TerDU rasmiy kanali
21.1K subscribers
21.8K photos
2.59K videos
997 files
10.5K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Sayyor qabul: talabalar murojaatlari ijobiy yechim topmoqda

Termiz davlat universitetining 6-TTJda istiqomat qiluvchi talabalarning taklif va murojatlarini eshitish hamda ularni hal etish maqsadida universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev va Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida talabalardan 30 ta murojaat va takliflar kelib tushdi. Ularning 16 tasi shu joyning o'zida hal etilgan bo'lsa, 14 tasiga tushuntirish berildi va mas'ullarga biriktirildi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetining SIRTQI ta’lim shakli 2-kursida tahsil oluvchi talabalar diqqatiga!

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi 2-kurs S-I-122,222,322,422,522-guruhlar, Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yich) ta'lim yo'nalishi 2-kurs S-Bux-122,222,322-guruhlar, Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi S-Tur-122,222-guruhlar hamda Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta'lim yo'nalishi SMMT-122,222,322-guruh talabalari uchun 2023/2024-yilining oʻquv rejasiga muvofiq kuzgi semestri 2023-yilning 30-oktabr kunidan dars mashg'ulotlari an'anaviy (offline) shaklda bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.

❗️Barcha talabalarning dars mashg'ulotlari hamda yakuniy nazorat ishlarida to'liq ishtirok etishlari soʻraladi!

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Rektor_kubogi

TerDUda "Rektor kubogi" sport musobaqalari davom etmoqda

🔹 Bugun, 24-oktabr kuni Termiz davlat universiteti talabalari o'rtasida shaxmat-shashka bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

O'g'il bolalar o'rtasidagi shaxmat o’yinlarida:
1-o'rinni Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Korshayev Xasan;
2-o'rinni Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Chorshanbiyev Temur;
3-o'rinni Milliy libos va san'at fakulteti talabasi Tashatov Zafar;

Qiz bolalar o'rtasida:
1-o'rinni O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi Turdimurodova Dildora;
2-o'rinni Tarix fakulteti talabasi Xo'shboqova Gulmira;
3-o'rinni Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Karimova Shaxlo;

Shashka natijalariga ko'ra o'g'il bolalar o'rtasida:
1-o'rinni Tabiiy fanlar fakulteti talabasi O'ralov Adham;
2-o'rinni Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Jumayev Eldor;
3-o'rinni Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi O'roqov Sharofiddin;

Qiz bolalar o'rtasida:
1-o'rinni O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi Ziyoqulova Munisa;
2-o'rinni Tarix fakulteti talabasi Soatova Xusnigul;
3-o'rinni Kimyo fakulteti talabasi Abdushukurova Sevara egalladi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
DIQQAT EʼLON

🔰Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-kurs talabalari diqqatiga!

Yuridik fakulteti sirtqi ta’lim yo’nalishlarining 2-kurs YuS-622,YuS-722 va YuS-822-guruh talabalari uchun 2023-2024-o’quv yilining kuzgi semestri dars mashg’ulotlari joriy yilning 30-oktabr sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Barcha talabalarning dars mashg'ulotlari hamda yakuniy nazorat ishlarida to'liq ishtirok etishlari soʻraladi!

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Sayyor_qabul

Termiz davlat universiteti 4-TTJda istiqomat qiluvchi talabalarning taklif va murojatlarini eshitish hamda ularni hal etish maqsadida oʻtkazilgan navbatdagi “Sayyor qabul”da Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov hamda fakultet dekanlari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda talabalardan moddiy yordam, TTJdagi sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha 3 ta taklif va 17 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning yechimini oʻz vaqtida hal etish maqsadida chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt
#Talant_shou

"Talant shou" yangi iste'dodlarni kashf etdi

Bugun
Termiz davlat universitetida talaba va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talant shou” tanlovi o’tkazildi. Pozitiv kayfiyat bilan boshlangan tanlovda universitetdan 25 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Iste’dodli gitarachi talabalar o‘zlarining milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlari bilan davraga fayz kiritdi.

Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o'rinni Milliy libos va sanʼat fakulteti talabasi Karimov Javohir;
2-o'rinni Milliy libos va sanʼat fakulteti talabasi Shaymardanov Baxrom va Nabiyeva Maftuna;
3-o'rinni Tarix fakulteti talabasi Ramazonov Ozodbek va Arxitektura va qurilish fakulteti talabasi Shosaidov Davron egalladi.

🔽 Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram |🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube|🌐Sayt