Glocals Bookshop
373 subscribers
148 photos
53 videos
103 links
Think GLOBAL, act LOCAL

Биз билан (99890) 092-90-01 телефони орқали боғланишингиз мумкин.
Download Telegram
💡Talaba haftasiga qancha soat darsdan tashqari shug‘ullanishi kerak?

G‘arbning yetuk universitetlaridagi konsensus fikr shundan iboratki, o‘quv darsining har bir soati uchun talaba o‘rtacha 2 soat tayyorgarlik ko'rishi kerak (“preparing for class”). Ya’ni, 1 para uchun talaba taxminan 3 soat qo‘shimcha vaqt sarflashi kerak.

Agar fan haftasiga 2 para o‘tilsa, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘rtacha 6 soat sarflash nazarda tutilgan.

📝Darsga tayyorgarlik deganda uy vazifasini bajarish, kitob o‘qish, konspektlarni ko'rib chiqish, yozish, laboratoriya ishlarini bajarish, ma‘lumotlarni tahlil qilish, o‘rganilgan materiallarni takrorlash va boshqa akademik faoliyat turlari kiradi.

🔎G‘arb ekspertlarining ta’kidlashicha, eng kuchli, eng istiqbolli talabalar haftasiga o‘rtacha 50-60 (kuniga 7-8) soat o‘qishar ekan.

Glocal-S tavsiyasi☝️

⚡️Shuni unutmangki, sifat sondan ustun, lekin sifat son bilan keladi.

___________
👉
@think_global_act_local
#IDEAL_MUALLIM

IDEAL MUALLIM QANDAY BO’LADI?

♻️Muallim ta'lim jarayonidagi markaziy figura hisoblanadi.

Ideal muallim bir qator noyob fazilatlarni o‘zida mujassam etgan shaxs bo’lishi lozim.

💠Ya’ni, IDEAL MUALLIM o’zining ixtisoslashgan fanidan fundamental bilimlarga ega, talabalarining qiziqish va ishtiyoqlarini samarali usullar orqali boshqaradigan, dars berishdan zavq oladigan, talabalaridan yuqori natijalarni talab qiladigan, kuchli kommunikativ muloqot qobiliyatiga ega va turli qiziqarli o‘qitish metodlardan foydalanadigan shaxsdir.

"Haqiqatan, noyob muallim sohasining olimi, u doimo o’z ustida ishlab, bilimini takomillashtirib boradi" (“Dawn” gazetasi).

"Ideal muallim ilhomlantiruvchi, motivatsiya beruvchi kuch bo'lib, talabalarini to’siq va chegaralarni yengib o'tishga undashi kerak" (N.Abraham).

"Ideal muallim doimo o’zgarib turadigan muhitda ishlay oladigan, moslashuvchan bo‘lishi kerak" (D.Gagnon).

"Ideal muallim talabalarining hayotini shamchiroqday yoritib, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi va muvaffaqiyatli va mazmunli hayot kechirishiga yordam beradi" (N.Mitra).

〰️〰️〰️

WHO IS AN IDEAL TEACHER?

🔰A teacher is a central figure in the process of education. And an ideal teacher is believed to be someone who has a combination of several qualities.

❇️ An ideal teacher has fundamental knowledge on his specialized subject, is able to effectively manage motivation of his students, enjoys teaching, places high expectations and adequately strict requirements for his students, has excellent communication skills and uses various engaging teaching styles.

“Truly exceptional teachers are scholars and are constantly reading and upgrading themselves in their subject” (Newspaper “Dawn”).

“An ideal teacher should be inspiring, provocative, motivating and most importantly, encourage students to push boundaries(N.Abraham).

“Ideal teachers need to be able to work in a constantly evolving environment(D.Gagnon).

“An ideal teacher illuminates the lives of his students showing them the right path and helping them to lead a successful and blissful life” (N.Mitra).
_________

👉 @think_global_act_local
Universitet bitiruvchilarining ishga joylashishi – strategik masala

🔰 Oliygoh bitiruvchilarining ishga joylashishi (employment of graduates) deganda — mehnat shartnomasini tuzish, ish beruvchini aniq ko’rsatish, start-up loyihalarga asos solish, o’zini o’zi band qilish, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish, xorijda o’qish yoki ishlash nazarda tutiladi.

