Google ham o’z chatGPT’sini taqdim qilibdi
Bard — bard.google.com
Barchaga ochiq. Bepul.
Ishlatib ko’rib fidbek yozaman. Hozircha OpenAI’nikini ishlatib ancha ishlar tezlashib ketdi.
Masalan, yaqinda 15min.agency* bilan @RahimovSchool uchun brend strategiya qildik ;) 70-80% biz xohlagan narsa chiqdi. Biroz to’g’rilab, tatbiq qilish mumkin.
*15’ Agency — GPT va 2 ta mutaxassis yordamida ishlaydigan agentlik
Oldin AI kelajakka o’xshar edi, hozir AI = hozir.
#AI / @thinkwithMirro

🎉12👍6
Farzandingiz uchun qasr kerak emas
Ota onangiz uchun ham.
Empatiya degan narsa bor — buni Alpha’dagi “Dizayn fikrlash” kursida o’rgangandik.
Marketing jihatdan asosiy ma’nosi — mijoz uchun sen kabinetingda o’tirvolib qilgan tadqiqoting bilan real hayotdagi mijozning muammosi — ikki xil dunyo bo’lib chiqishi mumkin. Ko’p hollarda shunday bo’ladi ham. Empatiya bizni mijozning etigini kiyib u yurgan yo’llardan yurishga o’rgatadi.
Agar siz yosh bolalar uchun o’yinchoq sotuvchisi bo’lsangiz, bir bolani olib o’yinchoq do’konlarni aylanib yurishingiz kerak. Agar qariyalar uchun mahsulot chiqaruvchi kompaniya bo’lsangiz, yurishga og’ir bo’lgan kiyimda, bukchayib, ko’zga xiralashtiruvchi ko’zoynakni taqib ko’chalarni aylanib ko’rishingiz kerak. Yoki shu yoshdagi odamlar bilan uzoq suhbatlar qurib og’riqlarini o’rganishingiz kerak.
“Menimcha bolalar uchun u yaxshi, qariyalar uchun bu” qabilidagi fikr — ishlamaydigan fikr. Shahardagi velosiped yo’lakchalarini eslang. Uni hech qachon velosiped minmagan odamlar loyihalashtirgan.
Yaqinda Kleyton Kristensenning “Hayot strategiyasi” kitobida xuddi shu “empatiya” amaliyotidan xabarimiz bo’lmaganidan o’z farzandimiz, turmush o’rtog’imiz, do’st yoki ota-onalarimizga ular xohlagan emas, balki o’zimiz ular xohlaydi deb o’ylagan gaplarni gapirishimiz va yumushlarni qilishimiz haqida o’qib qoldim.
Balki farzandingizga pultli mashina emas, siz bilan ko’proq vaqt o’tkazish kerakdir? Do’stingiz xohlayotgan narsa pul emas, dildan suhbat, ota-onangiz uchun dang’illama uy emas, har kuni yarim soat vaqt ajratish muhimroqdir? Ularning o’zlaridan bu haqda so’rab ko’rganmizmi?
Bilmadim. Lekin albatta so’rab ko’rishimiz kerak. Chunki ular bizning butun umrlik mijozlarimiz.
#designthinking / @thinkwithMirro

