Think with Mirro
686 subscribers
178 photos
48 videos
153 links
Marketing, biznes, reklama va filosofiya (haha) bo’yicha fikrlar bilan bo’lishaman.

📩 @jmsAD
Download Telegram
🦁Охота на «Каннских львов»: зачем агентства Узбекистана участвуют в фестивале и как это влияет на их бизнес

В этом году на главный международный фестиваль рекламы свои работы отправили отечественные агентства: «Синтез», 605 Agency, Ma’no Branding, We Digital и другие.

Spot поговорил с несколькими из них о том, для чего им нужно участие, что даст победа и как обстоят дела на рынке креатива в стране.

https://www.spot.uz/ru/2023/06/14/cannes-lions/

@spotuz
👍41
Falsh

Tarmoqlarda chiroyli ko’rinishi uchun chiroyli face yollaysiz.

Kopiraytda jimjimador va nosamimiy so’zlar bilan sotishga urinasiz.

Sotuv voronkalarini tayyorlaysiz, mijozni yomon ko’rsangiz ham unga kulib turasiz.

Yasama gullardan ofisni go’zallashtirgandek bo’lasiz.

Hammasini o’z boridek emas, chiroyli va bo’yangan holda ko’rsatishga urinasiz.

Bu hozir ishlayapti, odamlar ishonyapti va sizning xaridoringizga aylanyapti.

Lekin bu bir kun tugaydi. Juda tez orada tugaydi. Falsh va bir xil “bo’yanganlik” odamlarni joniga tegishni boshlaydi.

Brendlar ularga «ЦА» deb emas, ichki kechinmalari, muammolari bor insondek muomala qilishlarini talab qilishadi. Yoki shunchaki shunday muomala qiladigan brendlar mijozlariga aylanishadi.

Bunga hozirdan tayyorlanish mumkin. Mijozingiz bilan samimiy bo’ling. Unga sizning mahsulot hozir kerak bo’lmasa — to’g’ridan-to’g’ri rostini ayting. Tarmoqda “face”ni emas, xodimingizni olib chiqing. Yaxshi gapira olmasa ham. Loaqal rost gapni gapiradi. Va bu qadrlanadi.

Gap isboti bilan bo’lsin:
Friends Moscow, Modulbank uchun qilgan reklama roligi — 6,5 mln ko’rishlar
Ilmiy ommabop mavzuda roliklar vlog formatida — 411k obunachi
• Aviasales’ning Rossiyadagi kommunikatsiyasi — negadir hamma shu servisni yaxshi ko’radi
Friends Moscow, Utair uchun qilgan roligi — 1 mln ko’rishlar va noneym brendni Rossiyada #2 aviabrendga aylanishi

#marketing / @thinkwithMirro
🔥10👍6💯1
Bloggers wanted

Auditoriyasi saviyali, Instagram/Youtube/Telegramda aktiv blogerlar kerak. Izohlarda sifatlilarini yozib ketinglar

Eng aktivlarga yog’ beriladi ;)

@RahimovSchool uchun qidiryapmiz

#help / @thinkwithMirro
3👍2🔥1
Kino — rejissyorning fantaziyasini ko’rish

Kitob — shaxsiy fantaziyada kino ko’rish

Ikkinchisi samaraliroq va miyaga foydaliroq

#kitob / @thinkwithMirro
👍101🔥1
Hayitlar bilan!
5🎉5👍3🔥1
Kopirayting darslari

Korzinkadan karta haqidagi xabar (rasmda) 3-4 kundan beri kelayotgandi. Yetarlicha qiziqtira olmagani uchun kirmadim.

Bugun telegramdan ham kelgan ekan, kirib ko’rsam zo’r taklif ekan — ikkinchi xaridga 3% li keshbek.

Lekin nega xabar ochilmadi?

Push xabarlarning yagona vazifasi — foydalanuvchini qiziqtirish va xabarni ochishga undash.

“Korzinka kartangiz bor-u, lekin siz undan foydalanmaysizmi? U holda buning vaqti keldi!” xabari Jeyson Steythemning iboralariga o’xshab ketadi haha — ma’nolidek ko’rinadi-yu, lekin ma’no qidirib topa olmaysiz.

Nima taklif qilasan?

Taklifni push xabarning asosiga aylantirish kerak.

“Ikkinchi xaridingizga oshirilgan 3% li keshbek beramiz. Tafsilotlar bilan ilovada tanishing.”

Bo’ldi. Yetadi.

Foydalanuvchi qiziqadi. Kiradi. Tanishadi va eslab qoladi.

SMM postlardagi sarlavha ham, Youtube cover va video nomi ham xuddi shunday ishlaydi. Bannerlar ham. TV rolikdagi ilk 3 sekund ham. Boshida e’tibor jalb qila olmadingizmi? Keyingi qadam bosilmaydi.

#kopirayting / @thinkwithMirro
👍20🔥84😐1
Yes, And

Albert Urchukov darsida yana bir zo’r narsani o’rgangan edik. “Ha, va yana” strategiyasi.

Kreativ sohada g’oyalar birinchi o’rinda. Yaxshi g’oyalar chiqishi uchun ular ko’p bo’lishi kerak. Siz 10 soat o’ylab 1 ta g’oya topganingizdan ko’ra, 1 soat 100 ta turli-tuman g’oyalarni yozib, uni saralab, eng yaxshilari bilan davom etib, sayqallaganingiz ancha effektivroq. Ancha.

