TerDU rasmiy kanali
22K subscribers
21.3K photos
2.54K videos
996 files
10.4K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🏛Termiz davlat universitetida talabalar tomonidan chizilgan eng sara rasmlar talabalar turar joylari va o'quv binolarining yo'laklariga ilinmoqda.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Forwarded from Edu.uz
#o‘qishni_ko‘chirish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2022/2023-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi.

💾 Ro‘yxatni yuklash

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

👉 Vazirlik (idora)lar tasarrufidagi OTM ro‘yxati

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari tavsiya etilgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
DIQQAT EʼLON!

❗️ Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (turlari bo’yicha) va Geografiya taʼlim yoʻnalishlari  sirtqi  2-kurs hamda 2-oliy talim 3 va 4-kurs talabalari diqqatiga!

🔰Joriy yilning 20-fevral sanasidan  boshlab quyidagi guruhlarga oʻquv rejaga muvofiq anʻanaviy shaklda dars mashg’ulotlari va yakuniy nazoratlar oʻtkaziladi:
- 2-kurs Biologiya (turlari bo’yicha)  BS-121, 221, 321 guruhlar,
- 3-kurs Biologiya (turlari bo’yicha) 2OTB-121, 221 guruhlar,
- 4-kurs Biologiya (turlari bo’yicha) 2OTB-214-215 guruhlar, 
- 2-kurs Geografiya  ta’lim yo’nalishi GS-121, 221 guruhlar,
- 3-kurs Geografiya  ta’lim yo’nalishi 2OTG-121 guruhlar
- 4-kurs Geografiya  ta’lim yo’nalishi 2OTG-216 guruhlar. 


❗️Barcha talabalarning dars va yakuniy nazoratlarda ishtirok etishlari soʻraladi!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🇺🇿 Joriy yilning 17-19-fevral kunlari Toshkent shahrida erkaklar va ayollar o'rtasida sportning Sambo kurashi va Boyevoy sambo turlari bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

🏛Unda Termiz davlat universiteti talabalari Abduvohidova Xurshida 54 kg vaznda, Shapoatova Xojar 57 kg vaznda hamda Raxmonov Saydullo 98 kg vazn bilan 3-o'rinni egalladi.

💐 Chempionlarimizni ushbu yutug‘i bilan, eng avvalo o‘zlarini va oila aʼzolari hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida 1–kurs talabalarining ota-onalari bilan fakultet jamoasining “Ustoz-shogird tizimi” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultet dekani H.To‘rayev, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ota-onalarni universitetda talabalar uchun yaratilgan shart–sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida universitet hayotiga oid videorolik taqdim etildi, shuningdek, ichki tartib-qoidalar hamda kimyo fakultetida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilib, iqtidorli talabalar tomonidan she’rlar, raqs va qiziqarli tajribalar namoyish etildi.

Yakunida 1-kursda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar hamda ularning ota-onalari faxriy yorliq va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt