Ulkan reja
Meritdan ketdim. Tafsilotlar va sabablarga to’xtalmayman. Undan ham qiziqroq insayt bor.
O’ylab qarasam, har bir ishlagan joyimdan nimadir o’rgangan va har bir o’rganilgan narsa keyingi darajadagi ish uchun kalit vazifasini o’tab kelayotgan ekan.
Khan Academy — We Digital — 605 Agency — Merit.
Khan Academy — birinchi maktab. U yerda hamjamiyat, o’zbek tili rivoji uchun kurash, professional ish, knowledge-first environment, namunaviy lider va katta missiya ostida birlasha olish kabi juda muhim ko’nikmalarni qo’lga kiritdim.
Aynan o’sha yerda dinni ham yaxshiroq o’rganishni, ko’proq amal qilishni boshladim.
We Digital — work-life balance haqida o’rgandim. Ish ish bilan, ammo shaxsiy hayot va ichki munosabatlarga aralashishga hech kimning haqqi yo’q.
Aynan shu yerda din va iymon — insonning eng kuchli quroli va hammaga ham berilmaydigan ne’mat ekanligini tushundim.
605 Agency — marketing, reklama haqida 90% qattiq ko’nikmalarni (kelinglar hard skills’ni bugundan shunday nomlaymiz)) shu yerda o’rgandim. Otabek aka boshchiligida ko’p izlandik, agentliklar qanday ishlashi, yaxshi reklama qanday bo’lishi kerakligi va kreativ degan narsa dunyoni qanday o’zgartirishi mumkin ekanligini o’rgandim.
Din bu yerda hayot tarzimga aylandi. Doimiy masjidga qatnov ham shu yerdan boshlandi.
Merit — Merit yuqoridagi ko’nikmalarni 10+ kishilik jamoa va 4 ta brendda ishlatib ko’rish uchun platforma vazifasini o’tab berdi. Oddiy mutaxassisdan, jamoani boshqarishga layoqadli liderga tez fursatda sakrashga to’g’ri keldi. Shu yerda yumshoq ko’nikmalar (soft skills’ni ham shunday deymiz, nima deysizlar?) qanchalik muhim ekanligini isbotini topdim. Biznes qanday o’ylaydi, haqiqiy lider qanday bo’ladi, qanday qilib faqatgina chiroyli emas, effektiv ishlar chiqarish kerakligini ham o’rgandim. Kontaktlar ro’yxatim 100 dan ortiq “Merit” yorliqga ega kontakt bilan boyidi.
Bu yerda din bo’yicha haqiqiy ilm olishni boshladim.
——
Yuqoridagilarga tepadan nazar solganda hammasi qandaydir qonuniyat bo’yicha, barchasi katta va mukammal reja asosida ketayotganga o’xshaydi.
O’xshamaydi. Aslida xuddi shunday — hammasi reja bo’yicha ketyapti.
Tasodiflar tasodifan bo’lmaydi. Hayotda bo’layotgan barcha voqealar oldindan rejalashtirilgan ssenariy bo’yicha bormoqda.
Biz shunchaki ssenariy Muallifiga ishongan holda, izlanishda, harakatda va duoda davom etishimiz kerak. Va albatta, mana shunga o’xshagan doimiy mulohazalar bilan xatolarni qayd etib, yaxshilanib borishimiz lozim.
Xo’sh, keyingi chellenj qanday bo’larkin? Bu menga ham qiziq ;)
Hozircha qisqa ta’til va Ramazonga tayyorgarchiliklar bilan bandmiz.
#lifevents / @thinkwithMirro

👍32🔥7❤3💯3
ChatGPT-4 va umuman hozirda AI qilayotgan ishlar haqida nimalarni bilasiz?
Qanday fikrlaringiz bor?
Izohlarda fikrlar, manbalar va shu haqida havolalar bo’lsa, welcome👇
#mulohaza / @thinkwithMirro

👍6🤔1
Savobli ishning mashaqqati ketadi, savobi qoladi.
Gunoh ishning lazzati ketadi, gunohi qoladi.
(c)
#iqtibos / @thinkwithMirro