1 soat 100 ta g’oya yozish uchun eng birinchi g’oya to’silmasligi muhim. 1-g’oya to’sildimi? Siz yutqazdingiz. Keyingisiga o’ta olmaysiz. Shunday qilib g’oyalar miyaning bir chekasida aylanib aylanib energiyani tamom qiladi.

Keyingi bosqichga o’tish uchun “Yes, And” qoidasini ishlatish kerak.

Masalan,
— Biz kofe mashina qilamiz
— Kofe mashina bo’lmaydi, sok mashina kerak
— Ha, u kofe mashina sutli kofe ham tayyorlay oladi
— Ha, keyin kappuchino qilib beradi
— Ha, yana ustiga malina ham qo’yib beradi va hokazo.

Oddiy kofe mashinadan boshlangan g’oya oxiri stratosferadan sigirni uloqtirishgacha borishi mumkin haha.

Qandaydir muammoni tanlab, uni shu strategiya orqali yechib ko’ring. Jamoa bilan buni sinab ko’ring. Effektini keyin aytasiz.

Yes, And haqida batafsil Forbsda o’qish mumkin.

#leadership / @thinkwithMirro
👍9🔥431
Forwarded from MM "MUFEED MOLIYA"
Bad brands focus on the marketing.

Good brands focus on the product.

Great brands focus on the customer experience.

@chiroylimoliya not my words, but true ones...the key word is "focus"
🔥8👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bollar, vakansiya!

Marketingga anchadan beri qiziqib yurgan bo'lsangiz, 1-2 kurslarni ko'rib tajriba orttirish niyatingiz bo'lsa va energiyangiz uyga sig'mayotgan bo'lsa siz bizga keraksiz.

Bizga hozir @RahimovSchool da ochilish marosimini tashkillashtirish va boshqa ishlarni yo'lga qo'yish uchun super odam kerak

Hozir aniq va'da qilinadigan ish 15-20 kunlik. Qolganini siz bilan ishlab ko'rib, muhokama qilamiz

💸 Maosh: 2.5—3 mln. so'm

——
@mirro_bro shu Telegramga 3 ta savolga javob berib dumaloq video yuboring (1 daqiqalik):

1. Kimsiz, qayerda o'qigansiz, qayerda ishlagansiz, qaysi tillarni bilasiz, qo'lingizdan nimalar keladi?

2. Nima uchun aynan sizni ishga olishimiz kerak?

3. Biznes/marketingga oid oxirgi o'qigan 3 ta kitobingiz yoki o'qigan kurslaringiz

Bosingizlar!

#vacancy / @thinkwithMirro
🔥9👍6😁31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥62
Event menejerlikka nomzodlar bugun kech 20:00 gacha qabul qilinadi, keyin shortlist qilib, suhbatga chaqiramiz

#vacancy / @thinkwithMirro
👍5
Vakansiya yopildi🎉

3 kishini shortlistga oldik

Ertaga hammaligi bilan suhbatlashamiz va 1 kishini tanlaymiz

Hammaga rahmat🙌

#vacancy / @thinkwithMirro
👍7🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dam olish kunlari dam olmaydiganlar bormi? ;)

Biz @RahimovSchool da 3-sentyabr kuni ochilish marosimi o’tkazamiz

300 dan ortiq odam kutyapmiz. Nufuzli mehmonlar, ma’ruzalar, yaxshi yeb-ichar 😅 va ekskursiya bo’ladi.

Ichkarida 10+ odam tinmay ishlayapti. Shu jamoaga qo’shilish uchun sizda boshqa takrorlanmaydigan imkoniyat bor.

Nima qilish kerak?
• Asosan yugur-yugur ishlar. Ba’zida brainstorminglar.

Qachon?
• 1-2-3-sentyabr kunlari. Qaysi kunligi va ishlash tartibini o’zingiz belgilaysiz.

Nima beramiz?
• Bepul ovqat, kuchli vayb, netvorking va boshqalar.

5-6 ta odam kerak xolos.

— O’zingiz haqingizda aytib bering: https://bit.ly/44sMkSx

#ish / @thinkwithMirro
👍10😁41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍6🐳1
Xo'sh, gap qanday kurs haqida ketyapti?

Kurs — Laba/elvtr kompaniyasi tomonidan o'tkazilayotgan Marketing Direktor kursi.

Ustoz — Guilherme Miguel, LinkedIn'da "Consumer Marketing Director" lavozimida ishlaydi

Xulosalar qanday?
Hozircha kursga xulosa berishga vaqtli. Lekin tashkillashtirishga 5 baho.

Kursga bir oycha oldin yozilgandim. 10 kun oldin pochtamga kurs tafsilotlari, "Welcome meeting" uchun havola va Google Classroom'ga qo'shilishga taklif keldi.

Bir haftadan beri 2-3 marta telefon qilishdi. Ololmadim. Email yozishgan ekan, ko'rmapman. SMS yozishdi.

Umuman, kursda qatnashib darsga kelishimni va yaxshi taassurot bilan ketishimni ular ko'proq xohlashyapti haha.

Kurs onlayn bo'lib, barcha materiallar Google Classroom'da yuritiladi, muhokama Discord'da bo'ladi va har hafta 2 kun Zoom'da jonli dars bo'lib o'tadi.

Kurs davomida 6 ta kurs ishi beriladi va 80 balldan yuqori to'plaganlar sertifikat topshiriladi.

Yuqorida ayrim skrinshotlar bilan bo'lishdim. Keyinroq birinchi darsdan olingan xulosalarni yozaman.

O'qiymiz endi, dars qilamiz ;)

#education / @thinkwithMirro
👍15