Bu masalaga dunyoning rivojlangan mamlakatlari eng ustuvor STRATEGIK vazifalardan biri sifatida qaraydi.

🇪🇺Masalan, 2012-yilda Yevropa Ittifoqi 2020-yilga qadar ustuvor vazifalar qatorida ittifoqqa a’zo mamlakatlardagi universitet bitiruvchilarining 82%ini ish bilan ta'minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi.

Bu borada, hozirda Germaniya oliygohlarining 93% ga yaqin bitiruvchilari ish bilan ta'minlandi. Islandiya va Norvegiyada ham bu ko’rsatkich 90% dan ziyoddir.

👆 Yuqoridagi rasmga e’tibor qarating.
#Eduuz_tavsiya_etadi

Birinchi kurs talabalari uchun foydali maslahatlar

🔰 G’arb oliygohlarida birinchi kurs talabasini “freshman” deb atashadi. Yangi hayotga yangi qadam qo’ygan talaba oldida sanog’i yo’q imkoniyat va tanlovlar gavdalanadi.

Shu holatda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

1️⃣ Universitetda siz uchratadigan har bir inson (professor-o’qituvchilar, tyutorlar, kampusdagi xodimlar, hatto kursdoshlar)ning akademik hayotingizda o’rni bor. Imkon qadar ko'proq odamlar bilan mazmunli muloqot ("networking") qilib, ularning bilim va tajribalaridan maksimal olishga harakat qiling.

2️⃣ Har bir ishda tartibli bo'ling, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga ilk kundan odatlaning! Berilgan topshiriqni o’z vaqtida (“deadline”) bajarish – muvaffaqiyatning yarmi sanaladi. Birinchi kursdan tartib va intizomga odatlansangiz, keyinchalik ham unga amal qilish oson bo’ladi.

3️⃣ Ma’ruza vaqtida qayd qilib borish ("note-taking") odatini o’rganing. Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yildan yilga talabalar ma’ruza vaqtida qayd qilib borish (konspekt yozish) odatini unutib bormoqda. Qayd qilish ma’lumotlarni chuqurroq o'rganish, eslab qolish va ma’lum vaqt o’tgandan keyin takrorlash imkoniyatini beradi. Bu nihoyatda muhimdir. Ixcham va samara bilan yozilgan konspektlar talabaning kuch hamda vaqtini tejaydi.

_______

👉 @think_global_act_local
#Nuqtayi_nazar

🔰 Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” modelini joriy etish masalasi ta’kidlangan.

✔️ Tadqiqotlarga koʻra, dunyo universitetlari umumiy sonining atigi
0,3 foizi “Universitet 3.0” modeliga mos deb tan olinar ekan.

Xoʻsh, bu tushuncha oʻzi nimani anglatadi?

Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor USMANOV maʼlumot beradi.

Batafsil
: 👉 https://yuz.uz/uz/news/universitet-30-tushunchasi-haqida
#BILASIZMI

“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan iborat?

🔰 Talaba yoshlarimiz orasida “universitet” 🆚 “institut” oʻrtasida nima farq bor degan savollar koʻp uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan…

🏛 Universitet bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yoʻnalish boʻlishi kerak.

🏢 Institut esa maʼlum bir taʼlim yoʻnalishiga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtidir.

❇️ “Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan koʻra kengroq. Ta’lim imkoniyatlari va oʻquv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitet ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi.

✔️ Gʻarb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida boʻladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.

🌐 Shuni e’tiborga olish zarurki, zamonaviy dunyoda ish beruvchilarning aksariyati universitet va institut oʻrtasidagi farqlarga ahamiyat berishmaydi. Eng muhim omil – bu bitiruvchi tomonidan oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalar, samara va ishga ishtiyoq.
________

👉 @think_global_act_local
#BILASIZMI

Ta’lim olish piramidasi haqida eshitganmisiz?

🔰 1960 yillar boshida AQShning Milliy oʻquv laboratoriyasi (National Training Laboratory) “ta’lim olish piramidasi” (“learning pyramid”) tushunchasini ishlab chiqqan.

❇️ Unga koʻra, …

🔸 Agar oʻqituvchi faqat maʼruza usulidan foydalansa, talaba faqat 5% maʼlumotni xotirasida saqlab qoladi.

