb sekin ko'ch-ko'ronimizni yeg'ishtirib uyga yo'l oldik.
———
Umuman olganda, Zomin menga yoqdi. Marafon yoqdi. Vayb yoqdi. Odamlar yoqdi. Hammasi zo'r.
Hozir har kuni ertalab 2KM dan yuguryapmiz. Avgustda bo'ladigan marafonda 10KM'ga qatnashamiz inshaAlloh.
#zomin / @thinkwithMirro

Marketingda shogirdlik
Tushuntirishga vaqt yo'q. @RahimovSchool marketing jamoamizga shijoatli, kreativ, ishlarni tez va sifatli bajara oladigan mehnatkash odam izlayapmiz.
Evaziga Aziz Rahimov boshchiligidagi katta va ahil jamoada ishlash, ta'limga hissa qo'shish va marketing darslarida o'tilmaydigan tajribalarga ega bo'lish imkoniyatini beramiz.
Kofe, choy, kulerda suv va bir mahal ovqat – bonus. Oylik ham beramiz, qo’rqmang)
Agar sizda biznes fikrlash, muammolarga imkoniyat sifatida qaraydigan tafakkur va marketing/biznesda kichik bo'lsa ham tajriba bo'lsa, ushbu vakansiya aynan siz uchun.
Qisqa formani to'ldirib, karyerangizda hoziroq muhim burilish qiling!
🟢 https://bit.ly/marketing-jonu-dilim
#ish / @thinkwithMirro

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'ngillilar kerak
Esingizda bo'lsa oldingi yil shu paytlarda volontyorlarni izlagan edik
O'sha paytda so'rovimizga "labbay" deb kelgan volontyorlar keyinchalik jamoamizning qabul bo'limida, ma'muriy bo'lim va tarbiya bo'limlarida ishlashdi.
Hozir ham sizda shunday takrorlanmas imkoniyat bor.
🟢 Maktabni ochishga tayyorlash uchun bizga 4-5 kishi kerak. Qilinadigan asosiy ishlar: tashkiliy, yugur-yugur, biroz brainstorming ishlari.
• Evaziga bepul tushlik, zo'r muhit, yangi do'stlar, jamoada qolish imkoniyatini beramiz.
🟢 Ariza topshiring:
https://bit.ly/rs-volontyorlar
Ish oflayn, maktab binosida bo'lib o'tadi
#ish / @thinkwithMirro
Esingizda bo'lsa oldingi yil shu paytlarda volontyorlarni izlagan edik
O'sha paytda so'rovimizga "labbay" deb kelgan volontyorlar keyinchalik jamoamizning qabul bo'limida, ma'muriy bo'lim va tarbiya bo'limlarida ishlashdi.
Hozir ham sizda shunday takrorlanmas imkoniyat bor.
• Evaziga bepul tushlik, zo'r muhit, yangi do'stlar, jamoada qolish imkoniyatini beramiz.
https://bit.ly/rs-volontyorlar
Ish oflayn, maktab binosida bo'lib o'tadi
#ish / @thinkwithMirro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Shaxsiy brend
Bugun TAF!24 da bo’ldik. Aytgancha, 605 Agency yil agentligi bo’ldi. Tabriklayman!
—
Leksiyalarning birida Belissimo Pizza CMO’si chiqdi. Akani ismlari Sayyid ekan. Shuni ham rasmni ochib bildim. Haha. Nima deganlarini esa eslolmayman.
Lekin Belissimo Pizza’ni ko’p ishlarini bilaman.
Restoranlardagi dizaynlar. Trend reklamalar. Chet el kreativshiklari bilan ishlashi. Rebrendinglari. Red Jolborsda qatnashishlari. Mitti Vine bilan chiqishlar. Qizil brend. Kreativ g’oyalar. Doim o’suvchi.
Qisqa aytganda — havas qilarli brend.
Va menda doim bir savol bo’lardi — kim shuncha ishni qilar ekan-a? Marketologlari yaxshi ishlarkan. Vauv, bu g’oyasi zo’r chiqibdi.
Biznes egasi bo’lganimda albatta Belissimo’dan maslahat olgan, balki marketologini “hunt” qilgan ham bo’lar edim.
Nega?
Chunki menga natija kerak. Men ham biznesimni Belissimo’dek yurg’izishni xohlayman.
Menga marketologning qanday kiyinishi, qanday mashinada yurishi yoki Dubayga sayohat qilishi qiziq emas.
Menga natija kerak.
Mana shu haqiqiy shaxsiy brend emasmi?
Siz haqingizda siz qilgan ishlar gapiradi. Sizga professional rakursdan qiziqishadi. Shaxsiyat jihatdan emas.
Sohangizda eng zo’ri bo’ling. Ishingizni bozorda eng zo’r qilib qo’ying.
Shaxsiy Instagramingiz bo’lmasa ham eshigingizni taqillatib bo’lsa ham maslahat so’rab kelishadi.
Haqiqiy shaxsiy brend shunday quriladi.
@thinkwithMirro