👍15🔥5❤1
Men bu bosqichdan o’tganman
Mubashshir Ahmad domlaning musiqa haqidagi gaplari diqqatimni tortdi: “yoshligimda eshitganman, hozir juda kam. Uni qalbga ta’sirini o’zimdan o’tkazib ko’rganimdan so’ng, eshitmaydigan bo’ldim va sizlarga ham tavsiya qilaman.”
Shunga o’xshash gaplarni ustozlarimiz bizga, biz o’zimizdan kichiklarga gohida aytib turamiz. “Men bu bosqichdan o’tib ko’rganman, natijasi bunday bo’ladi”
Bosqich — bu hozirgi yoki oldin bosib o’tilgan yo’l. Demak undan keyin ham yo’l bor. Yana bir daraja bor. Va yana keyingi daraja bor. Bu darajalar tugamaydi. Eng yuqori darajadaman deb o’ylaganingizda keyingi daraja ko’rsatiladi. Yaxshilab qarasangiz, unga olib boruvchi yo’l ham. Umrimiz tugaguncha xuddi shunday. Va undan keyin ham.
Buni hayotimizning barcha sohalarida: ilm, munosabatlar, karyera, taqvo va hk —hammasida ishlatsa bo’ladi.
Demak hozirgi turgan darajamizdan keyingisiga doim o’ta olamiz. Shunchaki xohish kerak. Qila olmayman deb o’ylash — o’z o’zini aldash bo’ladi. Boshqalar qilishyaptiku?! Bizdan oldin o’tganlar qilganku?! O’zimiz oldin qilganmizku axir?!
Darajamizni bilaylik. Keyingi darajani ko’ra olaylik. Yuqoriga intilishga harakat qilaylik.
Barchasi uchun Alloh bizga tavfiq bersin.
#motivation / @thinkwithMirro
Mubashshir Ahmad domlaning musiqa haqidagi gaplari diqqatimni tortdi: “yoshligimda eshitganman, hozir juda kam. Uni qalbga ta’sirini o’zimdan o’tkazib ko’rganimdan so’ng, eshitmaydigan bo’ldim va sizlarga ham tavsiya qilaman.”
Shunga o’xshash gaplarni ustozlarimiz bizga, biz o’zimizdan kichiklarga gohida aytib turamiz. “Men bu bosqichdan o’tib ko’rganman, natijasi bunday bo’ladi”
• “Musiqa eshitganman, tavsiya qilmayman” • “Maishat va o’yin-kulgiga berilgan paytlarim bo’lgan, tavsiya bermayman” • “Yoshligimda qarama-qarshi jins vakili bilan gaplashib ko’rganman, oxiri yaxshi bo’lmaydi” va hkBosqich — bu hozirgi yoki oldin bosib o’tilgan yo’l. Demak undan keyin ham yo’l bor. Yana bir daraja bor. Va yana keyingi daraja bor. Bu darajalar tugamaydi. Eng yuqori darajadaman deb o’ylaganingizda keyingi daraja ko’rsatiladi. Yaxshilab qarasangiz, unga olib boruvchi yo’l ham. Umrimiz tugaguncha xuddi shunday. Va undan keyin ham.
Buni hayotimizning barcha sohalarida: ilm, munosabatlar, karyera, taqvo va hk —hammasida ishlatsa bo’ladi.
Demak hozirgi turgan darajamizdan keyingisiga doim o’ta olamiz. Shunchaki xohish kerak. Qila olmayman deb o’ylash — o’z o’zini aldash bo’ladi. Boshqalar qilishyaptiku?! Bizdan oldin o’tganlar qilganku?! O’zimiz oldin qilganmizku axir?!
Darajamizni bilaylik. Keyingi darajani ko’ra olaylik. Yuqoriga intilishga harakat qilaylik.
Barchasi uchun Alloh bizga tavfiq bersin.
#motivation / @thinkwithMirro
👍25🔥9❤2
Forwarded from Spot.uz – бизнес и технологии
🦁Охота на «Каннских львов»: зачем агентства Узбекистана участвуют в фестивале и как это влияет на их бизнес
В этом году на главный международный фестиваль рекламы свои работы отправили отечественные агентства: «Синтез», 605 Agency, Ma’no Branding, We Digital и другие.
Spot поговорил с несколькими из них о том, для чего им нужно участие, что даст победа и как обстоят дела на рынке креатива в стране.
https://www.spot.uz/ru/2023/06/14/cannes-lions/
➖ @spotuz ➖

👍4❤1
Falsh
Tarmoqlarda chiroyli ko’rinishi uchun chiroyli face yollaysiz.
Kopiraytda jimjimador va nosamimiy so’zlar bilan sotishga urinasiz.
Sotuv voronkalarini tayyorlaysiz, mijozni yomon ko’rsangiz ham unga kulib turasiz.
Yasama gullardan ofisni go’zallashtirgandek bo’lasiz.
Hammasini o’z boridek emas, chiroyli va bo’yangan holda ko’rsatishga urinasiz.
Bu hozir ishlayapti, odamlar ishonyapti va sizning xaridoringizga aylanyapti.
Lekin bu bir kun tugaydi. Juda tez orada tugaydi. Falsh va bir xil “bo’yanganlik” odamlarni joniga tegishni boshlaydi.
Brendlar ularga «ЦА» deb emas, ichki kechinmalari, muammolari bor insondek muomala qilishlarini talab qilishadi. Yoki shunchaki shunday muomala qiladigan brendlar mijozlariga aylanishadi.
Bunga hozirdan tayyorlanish mumkin. Mijozingiz bilan samimiy bo’ling. Unga sizning mahsulot hozir kerak bo’lmasa — to’g’ridan-to’g’ri rostini ayting. Tarmoqda “face”ni emas, xodimingizni olib chiqing. Yaxshi gapira olmasa ham. Loaqal rost gapni gapiradi. Va bu qadrlanadi.
Gap isboti bilan bo’lsin:
• Friends Moscow, Modulbank uchun qilgan reklama roligi — 6,5 mln ko’rishlar
• Ilmiy ommabop mavzuda roliklar vlog formatida — 411k obunachi
• Aviasales’ning Rossiyadagi kommunikatsiyasi — negadir hamma shu servisni yaxshi ko’radi
• Friends Moscow, Utair uchun qilgan roligi — 1 mln ko’rishlar va noneym brendni Rossiyada #2 aviabrendga aylanishi
#marketing / @thinkwithMirro

