TerDU rasmiy kanali
21.2K subscribers
21.8K photos
2.59K videos
997 files
10.5K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#Tayinlov

Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan Toshpo‘latov Shukrullo Meliboyevich rektorning axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi - matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shukrullo Toshpo‘latov 1995-yil Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan.

U 2021-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Termiz shahridagi Prezident maktabida Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TerDU #rektor #yoshlar

Rektor va yoshlar uchrashuvi

🟢Rektor universitetning harbiy xizmatni o‘tagan talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari hamda Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, fakultet va yoʻnalish koordinatorlari bilan uchrashdi.

🟢Uchrashuvda “Qalqon” jamoatchilik guruhi hamda yoshlar yetakchilari faoliyatini jonlantirish, universitetning barcha talabalarini maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalariga qamrab olish, tashabbuskorlik koʻrsatish zarurligi taʼkidlandi.

🟢Muloqot soʻnggida rektor talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Bu borada ularga qancha yordam, koʻmak zarur boʻlsa, qoʻllab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm #inklyuziv_sayohat #TerDU

📌 Termiz davlat universitetining bir guruh talabalari viloyatimizdagi diqqatga sazovor ziyorat maskanlari Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat majmuasi va Qirqqiz qalʼasida boʻlishdi.


Sayohat talabalarimizga qanchalik manzur bo‘lganligini videorolik orqali bilib olishingiz mumkin
.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
#yosh_kitobxon #iqtidorli_yoshlar #TerDU

TerDU talabasi “Yosh kitobxon” tanlovida III o‘rinni egalladi

🟢“Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichi 25-30 yosh toifasida Termiz davlat universiteti 3-bosqich talabasi Fazilat Diyorova 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, diplom, esdalik sovgʻalari hamda 30 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

🟢Talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz.💐💐💐

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_ligasi #tennis #TerDU

🏓 Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida stol tennisi bo'yicha “Talabalar ligasi”ning hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Aylanma usulda o'tkazilgan musobaqada universitetimiz sharafini himoya qilgan talabalar mahoratli o'yin ko'rsatib g'oliblikka erishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra:

O’g’il bolalar o’rtasida:
1-o‘rin Jamshid Choriyev (TerDU)
2-o‘rin Xalilov Abduxalilmirzo (TerDU)
3-o‘rin Behruz Safarov (TerDPI)

Qizlar o’rtasida:
1-o’rin Husnida Bozorova (TerDU)
2-o’rin Marjona Shodavlatova (TerDPI)
3-o‘rin Jasmina Abdusamadova (TerDU)

Endilikda talabalar musobaqaning Republika bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kitishdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tafsilot

Rektor rahbarligida universitetda taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Yigʻilishda dastlab 2024-yil 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hayʼat yigʻilishidagi taʼlim muassasalariga berilgan topshiriqlar boʻyicha universitet masʼullariga axborot berilib, topshiriqlar ijrosi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig'ilish davomida universitetda bakalavriat ta'lim yo'nalishlarini optimallashtirish, mavjud ta'lim yo'nalishlarining o'quv rejalaridagi tanlov fanlarini kadrlar buyurtmachilari bilan kelishgan holda ishlab chiqib tasdiqlash mexanizmini takomillashtirish bilan bir qatorda universitet axborot resurs makazi fondini zamonaviy darsliklar bilan boyitish choralarini ko'rish masalalari muhokama qilindi.

Yig'ilish yakunida ijara xonadonlarida turuvchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish natijalari bo'yicha ishchi guruh hisoboti eshitildi. Mavjud kamchilklar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, masʻullarga zaruriy topshiriqlar yuklatildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qish_ziynati #talabalar_kayfiyati #TerDU

❄️Qishning soʻnggi kunlarida yoqqan qor talabalarga qish zavqini ulashmoqda

🟢Qorli kunlardagi quvonchli onlarni koʻpchilik talabalar fotosuratlarga muhrlayotgan boʻlishsa, yana kimlardir bolalik davrlarini eslab qorboʻron oʻynashmoqda. Biz ham universitet yoshlarining xursandchilik damlarini videoplyonkaga muhrladik.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM