TerDU rasmiy kanali
18.9K subscribers
23.5K photos
2.69K videos
997 files
11K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#Eng_yaxshi_bloger

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan o‘tkazilgan “Eng yaxshi bloger” tanloviga 28 ta Oliy ta’lim muassasalari talabalaridan jami 28 nafar talaba-blogerlarning ijodiy ishlari taqdim etilgan.

♦️ Talabalarning ijodiy ishlari tanlov ekspert guruhi a’zolari Yu.Hamdamov, R.Omonov, X.Ergashev, B.Ayupov, Sh.G‘iyosovlar tomonidan ko‘rib chiqilib, har bir ishtirokchining ijodiy ishlaridagi yutuq va kamchiliklariga alohida ahamiyat berilgan holda I, II va III o'rinlarni aniqlab berishdi.

🔷 Ishtirokchilar orasida Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi Ashurova Maftuna Ortiq qizi ham munosib deb topildi.

⚜️ G'oliblar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan I, II, III darajali diplomlar va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👏Talabamizning ushbu yutugʻi bilan samimiy qutlaymiz va kelgusi ijodiga muvaffaqiyat tilab qolamiz!
____________
Kanalga ulanish: @TerDU340
⚡️TerDU professor-oʻqituvchilari koronavirusga qarshi bepul emlanmoqda

🔰 Joriy yilning 22-iyun kunidan universitet professor-oʻqituvchilari koronovirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari boshlandi.

Oliygohda faoliyat yuritayotgan barcha oʻqituvchi va xodimlar bosqichma-bosqich bepul vaksinatsiya qilinadi.

_________________________
Kanalga ulanish: @TerDU340
#Тайинлов

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигида янги тайинловлар

🔰 Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигида Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси Абдужаббор Абдувоҳидов, Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаев ва вазир Абдуқодир Тошқулов иштирокида бўлиб ўтган йиғилишда сиёсий фанлар номзоди Комилжон Ҳамидович Каримов вазирнинг биринчи ўринбосари, юридик фанлар доктори Раҳим Расулжонович Хакимов вазирнинг фан ва инновациялар бўйича ўринбосари этиб таништирилди.

📌 К.Каримов мазкур тайинловга қадар 2020 йилнинг 17 сентябридан Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети ректори лавозимида фаолият юритиб келган.

📌 Р.Хакимов мазкур тайинловга қадар 2020 йилнинг 28 майидан Тошкент давлат юридик университети ректори лавозимида фаолият юритиб келган.

👉@eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" respublika tanlovi eʼlon qilindi

Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

1️⃣ Birinchi yo‘nalishida — «Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud» mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.

2️⃣ Ikkinchi yo‘nalishda — «Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim» vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.

3️⃣ Uchinchi yo‘nalishida — «O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha» ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

📌 Tanlov joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

📞 Tanlov haqida (71) 215-51-76, (71) 239-86-99 hamda (71) 203-32-32 (232) telefon raqamlari yoki www.til.gov.uz sayti orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

📌Manba: Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi.

https://t.iss.one/terdu340
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OTMdan_munosabat

🇺🇿Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtgan oliy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida keltirilgan masalalarga Termiz davlat universiteti jamoasidan munosabat
__________________________
Kanalga ulanish: @TerDU340
#30_iyun_yoshlar_kuni
#yosh_kompozitorlar_asarlaridan_konsert

Aziz sanʼat shaydolari!

🔷 Sizlarni 2021-yil — “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda 30-iyun — “Yoshlar kuni”ga bagʻishlangan navbatdagi yosh isteʼdodli kompozitorlarning konsert dasturiga lutfan taklif etamiz.

Tadbir joriy yilning 24-iyun kuni soat 11.00 da Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining konsert zalida boʻlib oʻtadi.

🎼 KonsertdaTermiz davlat universiteti talabalari ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.

______________________
Kanalga ulanish: @TerDU340
Forwarded from Edu.uz
#Қабул_2021 | #АБИТУРИЕНТЛАР_ДИҚҚАТИГА

Eduuz эслатади!!!

Олий таълим муассасаларига абитуриент сифатида рўйхатдан ўтиш қачон ва қандай тартибда амалга оширилади?

2021/2022 ўқув йили учун республика олий таълим муассасаларига абитуриент сифатида онлайн рўйхатдан ўтиш 2021 йилнинг 22 июлига қадар (жорий кун ҳам):

👉 Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали (www.my.gov.uz);

👉 Давлат тест марказининг расмий веб-сайти орқали (www.dtm.uz) орқали амалга оширилади.
〰️〰️〰️〰️

👉 @eduuz
Forwarded from MFaktor.uz
12 soatlik onlayn Biznes Marafon

🚀 Hali bunaqasi bo'lmagan. Biznes Marafonga endi dunyoning har qaysi nuqtasidan turib qatnasha olasiz.

27-iyun 12:00 dan 00:00 gacha 12 soat davomida MFaktor YouTube kanalida 16 ta tajribali tadbirkorlardan jonli efirda savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Tadbirimiz jadvali:

12:00 Timurbek Adxamov Ta’lim va IT
12:45 Shohida Ibragimova Moliyaviy savodxonlik
13:00 Shaxlo Ziyodullayeva LinkedIn va chet elda o’qish
14:15 Feruzbek Allayev Onlayn savdo
15:00 Xikmat Abduraxmanov Tadbirkor va ta’lim. Shaxsiy tajriba
15:45 Magdiyev Shaxzod O'zbekistonda IT loyihalarini boshqarish
16:30 Xayrulla Sattorov Yoshlarning tadbirkorlik boshlashi uchun imkoniyatlari
17:15 Abror Baxtiyarovich Mashxurlik nega kerak?

📝 Savollaringizni ism familiyangiz, qayerdan ekanligingiz va qaysi spiker uchun berayotganingizni birgalikda izohlarda yozib qoldiring .

Mavzuga oid savollaringizni quyidagi havola orqali yozib qoldiring: https://forms.gle/a7QAFDkz5HfsMQNT8

@MFaktorUz