323 subscribers
168 photos
55 videos
112 links
Think GLOBAL, act LOCAL

Биз билан (99890) 092-90-01 телефони орқали боғланишингиз мумкин.
Манзилимиз: Glocals Bookshop, Сергели-VIII, 77-уй
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Soʻragan_edingiz

Talabalarga turar-joy ijarasi uchun 50 foizlik chegirma kimlarga qay tartibda beriladi?

10 foizli imtiyoz faqat joriy o‘quv yilida o‘qishga kirganlarga taalluqlimi?

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor USMANOV tomonidan “Darakchi” gazetasi tahririyatiga fuqarolardan turar-joy ijarasi uchun 50 foizlik chegirma va 10 foizli imtiyoz boʻyicha kelib tushgan murojaatlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi.

———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#congratulations

🔰 Hurmatli Ustoz va Murabbiylar, bayramingiz muborak bo'lsin.

✴️ Sizday Ustozlarimiz borligidan faxrlanamiz.

________
©️ 👉 @think_global_act_local
Forwarded from Edu.uz
#Eduuz_tavsiya_qiladi

Muvaffaqiyatga erishgan talabaning 10 muhim odati

1. Hayotda va o‘qishda aniq maqsadi bo‘ladi.

2. Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiradi.

3. Ishini kichik qismlarga bo’lib, bosqichma-bosqich bajaradi.

4. Har kuni kuzatma va taassurotlarini qayd qilib boradi.

5. Faol va uzluksiz ilm oladi. Passiv bilim olish ta’lim jarayoniga putur yetkazadi. Har kuni yangi ko‘nikmalar egallash kerak.

6. Bilim olish mahsuldorligini oshirish uchun qulay o‘quv (jismoniy va psixologik) muhit yaratadi.

7. Mazmunli savollar beradi. Professor-o‘qituvchi, tyutorlar, bilimli do‘stlariga savollar berib, javoblarini o‘zi uchun xulosa tariqasida qabul qiladi.

8. E’tiborini chalg‘ituvchi barcha narsalardan halos bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarga haddan ziyod berilib ketib, vaqtini behuda ketkazmaydi.

9. O‘z vaqtida dam oladi, jismoniy faoliyat bilan muntazam shug‘ullanadi.

10. Har doim pozitiv fikrlaydi, muvaffaqiyatga ishonadi va maqsadlari sari dadil qadam tashlaydi!

👉 @eduuz
#learn_to_think

🔸If students of international studies asked me to call a single, but most important phrase to think through today, I would surely say:

"THINK GLOBAL, ACT LOCAL".

If they really want to be at the international level in future, they will have to think globally and act locally some day.
❇️And why not to start it today?

________
©️ 👉 @think_global_act_local
#learn_to_think

❇️ How do you understand the statement: "CEOs are naturally students of the big picture"?

©️ 👉 @think_global_act_local
#world_events

🇺🇿Kuni kecha yirik harbiy strateg, davlat arbobi, AQShning sobiq Davlat kotibi Kolin Pauell vafot etdi. Pauell qanday arbob bo’lgan, tarix uni qanday eslab qoladi? Shu haqida qisqa satrlarda fikrlarim.

🇬🇧Colin Powell, the former US Secretary of State, an outstanding military strategist, statesman, died some days ago. What kind of statesman was Powell, how will history remember him? Some of my brief thoughts about that.

https://uzdaily.uz/en/post/68891

©️ 👉 @think_global_act_local
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Международный_медиа_холл

Из открытого диалога «Качественное образование - инвестиции в человеческий капитал» в Международном медиа-холл

Интервью с Сардором Усмановым, руководителем информационной службы Министерства высшего и среднего специального образования

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Saylov_2021

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil qilingan 322-saylov uchastkasida boʻldi.

“Bugun ertalabdan talaba-yoshlarimiz saylovga pozitiv kayfiyatda fuqarolik pozitsiyalarini bajarayotganliklarining guvohi bo‘lmoqdamiz. Ayniqsa, bu jarayonda birinchi marotaba ishtirok etayotgan talabalar bugungi tanlov yaqin 5 yil davomida mamlakatimizning taraqqiyotini belgilab berishini bildirishdi. Bu yoshlarimizning bugungi siyosiy voqelikka befarq emasliklaridan darak beradi”, — dedi S.Usmanov.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Eduuz_tavsiya_etadi

​​❗️Talabani muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi omillar

💡Universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlarni muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab omillar mavjud. Ularning ba’zilari tashqi (talabaga bog‘liq bo‘lmagan) omillar bo‘lsa, aksariyati esa ichki (talabaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan) sabablarga borib taqaladi. Ammo bu omillarning ham oldini olish imkoni bor. Kuzatuvlarga ko‘ra, quyidagi eng ko‘p tarqalgan sabablar talabani muvaffaqiyatsizlikka muqarrar olib keladi:

1. Bugungi ishni keyinga surish odati. Ekspertlar buni prokrastinatsiya deb ataydi. Talabaning dangasaligi va vazifalariga “xotirjam” munosabati ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi.

2. Fikrning bir joyga jamlanmaganligi (fokusning yo‘qligi). Talaba diqqatini o‘qishga qarata olmagani, ijtimoiy tarmoqlarga haddan ziyod berilishi o‘qish va o‘z ustida izlanishiga to‘siq bo‘ladi.

3. Vaqtini oqilona boshqara olmaslik (vaqt menejmenti). Boy berilgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Hayotda va o‘qishda ustuvor vazifalarni tartibga sola olmaslik, kunini to‘g‘ri rejalashtira olmaslik ko‘plab kichik mag‘lubiyatlarga olib keladi.

4. Qat’iyatlilikning yetishmasligi. Vaqtinchalik qiyinchilik va to‘siqlar oldida chekinmaslik, oq‘ish va hayot yo‘lida ishtiyoqni pasaytirmaslik muvaffaqiyatlarga erishishning ilk qadamlari sanaladi.

5. Salbiy munosabat. Hayotga, o‘qishga va atrofdagi muhitga pessimistik munosabatda bo‘lish talaba uchun juda zararli. Esda tutish kerakki, pessimistik munosabat borgan sari insonning ikkinchi tabiatiga aylanib qolishi mumkin.

6. O‘ziga nisbatan ishonchsizlik. Ko‘plab talabalar o‘z salohiyat va imkoniyatlariga ishonmaydilar. Bu ularning psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Muvaffaqiyat sari ilk qadam o‘ziga ishonch bilan boshlanadi.

7. O‘ziga haddan ziyod ishonish. O‘ziga nisbatan ishonchsizlik muvaffaqiyatsizlikka olib kelganiday, o‘ziga haddan ziyod ishonish, kibr qilish ham talabaning psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kibr tufayli talaba o‘z kamchiliklarini ko‘rmay, ustida izlanmay qo‘yadi. Vaqt o‘tib, bir kun bu kamchiliklar unga pand beradi. Shu ikki holat (o‘ziga ishonmaslik va kibr) o‘rtasida muvozanat topish va saqlash – talabaning eng katta vazifalaridan biri sanaladi.

8. Kreativ va tahliliy fikrlay olmaslik. Kreativ fikrlaydigan talaba innovatsiyalarga moyil bo‘ladi, har safar oldida turgan vazifalarga yangicha nigoh bilan qaraydi.

9. Kitob o‘qimaslik. Talabaning har bir kuni bilim va yangiliklarni olishga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak. O‘qiganda ham tartib va intizom bilan o‘qish kerak. Bilimsizlik juda ko‘p muammolarni keltiradi. Ilmdan o‘zga najot yo‘qligi – bu mumtoz haqiqat.

10. Befarqlik kayfiyati. Eng yomon dunyoqarash – bu befarqlik. Ko‘plab talabalar o‘qish, izlanish, o‘z ustida muntazam ishlash naqadar muhimligini anglamaydi. Ekspertlar befarqlikni hatto psixologik hastalik deb ham atashadi.

Aziz talabalar, yuqorida keltirilgan ushbu keng tarqalgan illat va kamchiliklarga nisbatan ogoh bo‘ling. Hozirdan ularga qarshi qat’iy kurashing. Muvaffaqiyat ham, muvaffaqiyatsizlik ham faqatgina o‘zingizning qo‘lingizda.

Yuqorida keltirilgan sabab va omillarga qarshi kurashishingizda omadlar tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Tyutorlar_haqida

Eslatma!

🔸Xabaringiz bor, Hukumatimizning qarori bilan joriy o’quv yilidan boshlab barcha oliy ta'lim muassasalarida “tyutor” lavozimi kiritilgan edi.

✔️ Bugungi kundalik ta’lim leksikonimizda “tyutor” tushunchasi keng qo’llanilar ekan, uning mazmun-mohiyati nimadan iborat ekanligi barcha talaba-yoshlarni qiziqtiradi.

🔰Shu bois, “tyutor” tushunchasi toʻgʻrisida Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov ma’lumot berdi.