🔹 Agar talaba mustaqil tarzda kitob oʻqisa, u 10% materialni eslab qoladi.

🔸 Agar darsda audiovizual usullardan foydalanilsa, bu holda talabaning oʻzlashtirish darajasi 20% boʻladi.

🔹 Agar oʻqituvchi maʼlumotni koʻrsatib bersa (koʻrgazma, namoyishlar orqali oʻqitish usuli), unda xotirada saqlab qolish darjasi 30% ga koʻtariladi.

🔘 Rasmda koʻrinib turganidek👇, yuqoridagi barcha holatlarda talaba PASSIV oʻrganuvchi hisoblanadi.

Eng samarali FAOL bilim quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

🔸Agar darsda talabalar kichik guruhlarga boʻlinib, muhokamalar, baxs-munozara (debatlar)da ishtirok etsa, ularda notiqlik san’ati, tanqidiy fikrlash, toʻgʻri savollar tuzish mahorati rivojlanib, ular materialning 50% ni oʻzlashtirib, xotirada saqlab qolishlari mumkin.

🔹Dars jarayonlarini amaliyot bilan bogʻlash, har qanday olingan yangi ma’lumotlarni amaliyotda sinash oʻrganuvchi uchun katta samara beradi. Bu holda 75% bilim xotirada saqlanib qoladi.

🔸Va soʻnggi bosqich – oʻz bilimlarini boshqalarga yetkazish, oʻrgatish, oʻqitish orqali (teach others) 90% samaraga erishish mumkin.
Bilim olishning eng afzal usuli – bilim berish degan naql bor.

❗️Ushbu ta'lim olish piramidasidan ham muallimlar, ham talabalar to'g'ri xulosa chiqarsa, ta'lim sifati yanada yaxshilanadi.

________
👉
@think_global_act_local
#Bilasizmi

Kampus” tushunchasi nimani anglatadi?

🔰Universitetdagi kundalik hayotimizda eng ko‘p uchraydigan so‘zlardan biri – bu “kampus” tushunchasi.

📩 www.google.com tizimida “campus” so‘zi 7,66 milliard marotaba uchraydi.

Masalan,
💬Garvard universiteti kampusi Charlz daryosini kesib o‘tadi”,
💬Prinston universiteti kampusidan har biri 55 milya (88 km) uzoqlikda joylashgan Filadelfiya va N'yu-York shaharlariga poezdda yetib olasiz”
kabi gaplarni eshtamiz.

🔸Yurtimizdagi talabalar bilan suhbatlashganda, ularning ayrimlari "kampus – bu yotoqxona", deb javob berganini ham eshitganmiz.

Aslida “kampus” tushunchasi nimani anglatadi?

Umumiy olganda, kampus bu “universitet shaharchasi”, “talabalar shaharchasi” deyiladi.

🔙Tarixda ilk marotaba kampus deb XVIII asrda Prinston universiteti hududi nomlangan.

Kampus (universitet shaharchasi sifatida) o‘z ichiga ko‘plab tarkibiy qismlarni oladi. Masalan,

🔹asosiy ta'lim muassasasi, fakultet binolari va ularning infratuzilmalari (shu jumladan o‘quv xonalari);
🔸talabalar shaharchasida joylashgan laboratoriya va ilmiy-tadqiqot institutlari;
🔹ilmiy kutubxonalar;
🔸texnologik park, biznes-inkubator, injiniring markazlari;
🔹universitet muzeyi;
🔸talabalar va o‘qituvchilar uchun turar joylar;
🔹sport majmua va stadionlar;
🔸kongress markazi, majlislar va konsert zallari;
🔹oshxonalar va boshqa ovqatlanish ob'ektlari;

⁉️Bilasizmi, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida “kampus-menejer” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan!

❇️ Kampus universitet haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin. Zero kampus nafaqat ma'ruza zallari, IT-markazlari fasadini anglatadi. Balki u universitetning “yuzi”, “imiji” kerak bo‘lsa, “tashrif kartasi” sanaladi.

♻️ Kampus universitetdagi ta'lim sifatini, talabalar hayot ritmi va mentalitetini bevosita aks ettirish mumkin. U yerga tashrif buyurgan odamning aynan shu universitetga o‘qishga kirish istagi paydo bo‘lishi lozim.

_______
👉
@think_global_act_local
#Talaba_uchun_foydali

🔰Talabalarimiz bir haqiqatni yaxshi tushunib olishlari zarur: ozroq shug‘ullansangiz ham, muntazam shug‘ullaning.

Haftasiga 1 marotaba (masalan, yakshanba kuni) 3 soat davomida xorijiy til o‘rganib, keyin hafta davomida boshqa umuman til bilan mashg‘ul bo‘lmagandan ko‘ra, o‘sha 3 soatni hafta kunlariga bo‘lib, har kuni yarim soatdan o‘rgansangiz, samarasi yuqoriroq bo‘ladi.

✳️ Har bir ishda (xorijiy til, ilm-fan, ijod va san‘at) eng muhim omil – bu MUNTAZAMLIK.

❗️Oz-ozdan, lekin tez-tez bo‘lsin!

_________
👉 @think_global_act_local
Forwarded from Edu.uz
#Bilasizmi?

“Forum”, “Konferensiya”, “Kongress”, “Seminar”, “Simpozium” tushunchalari o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?

Akademik faoliyatimizda “Forum”, “Konferensiya”, “Kongress”, “Seminar”, “Simpozium” tushunchalarini ko‘p eshitamiz va ishlatamiz. Ko‘pchilik uchun ularning farqini bilish juda qiziq.

Shu sababli ushbu tushunchalar o‘rtasidagi farq haqida ma'lumot berishga harakat qildik.

👇Ushbu maqola orqali savolga to‘liq javob topishingiz mumkin.
#student_life

“What would you do differently if you were a university student again?”

➡️ Different people gave different answers.

💬 “I would have studied harder. I took the easiest classes possible just to graduate, and I didn’t always study in those. Doing it over again, I’d do all the reading and all the homework. And I’d take harder classes that I know would serve me well in the future”.

💬 “I would be more extroverted. Now that I’m older, I’m not so timid around people I don’t know. I would be more outgoing, not so afraid to talk to people”.

💬 “If I were in college, I’d add a second major that trained me to get a job”.

💬 “I would seriously consider to study a language that is not my own”.

💬 “I would start writing. I only started writing consistently about a year ago. I would’ve loved to have started sooner. I wish I could’ve discovered my love of writing sooner”.

💬 “If I could go back, I would be a lot more confident in myself and my abilities”.

❇️ We gave this post just to encourage our students to think deeper.

♻️ If you are still a student, it’s not late yet to do these great things that would serve your future. Open your eyes
❗️

👉 @think_global_act_local
#Bilasizmi?

Ikki toifadagi talaba haqida…

Talabalar ikki toifaga ajratiladi.

1-toifadagi
– faqat baho olish uchun o‘qiydigan talaba;
2-toifadagi – bahoga ahamiyat bermagan holda faqat bilim olish istagida yurgan talaba.

1-toifadagi – darsga faqat davomat uchun (bu ma’muriy talab bo‘lganligi uchun) keladigan talaba;
2-toifadagi – har bir kun yangi bilim va ko‘nikmalar olib keladi, bir kunni yo‘qotish kelajak uchun katta zarar, deb fikrlaydigan talaba.

1-toifadagi – uy vazifalari va o‘quv materiallari nihoyatda qiyin va ko‘p deb, doimo shikoyat qiladigan talaba;
2-toifadagi – qiyin bo‘lgan o‘quv materiallari va uy vazifalarini bajarishdan zavqlanadigan, “qancha ko‘p o‘qisam, shuncha o‘zim uchun foydali” degan dunyoqarashga ega talaba.

1-toifadagi – mashg‘ulotlar vaqtida muallimga kundalik, katta ahamiyatga ega bo‘lmagan texnik, gohida butun auditoriyani chalg‘ituvchi savollar berishni afzal ko‘radigan talaba. Bunday savollarga olingan javoblarni odatda talaba sanoqli lahzalardan keyin unutib yuboradi.
2-toifadagi – muallimga intellektual, chuqur o‘ylangan, fundamental, konseptual savollar berib, ularga berilgan javoblar ustidan o‘ylanib, tahlil qiladigan talaba.

