Think with Mirro
686 subscribers
178 photos
48 videos
153 links
Marketing, biznes, reklama va filosofiya (haha) bo’yicha fikrlar bilan bo’lishaman.

📩 @jmsAD
Download Telegram
Hovliqmang

Vaqt tez o’tyapti. Bir narsa trend bo’lib, tezda zeriktiryapti.

Iqtisodiyot rivojlanyapti, hamma biznes qilyapti.

“Ustozlar” ko’payyapti, yangi imkoniyatlar ochilyapti.

Hammasini qilib ko’rgingiz keladi. Endi bittasini boshlasangiz, yangisi, hozirgidan ham jozibadorrog’i chiqib qoladi.

Muammoni ko’rasiz. Yechimni faqat siz bera oladigandek ko’rinasiz. Butun dunyoni qutqaraman deb o’ylaysiz.

Ish almashtirasiz. Soha almashtirasiz. Davlat almashtirasiz. Muhit o’zgartirasiz.

Oxir-oqibat muammo o’zingizda ekanligini tushunib yetasiz.

Ko’p hovliqqansiz. Bir ustozni, bir ishni ushlab oxirigacha olib bormagansiz. Ildizga tushmay, yaproqlarda uchgansiz.

Hovliqmang. Xotirjam bo’ling.

Sizniki bo’lgan narsa hech qayerga ketib qolmaydi, sizniki bo’lmagani qancha urinsangiz ham qo’ldan ketadi.

@thinkwithMirro
Apple strategi bilan savol&javob

Alisher Jumaniyozov Aleksandr Popkov bilan chiroyli suhbat qilishibdi.

Sasha — TBWA/Media Arts Lab’da Apple kommunikatsiyasi bilan shug’ullangan strateg.

2020-2022-yillarda chiqgan reklamalarni shu aka qilgan.

Leksiyadan bir nechta nuktalar:

• Oldin media byudjet kimda ko’p bo’lsa shu yutib ketgan. Hozir kim auditoriya bilan yaxshi gaplashsa shu yutyapti.

• Brend va tovar belgisi boshqa-boshqa narsalar. Logotip — brend emas

• Brend bu — hikoya, odamlarning hikoyasi. Odamlar hikoyalarni eshitib unda o’zlarini ko’radilar va brendning bir qismidek his qiladilar.

• Brendni marketing jamoasi qurmaydi. Brend bu kompaniyaning ruhi, uning qarorlari. Marketing jamoasi ommaga shuni detallarga bo’lib, tushunarliroq qilib ochib beradi.

Umuman, o’zingiz ko’ring:

https://youtu.be/2Ls3nzqYVG0?si=6Uql5xk-AMuRWi4O

@thinkwithMirro
Marketingda data

Marketing bu reklama deydiganlar adashadi. Marketing = data, analitika.

• Hozirda Rahimov School maktabida 350 dan ortiq o'quvchimiz bor

• Ularning yarimidan ko'pi avgust oyida kelgan

• Ularning 65%i yaqin atrofdan, aniqrog'i 5 km radiusdan keladi

• 10% o'quvchimiz viloyatlardan kelishgan

• 10 ga yaqin o'quvchimiz tumanda joylashgan boshqa bir xalqaro xususiy maktabdan kelgan

Bu ma'lumotlar bizga tezda strategik qarorlar chiqarishga, keyingi yilga puxta tayyorgarlik ko'rishga, yangi segmentlarni topishga yordam beradi.

2 yildan beri ishlayotgan lekin aniq nechta o'quvchisi borligini bilmaydigan xususiy maktabni eshitganman. Lekin reklamasi zo'r.

–––

Datani qayerdan olamiz?

AppSheet dasturida tizim qilganmiz. Qabuldan boshlab oyliklargacha ko'rsatib turadi.

Hozir shuni qilgan do'stimiz Abdulloh Shamsutdinov onlayn kurs qilmoqdalar.

2-martdan dars boshlanadi, joylar tugayotgan ekan.

Batafsil ma'lumot bilan tanishib, kursni oling. Juda foydali bo'ladi.

#tavsiya / @thinkwithMirro
Investitsiya hozir va keyin (1-qism)

Marketingda customer buying cycle degan narsa bor.

Tarjimasi: to’lov sikli (ц deb o’qilsin ;))

Bu mijozning siz bilan kontakt ushlagan paytdan boshlab, to’lovgacha bo’lgan muddati.

Bizning maktabda bu muddat lid tushgandan boshlab 20-30 kun.

• Bugun mijoz ijtimoiy tarmoqda bizga telefon raqamini qoldirsa, odatda u bilan biz 20 kundan keyin shartnoma qilamiz.

Orada koll-markaz mijoz bilan bog’lanadi, keyin maktabga kelishadi, sinov darslariga yozilishadi va oxiri to’lov qilib shartnoma tuziladi.

Bu degani agar biz hozir reklamaga pul tiksak, natijasini kamida 30 kundan keyin ko’ramiz

Bu yana deganiki, hozir bizga kelayotgan mijozlar uchun biz kamida 30 kun oldin pul sarflaganmiz.

Shunday ekan, mijozlar oqib kelayotgan bo’lsa ham marketingga investitsiya qilishni toxtatmang ;)

Postning 2-qismida yanada kattaroq sikl haqida gaplashamiz

#marketing / @thinkwithMirro
Muhabbat

Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”ini o’qiyapman (nega oldinroq romanni bunday qiziqarli ekanini aytmagansizlar? ;))

Romanda Bobur asosiy obrazda. Muallif uning yoshligidan boshlab yurish-turishi, so’zlari va hatto o’ylarigacha tavsiflashga harakat qilgan.