🔥10👍6💯1
Bloggers wanted
Auditoriyasi saviyali, Instagram/Youtube/Telegramda aktiv blogerlar kerak. Izohlarda sifatlilarini yozib ketinglar
Eng aktivlarga yog’ beriladi ;)
@RahimovSchool uchun qidiryapmiz
#help / @thinkwithMirro

❤3👍2🔥1
Kino — rejissyorning fantaziyasini ko’rish
Kitob — shaxsiy fantaziyada kino ko’rish
Ikkinchisi samaraliroq va miyaga foydaliroq
#kitob / @thinkwithMirro

👍10❤1🔥1
Kopirayting darslari
Korzinkadan karta haqidagi xabar (rasmda) 3-4 kundan beri kelayotgandi. Yetarlicha qiziqtira olmagani uchun kirmadim.
Bugun telegramdan ham kelgan ekan, kirib ko’rsam zo’r taklif ekan — ikkinchi xaridga 3% li keshbek.
Lekin nega xabar ochilmadi?
Push xabarlarning yagona vazifasi — foydalanuvchini qiziqtirish va xabarni ochishga undash.
“Korzinka kartangiz bor-u, lekin siz undan foydalanmaysizmi? U holda buning vaqti keldi!” xabari Jeyson Steythemning iboralariga o’xshab ketadi haha — ma’nolidek ko’rinadi-yu, lekin ma’no qidirib topa olmaysiz.
Nima taklif qilasan?
Taklifni push xabarning asosiga aylantirish kerak.
“Ikkinchi xaridingizga oshirilgan 3% li keshbek beramiz. Tafsilotlar bilan ilovada tanishing.”
Bo’ldi. Yetadi.
Foydalanuvchi qiziqadi. Kiradi. Tanishadi va eslab qoladi.
SMM postlardagi sarlavha ham, Youtube cover va video nomi ham xuddi shunday ishlaydi. Bannerlar ham. TV rolikdagi ilk 3 sekund ham. Boshida e’tibor jalb qila olmadingizmi? Keyingi qadam bosilmaydi.
#kopirayting / @thinkwithMirro

👍20🔥8❤4😐1
Yes, And
Albert Urchukov darsida yana bir zo’r narsani o’rgangan edik. “Ha, va yana” strategiyasi.
Kreativ sohada g’oyalar birinchi o’rinda. Yaxshi g’oyalar chiqishi uchun ular ko’p bo’lishi kerak. Siz 10 soat o’ylab 1 ta g’oya topganingizdan ko’ra, 1 soat 100 ta turli-tuman g’oyalarni yozib, uni saralab, eng yaxshilari bilan davom etib, sayqallaganingiz ancha effektivroq. Ancha.
1 soat 100 ta g’oya yozish uchun eng birinchi g’oya to’silmasligi muhim. 1-g’oya to’sildimi? Siz yutqazdingiz. Keyingisiga o’ta olmaysiz. Shunday qilib g’oyalar miyaning bir chekasida aylanib aylanib energiyani tamom qiladi.
Keyingi bosqichga o’tish uchun “Yes, And” qoidasini ishlatish kerak.
Masalan,
— Biz kofe mashina qilamiz
— Kofe mashina bo’lmaydi, sok mashina kerak
— Ha, u kofe mashina sutli kofe ham tayyorlay oladi
— Ha, keyin kappuchino qilib beradi
— Ha, yana ustiga malina ham qo’yib beradi va hokazo.
Oddiy kofe mashinadan boshlangan g’oya oxiri stratosferadan sigirni uloqtirishgacha borishi mumkin haha.
Qandaydir muammoni tanlab, uni shu strategiya orqali yechib ko’ring. Jamoa bilan buni sinab ko’ring. Effektini keyin aytasiz.
Yes, And haqida batafsil Forbsda o’qish mumkin.
#leadership / @thinkwithMirro

👍9🔥4⚡3❤1
Forwarded from MM "MUFEED MOLIYA"
Bad brands focus on the marketing.
Good brands focus on the product.
Great brands focus on the customer experience.
@chiroylimoliya not my words, but true ones...the key word is "focus"

🔥8👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bollar, vakansiya!
Marketingga anchadan beri qiziqib yurgan bo'lsangiz, 1-2 kurslarni ko'rib tajriba orttirish niyatingiz bo'lsa va energiyangiz uyga sig'mayotgan bo'lsa siz bizga keraksiz.
Bizga hozir @RahimovSchool da ochilish marosimini tashkillashtirish va boshqa ishlarni yo'lga qo'yish uchun super odam kerak
Hozir aniq va'da qilinadigan ish 15-20 kunlik. Qolganini siz bilan ishlab ko'rib, muhokama qilamiz
💸 Maosh: 2.5—3 mln. so'm
——
@mirro_bro shu Telegramga 3 ta savolga javob berib dumaloq video yuboring (1 daqiqalik):
1. Kimsiz, qayerda o'qigansiz, qayerda ishlagansiz, qaysi tillarni bilasiz, qo'lingizdan nimalar keladi?
2. Nima uchun aynan sizni ishga olishimiz kerak?
3. Biznes/marketingga oid oxirgi o'qigan 3 ta kitobingiz yoki o'qigan kurslaringiz
Bosingizlar!
#vacancy / @thinkwithMirro

🔥9👍6😁3❤1
Event menejerlikka nomzodlar bugun kech 20:00 gacha qabul qilinadi, keyin shortlist qilib, suhbatga chaqiramiz
#vacancy / @thinkwithMirro
#vacancy / @thinkwithMirro
👍5
Vakansiya yopildi🎉
3 kishini shortlistga oldik
Ertaga hammaligi bilan suhbatlashamiz va 1 kishini tanlaymiz
Hammaga rahmat🙌
#vacancy / @thinkwithMirro
3 kishini shortlistga oldik
Ertaga hammaligi bilan suhbatlashamiz va 1 kishini tanlaymiz
Hammaga rahmat🙌
#vacancy / @thinkwithMirro
👍7🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dam olish kunlari dam olmaydiganlar bormi? ;)
Biz @RahimovSchool da 3-sentyabr kuni ochilish marosimi o’tkazamiz
300 dan ortiq odam kutyapmiz. Nufuzli mehmonlar, ma’ruzalar, yaxshi yeb-ichar 😅 va ekskursiya bo’ladi.
Ichkarida 10+ odam tinmay ishlayapti. Shu jamoaga qo’shilish uchun sizda boshqa takrorlanmaydigan imkoniyat bor.
Nima qilish kerak?
• Asosan yugur-yugur ishlar. Ba’zida brainstorminglar.
Qachon?
• 1-2-3-sentyabr kunlari. Qaysi kunligi va ishlash tartibini o’zingiz belgilaysiz.
Nima beramiz?
• Bepul ovqat, kuchli vayb, netvorking va boshqalar.
5-6 ta odam kerak xolos.
— O’zingiz haqingizda aytib bering: https://bit.ly/44sMkSx
#ish / @thinkwithMirro

👍10😁4❤1
Xo'sh, gap qanday kurs haqida ketyapti?
Kurs — Laba/elvtr kompaniyasi tomonidan o'tkazilayotgan Marketing Direktor kursi.
Ustoz — Guilherme Miguel, LinkedIn'da "Consumer Marketing Director" lavozimida ishlaydi
Xulosalar qanday?
Hozircha kursga xulosa berishga vaqtli. Lekin tashkillashtirishga 5 baho.
Kursga bir oycha oldin yozilgandim. 10 kun oldin pochtamga kurs tafsilotlari, "Welcome meeting" uchun havola va Google Classroom'ga qo'shilishga taklif keldi.
Bir haftadan beri 2-3 marta telefon qilishdi. Ololmadim. Email yozishgan ekan, ko'rmapman. SMS yozishdi.
Umuman, kursda qatnashib darsga kelishimni va yaxshi taassurot bilan ketishimni ular ko'proq xohlashyapti haha.
Kurs onlayn bo'lib, barcha materiallar Google Classroom'da yuritiladi, muhokama Discord'da bo'ladi va har hafta 2 kun Zoom'da jonli dars bo'lib o'tadi.
Kurs davomida 6 ta kurs ishi beriladi va 80 balldan yuqori to'plaganlar sertifikat topshiriladi.
Yuqorida ayrim skrinshotlar bilan bo'lishdim. Keyinroq birinchi darsdan olingan xulosalarni yozaman.
O'qiymiz endi, dars qilamiz ;)
#education / @thinkwithMirro

👍15