👍16❤2
O’zbek tili — yangi prestij
Rusiyzabon miya egalari o’zbekcha yozishga intilayotgani, hatto chet ellik kompaniyalar ham o’zbekzabon kopirayterlar, o’zbek bozorini tushunadigan marketologlar qidirayotganini ko’ryapman.
Bu — yaxshi. Juda yaxshi, men sizga aytsam.
Birinchidan, o’zbekzabon mutaxassislarning qadri oshadi. Bu degani siz va mening qadrimiz, chetdan kelgan ekspatdan ko’ra yuqoriroq bo’ladi. Faqat, o’zimizni qimmatroq sota olsak bas. Hozir yirik kompaniyalar rossiyalik marketing direktorlarga 5-10k$ dan berishga tayyor. Ayrimlari (EVOS) shunday qilyapti ham.
Ikkinchidan, ko’chada ruscha yoki yemagan o’zbekcha matnlarni kamroq ko’ra boshlaymiz. Sof o’zbek tilidagi copy yaxshiroq sotadi. Va umumiy til imiji yaxshilanadi. Win-win.
Balki qachondir o’zbek tilidagi matn bilan (ayrim hollarda usiz ham) ruscha yozishni toxtatarmiz? — Wow, revolyutsiya bo’lardi lekin.
Uchinchidan, o’zbek tilida sifatli kontent ko’paymoqda. Bu degani, bora-bora, agar shunday progressda davom etsak rus tiliga qaramlik yoqolib boradi. Chunki, XXI asrda bizga aslida rus tili kerak emas. Kitoblar, kontent, ish, o’qish — hammasi ingliz tilida ancha sifatli ko’rinishda mavjud.
Biz faqatgina o’z tilimiz qadrini oshiribgina rus tilidan qaramlikni yengib o’ta olamiz. Boshqachasiga yo’l yo’q.
Til qadri esa o’zbekzabonlar boshqalar bilan muomalada, ishda, o’qishda o’zini qadrlaganda, o’zbek tilidagi kontent, kitoblar ko’payganda va til faqatgina 21-oktyabr emas, 9-10-11-aprelda ham (kecha, bugun, ertaga, har kuni) eslanganda oshadi.
O’zbek tilini yaxshiroq o’rganaylik. Rus va ingliz tillarini ikkinchi til qilib qo’shib,uni o’z ona tilimizni ustun qilish uchungina qo’llaylik.
Shunday qilsak, biz albatta yutamiz!
#til / @thinkwithMirro

👍32🔥6❤1👎1
Forwarded from Yoʻldoshev | Kontentblog
Choyxona №1
Demak, yakshanba kuni soat 20:00 da o'zbek segmentining TOP kopirayterlarini jamlayapmiz.
Format: ovozli chat.
Mavzu: Kopirayting (ipidan ignasigacha)
Mehmonlar: Abduazim Rustamxo'jayev, Said Nazrullayev, Mirafzal Mirahmadov, Aziz Axtamov, Jamoliddin Zaynulobiddinov
*men bu ro'yxatga qanday qo'shilib qoldim, hayronman, hali TOP emasman)
Telefoningizga "budilnik" qo'yishni unutmang. Yakshanba 20:00
@copirayt — sizning kopirayter do'stingiz

👍12🔥2❤1
Google ham o’z chatGPT’sini taqdim qilibdi
Bard — bard.google.com
Barchaga ochiq. Bepul.
Ishlatib ko’rib fidbek yozaman. Hozircha OpenAI’nikini ishlatib ancha ishlar tezlashib ketdi.
Masalan, yaqinda 15min.agency* bilan @RahimovSchool uchun brend strategiya qildik ;) 70-80% biz xohlagan narsa chiqdi. Biroz to’g’rilab, tatbiq qilish mumkin.
*15’ Agency — GPT va 2 ta mutaxassis yordamida ishlaydigan agentlik
Oldin AI kelajakka o’xshar edi, hozir AI = hozir.
#AI / @thinkwithMirro

🎉12👍6
Farzandingiz uchun qasr kerak emas
Ota onangiz uchun ham.
Empatiya degan narsa bor — buni Alpha’dagi “Dizayn fikrlash” kursida o’rgangandik.
Marketing jihatdan asosiy ma’nosi — mijoz uchun sen kabinetingda o’tirvolib qilgan tadqiqoting bilan real hayotdagi mijozning muammosi — ikki xil dunyo bo’lib chiqishi mumkin. Ko’p hollarda shunday bo’ladi ham. Empatiya bizni mijozning etigini kiyib u yurgan yo’llardan yurishga o’rgatadi.
Agar siz yosh bolalar uchun o’yinchoq sotuvchisi bo’lsangiz, bir bolani olib o’yinchoq do’konlarni aylanib yurishingiz kerak. Agar qariyalar uchun mahsulot chiqaruvchi kompaniya bo’lsangiz, yurishga og’ir bo’lgan kiyimda, bukchayib, ko’zga xiralashtiruvchi ko’zoynakni taqib ko’chalarni aylanib ko’rishingiz kerak. Yoki shu yoshdagi odamlar bilan uzoq suhbatlar qurib og’riqlarini o’rganishingiz kerak.
“Menimcha bolalar uchun u yaxshi, qariyalar uchun bu” qabilidagi fikr — ishlamaydigan fikr. Shahardagi velosiped yo’lakchalarini eslang. Uni hech qachon velosiped minmagan odamlar loyihalashtirgan.
Yaqinda Kleyton Kristensenning “Hayot strategiyasi” kitobida xuddi shu “empatiya” amaliyotidan xabarimiz bo’lmaganidan o’z farzandimiz, turmush o’rtog’imiz, do’st yoki ota-onalarimizga ular xohlagan emas, balki o’zimiz ular xohlaydi deb o’ylagan gaplarni gapirishimiz va yumushlarni qilishimiz haqida o’qib qoldim.
Balki farzandingizga pultli mashina emas, siz bilan ko’proq vaqt o’tkazish kerakdir? Do’stingiz xohlayotgan narsa pul emas, dildan suhbat, ota-onangiz uchun dang’illama uy emas, har kuni yarim soat vaqt ajratish muhimroqdir? Ularning o’zlaridan bu haqda so’rab ko’rganmizmi?
Bilmadim. Lekin albatta so’rab ko’rishimiz kerak. Chunki ular bizning butun umrlik mijozlarimiz.
#designthinking / @thinkwithMirro