🔥22👍15❤9
Samarqandliklar bormi?
Bugun-erta Samarqandda bo’lamiz. Yana marafon. Yana 5K ;)
Qayerlarga borish kerak? Nimalarni ko’rish kerak?
Tripadvisor’da chiqmaydigan joylarni yuborib qo’yinglarchi)👇
#sayohat / @thinkwithMirro

👍5❤2🔥1
Najot ta’lim Samarqandda filial ochayotgan bo’lsa kerak, reklamasi chiqib qoldi ;))
#Samarqand / @thinkwithMirro
#Samarqand / @thinkwithMirro
🔥16👍9❤3
Keyin qayerga?
Agentlikda kreativ kopirayterman, daromad yaxshi, ambitsiyalar yuqori.
Kopirayting bilan birga strategiya bo’yicha ham ozma-oz ishlaymiz. Tadqiqotlar, bozor trendlari. Lekin nimadir kamdek.
O’sha paytlarda Merit maktabidan Abdulloh Shamsutdinov boshchiligida taklif tushdi.
Bosh marketolog sifatida 10+ kishilik jamoani boshqarish.
Marketingdan xabarim bor, lekin boshqaruvchi?
Boshqaruv umuman boshqa soha ekan, men sizga aytsam.
Endi oldin qilib yurgan ishlaringizni jamoaga qildirishingiz kerak. Ishlarni shunday tashkillash kerakki, jamoa o’zi xohlab qilsin, sizni darajangizdek sifatli qilishga urinsin va xato qilganda siz bemalol o’rgata oling / fidbekni qabul qilsin. Va oxirida o’zi xursand bo’lsin. Haha.
Albatta, boshida qiyin bo’ldi, lekin yaxshi mentor va o’rganishga qiziqish bo’lsa barcha narsani o’rgansa bo’ladi.
Hozir yuqoridagilarni menga o’rgatgan Abdulloh o’zlarining mentorlik kursini ochyaptilar. 3 dona joy qolibdi. Bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermagan bo’lar edim.
📌 Batafsil shu yerda
P.S. Marketing, boshqaruv va marketolog uchun karyera yo’li haqida yana batafsil suhbatlashamiz. Hozircha kursga ro’yxatdan o’tib olinglar)
#tavsiya / @thinkwithMirro

❤8🔥8👍6
Forwarded from Aziz Rahimov
Ravshan hozir o'z agentligini ochgan. Podkast qilyapti. Tadbirkorlar jamiyatini yiqqan.
Abror Umidjon Eshmuhammedov akamiz loyihalarida CEO bo'lib ishlayapti.
Rustam Registon maktablarida yangi filiallarni mustaqil ochayapti.
Abdulloh bilan maktabda sherikmiz.
Shamshod o'zining marketing agentligini boshlagan.
Jamoamizda ishlaganlar shunday tez o'sib ketadimi, yoki tez o'sadiganlarni topib olamizmi, bilmadim.
Bu o'z ichimizdan joy topib bera olmagan yigitlarimiz. O'zimizdagilar ham yaxshigina rivojlanishyapti.
Yangi loyihamiz uchun shogirdlar qidiryapmiz. Mustaqil ishlaydi. Vazifamiz faqat o’stirish. Menejerlik tajribasi bo’lishi kerak.
Qiziq bo'lsa topshirib ko'ring -> @RahimovSchool_jbot (qaynoq bo'sh ish o'rinlarini tanlang)

👍5🔥3❤2👎1
Eski “men”
Kanalda postlar kamligidan shikoyat qilishdi. To’g’ri. Bunga bir necha sabablar bor. Bittasi bilan bo’lishmoqchiman.
Yaqinda kanaldagi eski postlarni ko’rib chiqdim. Deyarli hammasini o’qib kulgim keldi. “Yosh va ahmoq bo’lgan ekansan” deb)
Facebook’da yuqori tizimlarni tanqid qilib yozgan postlarim bor ekan. Kulib qo’ydim.
Ish guruhlaridagi chatlarni titkiladim. 1 yil oldin, hatto 6 oy oldingi “o’zim” o’zimga yoqmay qoldi.
Miyada majlis boshlanib, “Shu gapni to’g’riroq gapirish mumkinmidi?”, “Bu masalani shaxsiy chatda hal qilish mumkinmidi?” kabi fidbeklar kela boshladi. O’zimga. O’zimdan.
Keyin Ray Dalio’ning gaplari esimga tushdi.
Bahona topildi. Demak progress bor)
Saved message’da 100 ga yaqin blog heshtegi bilan qoralama postlar yozib qo’yganman. Ayrimlari dunyo yuzini ko’rmasa ham kerak. Chunki endi fikrim o’zgardi.
Umuman, 30-40 yoshgacha biror mavzuda qat’iy fikrda turish to’g’ri bo’lmasa kerak. Chunki yoshmiz, qon qaynagan, ma’lumot ko’p, fikrimizga ta’sir qiluvchilar ko’p, tajriba esa kam.
Shu yoshlargacha, va o’zi idealda umr bo’yi “men bilmayman, chunki o’zim o’rganuvchiman” falsafasida hayot kechirish eng to’g’ri yo’l bo’lsa kerak.
Postlar shuning uchun kam. Filtr yuqori.
Lekin bu hozirgi fikrim. Keyinchalik o’zgarishi mumkin ;)
#fikr / @thinkwithMirro

Agar siz bir yil oldingi o’zingizga qarab, “Ha, juda ahmoq bo’lgan ekansanda” deyolmasangiz, demak oxirgi yilda ko’p narsa o’rganmapsiz.
Bahona topildi. Demak progress bor)
Saved message’da 100 ga yaqin blog heshtegi bilan qoralama postlar yozib qo’yganman. Ayrimlari dunyo yuzini ko’rmasa ham kerak. Chunki endi fikrim o’zgardi.
Umuman, 30-40 yoshgacha biror mavzuda qat’iy fikrda turish to’g’ri bo’lmasa kerak. Chunki yoshmiz, qon qaynagan, ma’lumot ko’p, fikrimizga ta’sir qiluvchilar ko’p, tajriba esa kam.
Shu yoshlargacha, va o’zi idealda umr bo’yi “men bilmayman, chunki o’zim o’rganuvchiman” falsafasida hayot kechirish eng to’g’ri yo’l bo’lsa kerak.
Postlar shuning uchun kam. Filtr yuqori.
Lekin bu hozirgi fikrim. Keyinchalik o’zgarishi mumkin ;)
#fikr / @thinkwithMirro
👍33🔥5❤4
Zomin 2025
Oldingi yil Zominda yugurgan edik. Birinchi marafon, 2K ;)
Undan keyin yugurish va marafonlarga qiziqish ortib, Buxoro, Samarqandga ham borib keldik. Endi 10K yuguramiz.
14-15-iyun kunlari Zominda bo'lamiz. Ko'rishib qolsak HEY devoringlar ;)
#marafon / @thinkwithMirro

👍11❤6🔥1
Doim yosh ko’rinish siri
Ha bu klikbeyt sarlavha, lekin postda shu haqida gaplashamiz.
Avtobusda bir aka bilan suhbatlashib qoldik. Muammolari, boshidan kechirgan og’ir kunlari va hayot ularga naqadar beshavqat bo’lgani haqida aytib berdilar. Oxirgi o’qigan kitoblari haqida so’raganimda aytarli javob ololmadim. Yoshlarini so’rasam, mendan 1 yosh katta ekanlar xolos.
Yaqinda kursdoshimni to’yiga bordim. Eski qadrdonlar bilan suhbatlashdik. Bir do’stimiz nolib qoldi. Hayot qanchalar qiyinlashib ketgani, hukumat yetarlicha sharoit yaratib bermayotgani, jarima va soliqlar haqida chuqur qayg’ularini izhor qildi. Oxirgi paytlarda nima yangiliklar o’rganayotgani haqida so’raganimda dadil javob ololmadim. Yoshimiz teng, lekin juda qarib ketgandek tuyuldi.
Bir qo’shni akamiz bor, 3 ta farzandli. Katta farzandlari maktabni bitiray deyapti. Doim nimadir yangi narsa o’rganib yuradilar. Ishlariga yangilik kiritishga intiladilar. Qiziqib yoshlarini so’radim, 40 ga yaqinlashib qolibdilar. Men ularni 30 atrofi deb yurarkanman. Juda yosh ko’rinadilar.
@RahimovSchool jamoamizda ham 30 ni qarshilaganlar bor. Doim kitob o’qiydiganlari, yangilik qidirib, izlanib yuradiganlari negadir yosh ko’rinaveradi.
Ularning hayotlari haqida so’rayman. Ko’p qiyinchiliklarni boshdan o’tkazishgan — birov aldab ketgan, mol-mulklaridan ayrilishgan, hayotlari o’xshamagan yoki yana qandaydir musibatlar. Lekin ular qarishmagan, negadir yosh ko’rinishadi.
Qari ko’rinadiganlarni bir narsa bog’lab turar ekan — o’z fikrida qat’iy qolish, yangilik o’rganmaslik va aybni atrofdan qidirish. Ha, bir emas 3 narsa ekan ;)
Yoshiga nisbatan yosh ko’rinadiganlarda shuning aksi — doim yangilik o’rganish, yangi fikrlarga ochiqlik va “men bilan sodir bo’layotgan barcha narsaga yagona aybdor o’zimman” yondashuvi bilan hayot kechirish.
Albatta yosh ko’rinishda sog’lom ovqatlanish, sport bilan doimiy shug’ullanish va zararli odatlardan voz kechishning o’rni katta.
Lekin ushbularni amalga oshirish uchun ham fikrlarga ochiqlik, yangilik o’rganish va aybni o’zidan qidirish kerak bo’ladi ))
#yoshlik / @thinkwithMirro

🔥18👍5❤1😁1