TerDU rasmiy kanali
21.1K subscribers
21.9K photos
2.6K videos
997 files
10.5K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Respublikamiz hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʼliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yoʼllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obʼektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining viloyat bo‘lim boshlig‘i A.Pardayev, Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, Boysun tumani hokimining qishloq va suv xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari Ch.Abdunazarov boshchiligida ishchi guruhi aʼzolari Boysun tumanidagi “Sho'rsoy” MFYda istiqomat qiluvchi aholi murojaatlarini oʼrganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish boʼyicha zarur chora-tadbirlarni koʼrdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🔰Termiz davlat universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va "Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi" tashabbusi bilan ingliz tilida zakovat ya'ni "English-quiz" hamda "English master-class” loyihasining navbatdagi mavsumi tashkil etilmoqda.

❗️Maqsadimiz – kuchli mutaxassislar bilan muloqot va tajriba almashish maydonini yaratishdir. "English-quiz" loyihasi bilan esa siz olgan malaka va ko‘nikmalaringizni ingliz tilida olib boriladigan noodatiy zakovatda sinab ko'rishingiz mumkin.

☑️ Ushbu loyihada ingliz tilida yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan barcha yoshdagi yigit-qizlar ishtirok etishlari mumkin!

❇️ "English-quiz" loyihasining g‘oliblari diplom hamda quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

1-o'ringa 1 000 000 so'm
2-o'ringa 800 000 so'm
3-o'ringa 600 000 so'm

📌 Eslatib o'tamiz loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 13-mart soat 17.00ga qadar 4 yoki 5 kishidan iborat jamoa yig‘gan holda, jamoa sardorlari @helpsyou_everymoment orqali o‘z jamoasini ro'yxatdan o‘tkazishlari kerak!

📆 Muddati: 2023-yil 14-mart

Vaqti: 14:00

🏢 Manzili: Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi 4-qavat

⚡️Jamoangiz bilan ishtirok eting va g'olib bo'lin!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#Diqqat!

⚡️O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda odamlarni haqorat qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, shuningdek jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun so‘ragan puli undirilib beriladi

Adliya vazirligi foydalanuvchilarga internetda, so‘kish, tuhmat qilish uchun haqiqiy jinoiy jazo kutilishi, jabrlanuvchilar ularga yetkazilgan ma’naviy zararni pul kompensasiyasi shaklida qoplashni talab qilish huquqiga ega ekanligini eslatdi. Do‘stlaringizni ogohlantiring, birovlarni so‘kmang!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
#rektor_kubogi

🔰 “REKTOR KUBOGI” doirasida tashkil etilgan tanlovlardan biri "SPELLING" tanlovi o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

Tanlov 3 bosqichdan iborat bo'lib:

🔹1-bosqichda ishtirok etishni xohlaganlar 3-mart sanasiga qadar ro'yxatdan o'tishlari kerak.

🔹2-bosqichda ishtirokchilardan 20 nafari suhbat asosida saralanadi (4-mart)

🔹Tanlovning final bosqichida ishtirokchilar chet ellik mutaxasisslar tomonidan berilgan savollarga to‘g‘ri javob berishlari kerak.

❇️ Yuqori o‘rinni egallagan talabalar diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanishadi.

📆 Muddati: 11.03.2023-yil

vaqti: 10:00 .

📍Manzil: Xorijiy filologiya fakulteti 200-xona

☎️ Murojaat uchun tel: +998912349494

⚡️ Aziz talabalar tanlovda ishtirok eting va g‘olib bo‘ling

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Respublikamiz hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʼliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yoʼllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obʼektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining viloyat bo‘lim boshlig‘i A.Pardayev, Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, Boysun tumani hokimining qishloq va suv xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari Ch.Abdunazarov boshchiligida ishchi guruhi aʼzolari Boysun tumanidagi “Poygaboshi” MFYda istiqomat qiluvchi aholi murojaatlarini oʼrganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish boʼyicha zarur chora-tadbirlarni koʼrdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
QIZLAR DAVRASI –GULLAR DAVRASI

Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakutetida o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan “Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultetning 6 nafar iqtidorli, iste’dodli talaba qizlari ishtirok etdi va tanishtiruv, bahri bayt, Zulfiyaxonim obrazi hamda pazandalik kabi shartlarda o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.

Yakunida yuqori o‘rinlarni egallagan talabalar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting! 
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️  
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt