Xo'sh, gap qanday kurs haqida ketyapti?
Kurs — Laba/elvtr kompaniyasi tomonidan o'tkazilayotgan Marketing Direktor kursi.
Ustoz — Guilherme Miguel, LinkedIn'da "Consumer Marketing Director" lavozimida ishlaydi
Xulosalar qanday?
Hozircha kursga xulosa berishga vaqtli. Lekin tashkillashtirishga 5 baho.
Kursga bir oycha oldin yozilgandim. 10 kun oldin pochtamga kurs tafsilotlari, "Welcome meeting" uchun havola va Google Classroom'ga qo'shilishga taklif keldi.
Bir haftadan beri 2-3 marta telefon qilishdi. Ololmadim. Email yozishgan ekan, ko'rmapman. SMS yozishdi.
Umuman, kursda qatnashib darsga kelishimni va yaxshi taassurot bilan ketishimni ular ko'proq xohlashyapti haha.
Kurs onlayn bo'lib, barcha materiallar Google Classroom'da yuritiladi, muhokama Discord'da bo'ladi va har hafta 2 kun Zoom'da jonli dars bo'lib o'tadi.
Kurs davomida 6 ta kurs ishi beriladi va 80 balldan yuqori to'plaganlar sertifikat topshiriladi.
Yuqorida ayrim skrinshotlar bilan bo'lishdim. Keyinroq birinchi darsdan olingan xulosalarni yozaman.
O'qiymiz endi, dars qilamiz ;)
#education / @thinkwithMirro

👍15
Forwarded from Think with Mirro
Alifbo reimagined
o' ni õ, g' ni ğ qilgan bilan kitoblar qisqarib, qollar kamroq ogrib, kozlar kamroq charchaydi deb oylamayman
Shunchaki o' larni o, g' larni g sifatida yozsak-chi? Keyin kitoblarda aynan qaysidir sozni talaffuzi "o' yoki oddiy o" deb tushuntirib ketamiz.
Ingliz tilida ham taxminan shunday. Masalan: Moses, soulmate, nitro kabi sozlarda o yoziladi, lekin o' oqiladi.
Meni gapimni kim ham bir tiyinga olardi, lekin yaxshi fikr-a, nima deysiz? 😂
P.S. yuqoridagi gaplarni siz o sifatida oqidingizmi yoki o'? (u yerda belgi ishlatilmadi, sezgan bolsangiz)
🇺🇿 #thoughts / @thinkwithMirro

👍4
Alifbo haqida ikki yil oldin shunday o'ylar bo'lgan ekan. Hozirchi?
Hozir nima qilishsa qilishsin, faqat qilishsin deyman ;)
Kitoblarni ham qayta chiqarish shart emas, sekin-sekin adaptatsiya bo'laveradi.
Bizda o'zi (o'zbek, MDH davlatlarida) yangiliklarni salbiy qabul qilish kasalligi bor.
Darhol negativ, ustidan kulishlar va boshqa jarayonga hech qanday vazn qo'shmaydigan gap-so'z ko'payib ketadi.
Shunchaki take it easy and just do it.
#alifbo / @thinkwithMirro

👍5🔥2
Forwarded from Bahodir | Telegram Ads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kopirayting hech qachon matnlar haqidagi kasb bo‘lmagan.
Bundan deyarli yuz yil avval — uzooooq 1938-yilda Volkswagen kompaniyasi kichik, ko‘rimsiz avtomobil ishlab chiqaradi va uni Amerika bozorida sotishi kerak bo‘ladi.
Amerikada o‘sha damlar hamma katta-katta, baland ovozli, litrlab benzin ichvoradigan «erkakcha» mashinalar yaxshi ketardi.
Hozirgiga o‘xshab hech kim ekologiya, tabiat, ozon qatlami degan keraksiz atamalarga vaqt sarflamagan.
Xullas, Amerika bozorida nemislarning oddiygina mashinasiga non bo‘lmagan. Shunda nemislar Doyle Dane Bernbach (DDB) agentligidagi reklamachilarni oldiga kelib, ularning xizmatlarini sotib olishadi.
Endi tasavvur qiling, oldingizga ko‘pchilik yomon ko‘radigan nemislar keldi, yurtingizga umuman to‘g‘ri kelmaydigan mahsulotni reklama qilish kerak. Ustiga ustak, mahsulotning eeeng zo‘r afzalligi — uni kichkinaligi. Rasvo, koroche.
Shunaqa kulgili vaziyatda nimayam qilsa bo‘ladi?
DDB o‘shanda minusni plyusga aylantirgan — kichkina mashina kam benzin yeydi, kichkina mashina olsangiz, uni oldida uyingiz bahaybat ko‘rinadi. U shu qadar kichkinaki, uning oldida hatto basketbolchi ham devdek ko‘rinadi.
Volkswagen raqobatchilar bilan kurashib vaqt yo‘qotmagan, o‘zini maqtab maqolalar yozmagan. «Biz kichkinamiz» degan oddiy g‘oya nemis mashinasini Amerika dunyosida mashhur qilgan.
Volkswagen Beetle mashinalari umuman olganda 21,5 million marta sotilgan.
Kopirayting hech qachon matnlar haqidagi kasb bo‘lmagan. G‘oya — har doim asosiysi.

👍12❤2
Lokals kreativ kopirayteri Said Nazrillayev o’zbek tilida blog ochibdilar:
@ozbekchayoz
O’zimiz yaxshi kontent ulasha olmayotganimizga yarasha, do’stlarimizni tavsiya qilamiz ;)

👍11❤2
Marketing kurs qidirayotganlar va talabalar uchun yaxshi xabar
📌 Hozir Aziz Gapparov va Otabek Sharapov ustozlar birgalikda amaliyotga asoslangan, O'zbekistonda muqobil varianti bo'lmagan marketing kurs boshlashgan.
⚡️ Standard tarifiga hozir chegirma elon qilishibdi, agar siz bu kursni bugun sotib olsangiz $799 emas $599 narx evaziga, agarda talaba bo'lsangiz $499 narx evaziga xarid qilishingiz mumkin.
Formani to'ldirsangiz, siz bilan bog'lanib to'liq ma'lumot berishadi:
👉 Formani to'ldirish

💋2❤🔥1👍1
You are what you eat [consume]
Biz nima yesak o’shamiz. Qancha sarxil ko’katlar, meva va vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilsak organizmimiz bizga shuncha rahmat aytadi.
Miyaga qabul qilinayotgan ma’lumotlar ham shunday. Qancha saviyali kontent iste’mol qilsak, sifatli kitob o’qisak, ilmli odamlar bilan suhbatda bo’lsak — miyamiz bizga rahmat aytadi. Kelajagimiz ham.
Shu kunlarda o’zim ko’rayotgan/eshitayotgan kontent bilan bo’lishaman:
• [havola] Matematika olimpiadiasi g'olibi, MIT, Berkley universitetlari bitiruvchisi bilan deyarli 4 soatlik podkast
• [havola] Xushnudbek, Otabek Bakirov va Muhrim A'zamxo'jayev bilan podkast: energetika, siyosat, jamiyat, yo'llar va boshqa mavzular
• [havola] Alisher Yelikbayev Biznestan podkastda: Alisher akani 3 yilcha oldin bitta intervyuda ko'rgandim, kuchli PR mutaxassis
• [havola] Lex Fridman va Elon Musk suhbati: Joe Rogannikiga o'xshash rang-barang emas. Balki bu podkast urush mavzusidan boshlangani uchundir. Lekin ikki mutaxassisning 2 soatlik ilmiy-ma'rifiy suhbatidan kerakli insaytlarni olish mumkin
• [havola] Kaizen "zadrot" millarder Margulan Seysembayevning hayoti, oilasi, uyi va qilgan ishlari haqida — intervyu to'la insayt
• [havola] Nima uchun #surish doim ham yomon emasligi haqida kuchli iqtisodichilar Behzod Hoshimov va Botir Qobilovning fikrlari — ilmiy bahs
• [havola] Reklama tarixi haqida 3 soatlik tahlil. Miyalar jumbushga keladi
Siz nimalar ko’ryapsiz/eshityapsiz? Izohlarda havolalarni qoldiring, muhokama qilamiz 👇
Bu rubrikani #eshit deb nomlaymiz ;)
@thinkwithMirro

Tadqiqot: pul va to’ylar
Salom do’stlar!
Biz bir loyiha uchun o’zbekistonliklarning pulga va to’ylarga bo’lgan munosabatlarini o’rganyapmiz.
Loyiha juda masshtabi yuqori bo’lishi kutilmoqda. Shunday loyihaga siz ham o’z hissangizni qo’shishga imkoniyatingiz bor ;)
Shu so’rovnomani to’ldirish kifoya:
https://forms.gle/UDL4GJh1zWMWCEzu9
Mavzuga doir qo’shimcha fikr-mulohazalar bo’lsa izohlarda yozishingiz mumkin
Rahmat!

Sarhisob va rejalar
Men qanday qilib yillik sarhisoblar va yangi yilga rejalarni hack qildim. Haha.
SMART maqsadlar, ikir-chikirigacha yozilgan rejalarga ishonmayman. Hayotingizda bo’layotgan voqealarni yarmidan ko’pini siz boshqarmaysiz, deb aytadi g’arblik tadbirkorlar. Biz musulmonlar shuni 100% deymiz ;)
Xo’p, unda nima qilish kerak?
Men yil uchun har ramazon paytida yoki kalendar yilida strategiyaga o’xshagan narsa qilaman.
Unda umumiy punktlar yozilgan bo’ladi — masalan, jismoniy holatni yaxshilash, zalga chiqish, til o’rganish, N davlatga sayohatga borish va hk.
Qachon, kim bilan, nima uchun — muhim emas.
Umumiy punktlar qayerdan olinadi?
Shu paytgacha yashalgan davrdan. Chunki hayotimiz evolyutsion — kecha nima qilganimiz, ertaga nima qilishimizni belgilab beradi.
Shunday qilib, yil uchun “koridor” chiziladi. Va bu rejaga har kuni qarab, “nima bo’lyapti ekan” deyilmaydi. Nima qilasiz stressga tushib ;)
Lekin, qandaydir muhim hayotiy qarorlar qabul qilish paytida o’sha yozilgan rejaga qarab olinadi — u ham koridordan chiqib ketmaslik, chalg’imaslik uchun.
Va yil oxirida yozilgan rejaga qarab, qanchalik to’g’ri topganimizni qarab olamiz ;)
Aksar holatda bajarilmagan punktlar — bu yoki bizga kerak bo’lmagan, yoki o’rniga yaxshirog’i berilgan, yoki hozircha vaqti bo’lmagan ishlar bo’lib chiqadi.
Hozircha vaqti bo’lmaganlarni keyingi yilga olib o’tamiz. Xayrli bo’lmaganlariga va yaxshirog’i berilganlarga rahmat aytamiz.
——
Bu bilan reja tuzish va sarhisob qilish kerak emas demoqchi emasman. Tahlil doim kerak. Lekin o’xshamay qolgan rejalar hafa bo’lishga arzimaydi. Chunki barcha ishlar ulkan reja asosida ketmoqda.
#sarhisob / @thinkwithMirro

Bu yerda Vestminsterni reklamasi juda ko’p ekan ;))
https://youtu.be/aitLkJ_VYMw?si=MFx4QuTZu2y0fWRS
#video / @thinkwithMirro

YouTube
Motivatsiya yetishmayotgan bo‘lsa SHU VIDEONI KO‘RING – Kremniy Vodiysidagi O‘zbeklar | SUBYEKTIV
Ushbu ko‘rsatuv quyidagi hamkorlarimizsiz imkonsiz bo‘lar edi:
🔥 MyTaxidan birinchi safaringiz uchun 15 000 so’mlik promokod - "SUBYEKTIV" 👉 https://bit.ly/3tMebk8
👨💻 PDP IT akademiyasi — dasturlashni qulay muhitda o‘rganing
🎯 Verifix HRM tizimi — verifix.com…