👍15🔥5❤1
Men bu bosqichdan o’tganman
Mubashshir Ahmad domlaning musiqa haqidagi gaplari diqqatimni tortdi: “yoshligimda eshitganman, hozir juda kam. Uni qalbga ta’sirini o’zimdan o’tkazib ko’rganimdan so’ng, eshitmaydigan bo’ldim va sizlarga ham tavsiya qilaman.”
Shunga o’xshash gaplarni ustozlarimiz bizga, biz o’zimizdan kichiklarga gohida aytib turamiz. “Men bu bosqichdan o’tib ko’rganman, natijasi bunday bo’ladi”
Bosqich — bu hozirgi yoki oldin bosib o’tilgan yo’l. Demak undan keyin ham yo’l bor. Yana bir daraja bor. Va yana keyingi daraja bor. Bu darajalar tugamaydi. Eng yuqori darajadaman deb o’ylaganingizda keyingi daraja ko’rsatiladi. Yaxshilab qarasangiz, unga olib boruvchi yo’l ham. Umrimiz tugaguncha xuddi shunday. Va undan keyin ham.
Buni hayotimizning barcha sohalarida: ilm, munosabatlar, karyera, taqvo va hk —hammasida ishlatsa bo’ladi.
Demak hozirgi turgan darajamizdan keyingisiga doim o’ta olamiz. Shunchaki xohish kerak. Qila olmayman deb o’ylash — o’z o’zini aldash bo’ladi. Boshqalar qilishyaptiku?! Bizdan oldin o’tganlar qilganku?! O’zimiz oldin qilganmizku axir?!
Darajamizni bilaylik. Keyingi darajani ko’ra olaylik. Yuqoriga intilishga harakat qilaylik.
Barchasi uchun Alloh bizga tavfiq bersin.
#motivation / @thinkwithMirro
Mubashshir Ahmad domlaning musiqa haqidagi gaplari diqqatimni tortdi: “yoshligimda eshitganman, hozir juda kam. Uni qalbga ta’sirini o’zimdan o’tkazib ko’rganimdan so’ng, eshitmaydigan bo’ldim va sizlarga ham tavsiya qilaman.”
Shunga o’xshash gaplarni ustozlarimiz bizga, biz o’zimizdan kichiklarga gohida aytib turamiz. “Men bu bosqichdan o’tib ko’rganman, natijasi bunday bo’ladi”
• “Musiqa eshitganman, tavsiya qilmayman” • “Maishat va o’yin-kulgiga berilgan paytlarim bo’lgan, tavsiya bermayman” • “Yoshligimda qarama-qarshi jins vakili bilan gaplashib ko’rganman, oxiri yaxshi bo’lmaydi” va hkBosqich — bu hozirgi yoki oldin bosib o’tilgan yo’l. Demak undan keyin ham yo’l bor. Yana bir daraja bor. Va yana keyingi daraja bor. Bu darajalar tugamaydi. Eng yuqori darajadaman deb o’ylaganingizda keyingi daraja ko’rsatiladi. Yaxshilab qarasangiz, unga olib boruvchi yo’l ham. Umrimiz tugaguncha xuddi shunday. Va undan keyin ham.
Buni hayotimizning barcha sohalarida: ilm, munosabatlar, karyera, taqvo va hk —hammasida ishlatsa bo’ladi.
Demak hozirgi turgan darajamizdan keyingisiga doim o’ta olamiz. Shunchaki xohish kerak. Qila olmayman deb o’ylash — o’z o’zini aldash bo’ladi. Boshqalar qilishyaptiku?! Bizdan oldin o’tganlar qilganku?! O’zimiz oldin qilganmizku axir?!
Darajamizni bilaylik. Keyingi darajani ko’ra olaylik. Yuqoriga intilishga harakat qilaylik.
Barchasi uchun Alloh bizga tavfiq bersin.
#motivation / @thinkwithMirro
👍25🔥9❤2
Forwarded from Spot.uz – бизнес и технологии
🦁Охота на «Каннских львов»: зачем агентства Узбекистана участвуют в фестивале и как это влияет на их бизнес
В этом году на главный международный фестиваль рекламы свои работы отправили отечественные агентства: «Синтез», 605 Agency, Ma’no Branding, We Digital и другие.
Spot поговорил с несколькими из них о том, для чего им нужно участие, что даст победа и как обстоят дела на рынке креатива в стране.
https://www.spot.uz/ru/2023/06/14/cannes-lions/
➖ @spotuz ➖

👍4❤1
Falsh
Tarmoqlarda chiroyli ko’rinishi uchun chiroyli face yollaysiz.
Kopiraytda jimjimador va nosamimiy so’zlar bilan sotishga urinasiz.
Sotuv voronkalarini tayyorlaysiz, mijozni yomon ko’rsangiz ham unga kulib turasiz.
Yasama gullardan ofisni go’zallashtirgandek bo’lasiz.
Hammasini o’z boridek emas, chiroyli va bo’yangan holda ko’rsatishga urinasiz.
Bu hozir ishlayapti, odamlar ishonyapti va sizning xaridoringizga aylanyapti.
Lekin bu bir kun tugaydi. Juda tez orada tugaydi. Falsh va bir xil “bo’yanganlik” odamlarni joniga tegishni boshlaydi.
Brendlar ularga «ЦА» deb emas, ichki kechinmalari, muammolari bor insondek muomala qilishlarini talab qilishadi. Yoki shunchaki shunday muomala qiladigan brendlar mijozlariga aylanishadi.
Bunga hozirdan tayyorlanish mumkin. Mijozingiz bilan samimiy bo’ling. Unga sizning mahsulot hozir kerak bo’lmasa — to’g’ridan-to’g’ri rostini ayting. Tarmoqda “face”ni emas, xodimingizni olib chiqing. Yaxshi gapira olmasa ham. Loaqal rost gapni gapiradi. Va bu qadrlanadi.
Gap isboti bilan bo’lsin:
• Friends Moscow, Modulbank uchun qilgan reklama roligi — 6,5 mln ko’rishlar
• Ilmiy ommabop mavzuda roliklar vlog formatida — 411k obunachi
• Aviasales’ning Rossiyadagi kommunikatsiyasi — negadir hamma shu servisni yaxshi ko’radi
• Friends Moscow, Utair uchun qilgan roligi — 1 mln ko’rishlar va noneym brendni Rossiyada #2 aviabrendga aylanishi
#marketing / @thinkwithMirro