1-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlik haqida ko'proq o'rganishni xohlaydigan talaba;
2-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlikni o‘zlarining shaxsiy amaliyotida sinab ko’rishni xohlaydigan talaba.

Siz o‘zingizni qaysi toifaga mansub deb o‘ylaysiz?


👉 @think_global_act_local
#Bilasizmi

🔰 G‘arb oliy taʼlim muassasalarida talabaning “mutaxassislik fani” ikkita so‘z bilan ifodalanadi – “major” va “concentration”.

☝️Bu ikkita so‘zning ma‘nosiga e‘tibor qarating!

“Major”asosiy, eng muhim, eng jiddiy, ulkan ahamiyatga ega degan maʼnolarni anglatadi.

❗️Ya‘ni maxsus mutaxassislik fanlar akademik, intellektual nuqtayi nazardan eng muhim, asosiy fanlar sanaladi.

“Concentration” so‘zi esa, butun diqqat va e‘tiborni jamlash, yig‘ish degan ma‘nolarga ega.

❗️Ya‘ni talaba o‘zining mutaxassislik fanlariga butun diqqat-e‘tiborini, kuch-g‘ayratini sarflashi kerak deganidir.


👉 @think_global_act_local
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Master_class

🏛 Toshkent davlat yuridik universitetida “Diplomatik va konsullik huquqi” fani doirasida master-klass tashkil qilindi.

🌐 Unda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov “Global fikrlash va diplomatik faoliyat” mavzusida talabalar uchun taqdimot qilib berdi.


👉 @think_global_act_local
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_minbari

Ta’lim olish piramidasi haqida eshitganmisiz?

🔰 Ta’lim olishning qaysi usullari eng samarali sanaladi?

Siz o‘rgangan materialingizning 90% ni xotirada saqlab qolmoqchimisiz?

❇️ Unda qaysi usuldan foydalanish afzal?

📹Yuqoridagi 👆 video orqali ushbu savollarga javob olasiz.

📄Matnli javob
bu yerda 👈



👉 @think_global_act_local
#Bilasizmi?

⚡️Ta'lim oluvchining uch toifasi mavjud...

Birinchisi,
eshitish orqali o'rganuvchilar (“auditory learners”), ya'ni tinglash (“listening”) orqali ko'proq bilim oladiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar kitob o'qishdan ko'ra ma'ruza hamda axborot tinglashni afzal ko'radilar.

➡️Ikkinchisi, vizual o'rganuvchilar (“visual learners”), ya'ni diqqatini ko'rayotgan, kuzatayotgan narsalarga qaratadiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar esa biror narsani tushunish va eslab qolish uchun uni o'z ko'zlari bilan ko'rishni afzal ko'radilar.

Uchinchisi, tajribalar orqali yoki kinestetik o'rganuvchilar (“experiential”, “kinesthetic learners”), ya'ni biror-bir narsani bajarish, tajribalar o'tkazish, sinash orqali o'rganadiganlar.

Xo'sh, siz ushbu uchta toifadagi o'rganuvchilardan qaysi biriga kirasiz?


👉 @think_global_act_local
#Talaba_uchun_foydali

How do you understand the following statement?

👉"Engage with subjects that frighten you. Take a course that scares and challenges you".


👉 @think_global_act_local
#Talaba_uchun_foydali

⚡️ You cannot win a CHALLENGE without a radical CHANGE that you have to produce in yourself.

So, appreciate how important is changing yourself.

❗️At the same time, it is the most difficult effort of your life.


👉 @think_global_act_local
#Talaba_uchun_foydali

Have you ever heard the phrase “Critical Few”?

‼️ Very often organizations and people complain that they do not produce great and visible results.

🔘 When there are too many things to do, too many pieces of information to assimilate, you get lost...

👍 Thus, the best thing is to teach yourself the discipline of simplicity, to focus on what matters, the “critical few”.

Focusing on the “critical few” reduces complexity, saves your time and energy, brings you more positive results.

❇️ Keep this in mind!


👉 @think_global_act_local
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_uchun_foydali

✳️ Har bir ishda (xorijiy til, ilm-fan, ijod va san‘at) eng muhim omil – bu MUNTAZAMLIK.

❗️Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yeg‘ilib daryo bo‘lur.

📝Matnli ma'lumot 👉 bu yerda

__

👉 @think_global_act_local