Hovliqmang
Vaqt tez o’tyapti. Bir narsa trend bo’lib, tezda zeriktiryapti.
Iqtisodiyot rivojlanyapti, hamma biznes qilyapti.
“Ustozlar” ko’payyapti, yangi imkoniyatlar ochilyapti.
Hammasini qilib ko’rgingiz keladi. Endi bittasini boshlasangiz, yangisi, hozirgidan ham jozibadorrog’i chiqib qoladi.
Muammoni ko’rasiz. Yechimni faqat siz bera oladigandek ko’rinasiz. Butun dunyoni qutqaraman deb o’ylaysiz.
Ish almashtirasiz. Soha almashtirasiz. Davlat almashtirasiz. Muhit o’zgartirasiz.
Oxir-oqibat muammo o’zingizda ekanligini tushunib yetasiz.
Ko’p hovliqqansiz. Bir ustozni, bir ishni ushlab oxirigacha olib bormagansiz. Ildizga tushmay, yaproqlarda uchgansiz.
Hovliqmang. Xotirjam bo’ling.
Sizniki bo’lgan narsa hech qayerga ketib qolmaydi, sizniki bo’lmagani qancha urinsangiz ham qo’ldan ketadi.

Apple strategi bilan savol&javob
Alisher Jumaniyozov Aleksandr Popkov bilan chiroyli suhbat qilishibdi.
Sasha — TBWA/Media Arts Lab’da Apple kommunikatsiyasi bilan shug’ullangan strateg.
2020-2022-yillarda chiqgan reklamalarni shu aka qilgan.
Leksiyadan bir nechta nuktalar:
• Oldin media byudjet kimda ko’p bo’lsa shu yutib ketgan. Hozir kim auditoriya bilan yaxshi gaplashsa shu yutyapti.
• Brend va tovar belgisi boshqa-boshqa narsalar. Logotip — brend emas
• Brend bu — hikoya, odamlarning hikoyasi. Odamlar hikoyalarni eshitib unda o’zlarini ko’radilar va brendning bir qismidek his qiladilar.
• Brendni marketing jamoasi qurmaydi. Brend bu kompaniyaning ruhi, uning qarorlari. Marketing jamoasi ommaga shuni detallarga bo’lib, tushunarliroq qilib ochib beradi.
Umuman, o’zingiz ko’ring:
https://youtu.be/2Ls3nzqYVG0?si=6Uql5xk-AMuRWi4O

Friday Talks #02: Саша Попков — экс-стратег для Apple о маркетинге, рекламе и брендах в Узбекистане
Friday Talks — беседы с интересными мне людьми о мире вокруг, устройстве общества, жизни, бизнесе, маркетинге, управлении и развитии.
Выпуск #02 с Сашей Попковым о том, зачем компаниям стратегия, как работает Apple, есть ли в Узбекистане бренды и какое будущее…

Marketingda data
Marketing bu reklama deydiganlar adashadi. Marketing = data, analitika.
• Hozirda Rahimov School maktabida 350 dan ortiq o'quvchimiz bor
• Ularning yarimidan ko'pi avgust oyida kelgan
• Ularning 65%i yaqin atrofdan, aniqrog'i 5 km radiusdan keladi
• 10% o'quvchimiz viloyatlardan kelishgan
• 10 ga yaqin o'quvchimiz tumanda joylashgan boshqa bir xalqaro xususiy maktabdan kelgan
Bu ma'lumotlar bizga tezda strategik qarorlar chiqarishga, keyingi yilga puxta tayyorgarlik ko'rishga, yangi segmentlarni topishga yordam beradi.
2 yildan beri ishlayotgan lekin aniq nechta o'quvchisi borligini bilmaydigan xususiy maktabni eshitganman. Lekin reklamasi zo'r.
–––
Datani qayerdan olamiz?
AppSheet dasturida tizim qilganmiz. Qabuldan boshlab oyliklargacha ko'rsatib turadi.
Hozir shuni qilgan do'stimiz Abdulloh Shamsutdinov onlayn kurs qilmoqdalar.
2-martdan dars boshlanadi, joylar tugayotgan ekan.
Batafsil ma'lumot bilan tanishib, kursni oling. Juda foydali bo'ladi.
#tavsiya / @thinkwithMirro