🔥10👍6💯1
Bloggers wanted
Auditoriyasi saviyali, Instagram/Youtube/Telegramda aktiv blogerlar kerak. Izohlarda sifatlilarini yozib ketinglar
Eng aktivlarga yog’ beriladi ;)
@RahimovSchool uchun qidiryapmiz
#help / @thinkwithMirro

❤3👍2🔥1
Kino — rejissyorning fantaziyasini ko’rish
Kitob — shaxsiy fantaziyada kino ko’rish
Ikkinchisi samaraliroq va miyaga foydaliroq
#kitob / @thinkwithMirro

👍10❤1🔥1
Kopirayting darslari
Korzinkadan karta haqidagi xabar (rasmda) 3-4 kundan beri kelayotgandi. Yetarlicha qiziqtira olmagani uchun kirmadim.
Bugun telegramdan ham kelgan ekan, kirib ko’rsam zo’r taklif ekan — ikkinchi xaridga 3% li keshbek.
Lekin nega xabar ochilmadi?
Push xabarlarning yagona vazifasi — foydalanuvchini qiziqtirish va xabarni ochishga undash.
“Korzinka kartangiz bor-u, lekin siz undan foydalanmaysizmi? U holda buning vaqti keldi!” xabari Jeyson Steythemning iboralariga o’xshab ketadi haha — ma’nolidek ko’rinadi-yu, lekin ma’no qidirib topa olmaysiz.
Nima taklif qilasan?
Taklifni push xabarning asosiga aylantirish kerak.
“Ikkinchi xaridingizga oshirilgan 3% li keshbek beramiz. Tafsilotlar bilan ilovada tanishing.”
Bo’ldi. Yetadi.
Foydalanuvchi qiziqadi. Kiradi. Tanishadi va eslab qoladi.
SMM postlardagi sarlavha ham, Youtube cover va video nomi ham xuddi shunday ishlaydi. Bannerlar ham. TV rolikdagi ilk 3 sekund ham. Boshida e’tibor jalb qila olmadingizmi? Keyingi qadam bosilmaydi.
#kopirayting / @thinkwithMirro

👍20🔥8❤4😐1
Yes, And
Albert Urchukov darsida yana bir zo’r narsani o’rgangan edik. “Ha, va yana” strategiyasi.
Kreativ sohada g’oyalar birinchi o’rinda. Yaxshi g’oyalar chiqishi uchun ular ko’p bo’lishi kerak. Siz 10 soat o’ylab 1 ta g’oya topganingizdan ko’ra, 1 soat 100 ta turli-tuman g’oyalarni yozib, uni saralab, eng yaxshilari bilan davom etib, sayqallaganingiz ancha effektivroq. Ancha.
1 soat 100 ta g’oya yozish uchun eng birinchi g’oya to’silmasligi muhim. 1-g’oya to’sildimi? Siz yutqazdingiz. Keyingisiga o’ta olmaysiz. Shunday qilib g’oyalar miyaning bir chekasida aylanib aylanib energiyani tamom qiladi.
Keyingi bosqichga o’tish uchun “Yes, And” qoidasini ishlatish kerak.
Masalan,
— Biz kofe mashina qilamiz
— Kofe mashina bo’lmaydi, sok mashina kerak
— Ha, u kofe mashina sutli kofe ham tayyorlay oladi
— Ha, keyin kappuchino qilib beradi
— Ha, yana ustiga malina ham qo’yib beradi va hokazo.
Oddiy kofe mashinadan boshlangan g’oya oxiri stratosferadan sigirni uloqtirishgacha borishi mumkin haha.
Qandaydir muammoni tanlab, uni shu strategiya orqali yechib ko’ring. Jamoa bilan buni sinab ko’ring. Effektini keyin aytasiz.
Yes, And haqida batafsil Forbsda o’qish mumkin.
#leadership / @thinkwithMirro

👍9🔥4⚡3❤1