Batafsil: 👉 https://yuz.uz/uz/news/yuksak-masuliyat-egalari--tyutorlar-haqida

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Glocal-S_tavsiya_qiladi

🔰 Bugun kundalik hayotimiz va kasbiy faoliyatimizda eng ko’p qoʻllaniladigan iboralardan biri – bu “kreativ fikrlash”dir.

Ya’ni, muammolarni yechishda yangi usullar va noan’anaviy yondashuvlardan foydalanish.

💠 Shular qatorida “qobigʻidan chiqish” degan ibora ham bor. U ingliz tilida “thinking outside the box” iborasiga toʻgʻri keladi.

✳️ Agar Tomas Edison “qobigʻidan” chiqib fikrlamaganida, u balki elektr lampasini kashf qilmagan boʻlar edi. Agar A nuqtadan B nuqtaga an’anaviy usulda fikrlab bora olmayotgan boʻlsangiz, “qobigʻingizdan chiqib” firklab koʻring.

“Qobigʻ” ichida dunyo tor va muammolarga toʻla koʻrinadi.

🔆 “Qobigʻdan” tashqarida esa dunyo keng va yangi imkoniyatlarga boy koʻrinadi.

©️ 👉 @think_global_act_local
🔰В связи с кончиной Колина Пауэлла экс-заместитель генсека ООН, Сергей Орджоникидзе сказал:
«У меня остались самые добрые впечатления о нем. Человек он обаятельный. Переговоры вести с ним можно было. Восприимчив был к идеям, слушал. Безусловно, отстаивал интересы США, но делал он это не по-солдатски, а делал он это весьма элегантно, зачастую с юмором... У него был геополитически широкий взгляд на многие проблемы. США потеряли крупного дипломата и государственного деятеля».

➡️Обратите внимание на выражение «геополитически широкий взгляд на проблемы».

Как вы это понимаете?

____________
👉 @think_global_act_local
Forwarded from Edu.uz
​​#Eduuz_tavsiya_etadi

TOP va o‘rta darajadagi talabalar o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?

🔰Ushbu savolga javob sizni hayron qoldirishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, eng yuqori (TOP) va o‘rta darajadagi talabalar o‘rtasidagi farq faqat tug‘ma iste’dod yoki aqlga emas, balki shakllantirilgan odatlarga ham bog‘liq ekan.

Eng yuqori darajadagi talabalar nafaqat o’quv fan, balki vaqtni boshqarish, tashkilotchilik ko’nikmalari, qaydlar olib borish, faol kitob o'qish va diqqatni jamlash masalalari ustida muntazam ishlagan. Nafaqat ishlagan, balki ularning jilovini qo’lga olgan.

✳️Xushxabar shundaki, siz ham shu odatlar ustida ishlab, TOP darajada bo’lishingiz mumkin!

🌐🌐🌐

What is the difference between being a TOP student and being an average student?

🔰The answer to this question will surely surprise you. Studies suggest that the difference between high achieving and average students lies not in innate intelligence, but in habits that have been shaped by them.

TOP-level students work not just on the subjects, but on such issues as time management, organization, note taking, active reading and power of focus. They not only work on them, but also master them.

✳️The good news is that you can work on these habits and become TOP-students!

👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
💡Talaba haftasiga qancha soat darsdan tashqari shug‘ullanishi kerak?

G‘arbning yetuk universitetlaridagi konsensus fikr shundan iboratki, o‘quv darsining har bir soati uchun talaba o‘rtacha 2 soat tayyorgarlik ko'rishi kerak (“preparing for class”). Ya’ni, 1 para uchun talaba taxminan 3 soat qo‘shimcha vaqt sarflashi kerak.

Agar fan haftasiga 2 para o‘tilsa, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘rtacha 6 soat sarflash nazarda tutilgan.

📝Darsga tayyorgarlik deganda uy vazifasini bajarish, kitob o‘qish, konspektlarni ko'rib chiqish, yozish, laboratoriya ishlarini bajarish, ma‘lumotlarni tahlil qilish, o‘rganilgan materiallarni takrorlash va boshqa akademik faoliyat turlari kiradi.

🔎G‘arb ekspertlarining ta’kidlashicha, eng kuchli, eng istiqbolli talabalar haftasiga o‘rtacha 50-60 (kuniga 7-8) soat o‘qishar ekan.

Glocal-S tavsiyasi☝️

⚡️Shuni unutmangki, sifat sondan ustun, lekin sifat son bilan keladi.

___________
👉
@think_global_act_local