TerDU rasmiy kanali
22.4K subscribers
21K photos
2.5K videos
996 files
10.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Seminarning 2-kunida ishtirokchilar Surxondaryo viloyatining muqaddas qadamjolarga sayohat qilishdi

TerDUda o’tkazilayotgan "Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash" mavzusidagi seminar doirasida bugun mamlakatimizdagi OTMlardan tashrif buyurgan 150 nafar xotin-qizlar uchun viloyatimizning muqaddas qadamjolariga sayohat tashkil etildi.

Vohamizda joylashgan “Al-Hakim at-Temiziy”, “Sulton Saodat”, “Qirq qiz” va “Kokildor ota” kabi ziyoratgoh majmualariga tashrif buyurgan seminar ishtirokchilari muqaddas qadamjolarning tarixi, ulomaolarining hayoti va yaratgan asarlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
"Gullar bayrami" o’tkazildi

🌺 Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, gullar aqliy va hissiy farovonlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ular stressni kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi va dam olishga yordam beradi. Gullar aromaterapiya kabi terapevtik amaliyotlarda ham qo'llaniladi.

Bugun TerDU Tabiiy fanlar fakultetida talabalarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka yónaltirish maqsadida "Gullar bayrami" tadbiri tashkil qilindi.

Tabiiy fanlar fakulteti dekani prof. A.Xurramov ochib bergan tadbirda talabalari tomonidan manzarali gullardan ko'rgazmalar tashkil qilindi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#hafta_dayjesti

Termiz davlat universitetida hafta davomida bo‘lib o‘tgan yangiliklar dayjesti (23.10.2023 - 28.10.2023)

1.Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi "Streetball" musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

2.Sayyor qabul: talabalar murojaatlari ijobiy yechim topmoqda

3.TerDUda "Rektor kubogi" sport musobaqalari davom etmoqda

4.Termiz davlat universiteti 4-TTJda istiqomat qiluvchi talabalarning taklif va murojatlarini eshitish hamda ularni hal etish maqsadida oʻtkazilgan navbatdagi “Sayyor qabul”da Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov hamda fakultet dekanlari ishtirok etishdi.

5."Talant shou" yangi iste'dodlarni kashf etdi

6.TerDU Axborot texnologiyalari fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” mavzusida trening bo’lib o’tdi.

7.TerDU kimyogar olimlari Geyrovskiy nomidagi fizikaviy kimyo institutining ilmiy laboratoriyalariga tashrif buyurishdi

8.TerDU rektori bakalavr bosqichi talabalariga navbatdagi maʼruza mashgʻulotini oʻtdi

9."Rektor kubogi" doirasida badminton musobaqasi bo'lib o'tdi

10.Termiz davlat universitetida "Vazir kubogi" kurash musobaqasining g'oliblari aniqlandi

11.Voleybol musobaqasining g'oliblari aniqlandi

12.TerDUda "Talaba-qizlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash" mavzusida seminar bo'lib o‘tdi

13.Delegatsiya a'zolari "Janubiy Sibir botanika bog‘i"da ham bo‘lishdi.

14.Xalqaro hamkorlik munosabatlari kengaymoqda

15.Termiz davlat universitetida Tojik tili kafedrasi tashabbusi bilan zulisonayn shoir, tasavvuf va sharqshunos olim, falsafa fanlari doktori(DSc), O‘zbekiston va Tojik tili yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Eron Akademiyasi adibi Jafar Xolmo‘minov (Jafar Muhammad Termiziy)ning 45 yillik ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy kecha tashkil etildi.

16.Ustoz va talabalarning yillik hisobot konserti bo'lib o'tdi

17.Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari Termiz davlat universiteti laboratoriyalari sharoitlari bilan tanishdi  

18.TerDU majlislar zalida Rektor huzuridagi prorektorlar va fakultet dekanlari bilan ishlab chiqarish yigʻilishi oʻtkazildi.

19.“Kun mavzusi” ko‘rsatuvida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi

20.Termiz davlat universitetida Tailand davlati delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi


21.Zukko xotin-qizlar "Zakovat”da bellashdilar


22.Hashar—obodlik va hamjihatlik ramzi

23.TerDUning 3 nafar talabalari Matematika fani boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro olimpiadada oliy o'rinlarni egallashdi

24.III Butunjahon jang san’ati o‘yinlarining dzyudo bahslarida TerDU talabasi Jahongir Mamaraximov oltin medalni qo’lga kiritdi

25.Seminarning 2-kunida ishtirokchilar Surxondaryo viloyatining muqaddas qadamjolarga sayohat qilishdi

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
“Yevropa universitetlarida ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar” mavzusidagi seminar yakunida kimyogar olimlarimiz yana bir hamkorlikka erishdi

Termiz davlat universiteti kimyogar olimlari ishtirok etayotgan Praga shaxridagi “Yevropa universitetlarida ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminari bugun o‘z nihoyasiga yetdi.

Seminar yakunida Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti rahbariyati tomonidan kimyogar olimlarimiz seminar ishlarida faol ishtiroklari uchun sertifikat bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, ushbu institut va Termiz davlat universiteti o‘rtasida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari bajarish, xalqaro loyihalarda faol ishtirok etish va yosh olimlarni ilmiy stajirovka hamda malaka oshirishga yuborish to‘g‘risida kelishib olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV | #Surxondaryo_TRK

Termiz davlat universiteti ayni paytda 50 dan ortiq xorijiy davlatlarning oliygohlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_konferensiya
#ilm_fan

Davlat tashkilotlari xodimlari, olim, doktorant, tadqiqotchi, magistr va talaba-yoshlar diqqatiga!

Davlat boshqaruvi akademiyasi 17-noyabr kuni “O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash muammolari: nazariya, amaliyot va strategiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi munosabati bilan maqolalar qabulini e’lon qiladi.

🕒Qabul 10-noyabrga qadar davom etadi

📩Batafsil ma’lumot axborot xatida.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube