Think with Mirro
684 subscribers
178 photos
48 videos
153 links
Marketing, biznes, reklama va filosofiya (haha) bo’yicha fikrlar bilan bo’lishaman.

📩 @jmsAD
Download Telegram
(Yaxshi) marketolog — anqoning urug’i

Bozor rivojlanyapti. Har yili O’zbekiston iqtisodiyoti kamida 6% ga o’smoqda. Dunyo statistikasida ham bu juda katta o’sish hisoblanadi.

• Yaqinda O’zbekistondan birinchi yakkashox kompaniya chiqdi.

• Chet ellik kompaniyalar shu yerda ofislar ochishmoqda.

• Costa keldi, Papa Johns keldi, Uklon keldi, 1Fit keldi, Zeekr keldi, Wolt keladi yaqinda.

• Qo’shimchasiga, necha yillardan beri soyada yotgan metall, sement, quvur kompaniyalari sekin-asta yuzaga chiqib kelishmoqda. Chunki barcha sohalarda raqobat kuchayyapti.

Bu nima degani?

Bu — shu rivojlanayotgan bozorni tushunadigan “bozorchiga” talab oshib bormoqda degani.

Meni o’zimdan yaqin 2 haftada 5+ odam yaxshi marketolog so’radi.

Yaxshi marketolog ham qanday?

“Ishni yaxshi qilsin, kamida 1 yil tajribasi bo’lsin, qolganini o’rgatvolamiz.”


Ya’ni — kompaniyalar juniorsifat marketologlarga ham rozi. Kadr shunchalik kamki, kursni bitirib 10-12 oy ishlaganlarni ham olishyapti.

Bu yana nima degani?

Bu — sizda biroz farosat, biroz bilim va biroz intilish bo’lsa bas. Ish tayyor degani.

O’qing, o’rganing, tajriba orttiring. “Temka” larga chalg’imay o’z sohasini yaxshi mutaxassisi bo’ling. Bozorda talash bo’lasiz.

#bozor / @thinkwithMirro
Hafta 9 ta surat/videoda. Endi izohlar bilan ;)

• Hafta Shavkat aka Hasan bilan syomkadan boshlandi.

• Seshanba kuni Umidadan #bookclub doirasida kitob eshitdik.

• Tabiatga oid rasmlar Botanika bog’idan. Ayni hozir borishni tavsiya qilaman. Salqin. Yashil.

O’rtadagi rasm “Piyozlar Bog’i” dan, Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etilgan ekan.

Eyzenhaver matritsasi haqida ko’p eshitgandim-u lekin qo’llab ko’rmagandim. Oldingi hafta Shohruh bilan qilib ko’rdik. Yaxshi effekt berdi.

Vazifalarim ko’payib ketdi, vaqt yetmayapti desangiz shunchaki yozib varaqqa tushiring. Vazifalar uncha ko’p emasligini tushunasiz.

Do’kondan go’sht olib kelish va keyingi yil uchun marketing reja tuzish vazifasi miyada bir xil joy oladi. Shuning uchun ham kichik vazifalarni tezda tugatish yoki boshqa birovga yuklatish kerak.

#hafta / @thinkwithMirro
1
Marafonchilar bormi?😎
Kamyuniti effekti

Har safar kanalga biror vakansiya yoki yumush bilan yozsam, doim ortig’i bilan hal bo’lgan.

Bu safar ham sinab ko’ramiz ;)

Zaamin Ultra marafoniga ketyapmiz. Bir yugurib kelaylik. Marafonlarga shu videodan keyin qiziqib qolgandim va o’zimni sinab ko’rishga qaror qildim.

Boshlanishiga 2KM 🥱

Sherigimiz bor, Muhammadjon aka, Dubai marafonlarini ko’rganlar. Reja 10K 😎

1-iyun kuni ikki kishi mashinada ketyapmiz Zominga. Bizga o’sha yerda 1 kecha tunashga joy kerak. Puli to’lanadi. Shunchaki yaxshi odamlarni yaxshi joyi bo’lsa bo’ldi.

Ketishni reja qilib turgan bo’lsangiz mashinada joy bor. Sherik qilib ham olamiz ;)

To’g’ri shaxsiyga yozing: @jmsAD

Dalolat qilgan odamga ham suyunchi bor. An’anaga muvofiq 🥁 1L yog’!

Oxiri baxayr bo’lsin

#marafon / @thinkwithMirro