Bobur yoshligidan Navoiyga muhabbat qo’ygan. Qani endi u zotdek shoir bo’lsam degan.

U zot bilan suhbatda bo’lgan kishilarni ham o’zgacha e’zozlagan.

Bobur lashkari Samarqandni 7 oy qamalda ushlab, oxiri ichkariga kirib olishdi. Bobur taxtga o’tirgandan so’ng bozor rastalarini aylanishga qaror qildi.

Qahraton qish. Yo’lboshchi qilib keksa shoir Javhariyni tayinlashdi. U kishi Alisher Navoiyning asarlarida tilga olingan, ko’p suhbatlarida bo’lgan kishi edi.

Non rastalarini aylanib turishganda novvoylarning ko’pi o’lgan, qolganlari ham lohas, non yopishga na madori, na uni borligi aniqlandi. Javhariy Boburdan shu rastalarga un berishni so’radi. Samarqandga o’zi endi kirishgan, zaxira ham ko’p emas paytlar edi. Boburning yordamchilari un o’zimizga kerak degandek qilishyapti.

Bobur esa:
… shu payt uning qora movut chakmonimi, xiyol egik yelkasimi, kalta qirqilgan soqolimi, nimasidir Boburga Navoiyning Behzod chizgan rasmini eslatdi. Bobur mavlononi noumid qilsa, Navoiyning umidini ham oqlolmaydiganday bo’ldi...


Va novvoylarga un berishga qaror qildi. Lashkarlarga esa erta-indin Jizzaxdan keladigan karvondan ajratiladigan bo’ldi.

———

Esimni taniganimdan beri Navoiy va Bobur doim birga keladi. G’azal va Ruboiylari, tug’ilgan kunlarining nishonlanishi, nutqlarda oldinma-ketin tilga olinishi va hk.

Vaholanki, ular hech qachon uchrashmagan.

Tarix esa ularni doim birga eslaydi.

Kimga muhabbat qilsang, o’sha bilan birga bo’lasan deyishgani bejiz emas.

Rasm: Rahimov School’dagi Navoiyxonlik tadbiridan

#adabiyot / @thinkwithMirro
1
Hammasi yaxshi bo’ladi!

#shaharvayblari / @thinkwithMirro
🔥1
Ramazon muborak!

Ramazonda qiladigan odatlarimizni ramazondan keyin ham davom ettirish nasib qilsin.

@thinkwithMirro
🔥1
The Copy Book

D&AD festivali tomonidan chop etilgan, dunyoning eng yaxshi ishlari jamlangan jurnal-kitob.

Ichida David Abbott, Dan Wieden kabi reklama gigantlarining ishlari, ishga bo'lgan munosabatlari va o'zlarinig kreativ jarayonlarga qanday kirishishlari 1-shaxs tomonidan aytib o'tilgan.

David Abbott o'zining ish jarayonida tadqiqotning o'rni haqida gapirib shunday deydi:
“I don’t believe you can write fluent copy if you have to interrupt yourself with research” – David Abbott


Ya'ni: "Siz matn yozish jarayonida tadqiqot bilan chalg'ib qoladigan bo'lsangiz, demak yaxshi tadqiqot qilmabsiz"

–––

Hafta davomida kitobdagi keyslardan bo'lishib, ularni sharhlashga harakat qilaman.

Izohlarda muhokama qilamiz, nima deysiz?

#kitob / @thinkwithMirro
(Yaxshi) marketolog — anqoning urug’i

Bozor rivojlanyapti. Har yili O’zbekiston iqtisodiyoti kamida 6% ga o’smoqda. Dunyo statistikasida ham bu juda katta o’sish hisoblanadi.

• Yaqinda O’zbekistondan birinchi yakkashox kompaniya chiqdi.

• Chet ellik kompaniyalar shu yerda ofislar ochishmoqda.

• Costa keldi, Papa Johns keldi, Uklon keldi, 1Fit keldi, Zeekr keldi, Wolt keladi yaqinda.

• Qo’shimchasiga, necha yillardan beri soyada yotgan metall, sement, quvur kompaniyalari sekin-asta yuzaga chiqib kelishmoqda. Chunki barcha sohalarda raqobat kuchayyapti.

Bu nima degani?

Bu — shu rivojlanayotgan bozorni tushunadigan “bozorchiga” talab oshib bormoqda degani.

Meni o’zimdan yaqin 2 haftada 5+ odam yaxshi marketolog so’radi.

Yaxshi marketolog ham qanday?

“Ishni yaxshi qilsin, kamida 1 yil tajribasi bo’lsin, qolganini o’rgatvolamiz.”


Ya’ni — kompaniyalar juniorsifat marketologlarga ham rozi. Kadr shunchalik kamki, kursni bitirib 10-12 oy ishlaganlarni ham olishyapti.

Bu yana nima degani?

Bu — sizda biroz farosat, biroz bilim va biroz intilish bo’lsa bas. Ish tayyor degani.

O’qing, o’rganing, tajriba orttiring. “Temka” larga chalg’imay o’z sohasini yaxshi mutaxassisi bo’ling. Bozorda talash bo’lasiz.

#bozor / @thinkwithMirro