Investitsiya hozir va keyin (1-qism)
Marketingda customer buying cycle degan narsa bor.
Tarjimasi: to’lov sikli (ц deb o’qilsin ;))
Bu mijozning siz bilan kontakt ushlagan paytdan boshlab, to’lovgacha bo’lgan muddati.
Bizning maktabda bu muddat lid tushgandan boshlab 20-30 kun.
• Bugun mijoz ijtimoiy tarmoqda bizga telefon raqamini qoldirsa, odatda u bilan biz 20 kundan keyin shartnoma qilamiz.
Orada koll-markaz mijoz bilan bog’lanadi, keyin maktabga kelishadi, sinov darslariga yozilishadi va oxiri to’lov qilib shartnoma tuziladi.
Bu degani agar biz hozir reklamaga pul tiksak, natijasini kamida 30 kundan keyin ko’ramiz
Bu yana deganiki, hozir bizga kelayotgan mijozlar uchun biz kamida 30 kun oldin pul sarflaganmiz.
Shunday ekan, mijozlar oqib kelayotgan bo’lsa ham marketingga investitsiya qilishni toxtatmang ;)
Postning 2-qismida yanada kattaroq sikl haqida gaplashamiz
#marketing / @thinkwithMirro

Muhabbat
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”ini o’qiyapman (nega oldinroq romanni bunday qiziqarli ekanini aytmagansizlar? ;))
Romanda Bobur asosiy obrazda. Muallif uning yoshligidan boshlab yurish-turishi, so’zlari va hatto o’ylarigacha tavsiflashga harakat qilgan.
Bobur yoshligidan Navoiyga muhabbat qo’ygan. Qani endi u zotdek shoir bo’lsam degan.
U zot bilan suhbatda bo’lgan kishilarni ham o’zgacha e’zozlagan.
Bobur lashkari Samarqandni 7 oy qamalda ushlab, oxiri ichkariga kirib olishdi. Bobur taxtga o’tirgandan so’ng bozor rastalarini aylanishga qaror qildi.
Qahraton qish. Yo’lboshchi qilib keksa shoir Javhariyni tayinlashdi. U kishi Alisher Navoiyning asarlarida tilga olingan, ko’p suhbatlarida bo’lgan kishi edi.
Non rastalarini aylanib turishganda novvoylarning ko’pi o’lgan, qolganlari ham lohas, non yopishga na madori, na uni borligi aniqlandi. Javhariy Boburdan shu rastalarga un berishni so’radi. Samarqandga o’zi endi kirishgan, zaxira ham ko’p emas paytlar edi. Boburning yordamchilari un o’zimizga kerak degandek qilishyapti.
Bobur esa:
Va novvoylarga un berishga qaror qildi. Lashkarlarga esa erta-indin Jizzaxdan keladigan karvondan ajratiladigan bo’ldi.
———
Esimni taniganimdan beri Navoiy va Bobur doim birga keladi. G’azal va Ruboiylari, tug’ilgan kunlarining nishonlanishi, nutqlarda oldinma-ketin tilga olinishi va hk.
Vaholanki, ular hech qachon uchrashmagan.
Tarix esa ularni doim birga eslaydi.
Kimga muhabbat qilsang, o’sha bilan birga bo’lasan deyishgani bejiz emas.
Rasm: Rahimov School’dagi Navoiyxonlik tadbiridan
#adabiyot / @thinkwithMirro

… shu payt uning qora movut chakmonimi, xiyol egik yelkasimi, kalta qirqilgan soqolimi, nimasidir Boburga Navoiyning Behzod chizgan rasmini eslatdi. Bobur mavlononi noumid qilsa, Navoiyning umidini ham oqlolmaydiganday bo’ldi...

❤1