TerDU rasmiy kanali
22.2K subscribers
21.2K photos
2.53K videos
996 files
10.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
"Janub gavhari" jamoasi hududiy bosqichda ishtirok etadi

🔰 O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tashkilot va idoralari bilan hamkorlikda viloyat qo'g'irchoq teatrida oliygohlararo “Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi” tanlovining mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda:

Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” jamosi “Ogoh bo’lgin, baxt seniki” sahna ko’rinishi;

Termiz davlat universitetining Pedagogika institutining “Jayhun” jamoasi “Usmon Nosir” sahna ko’rinishi;

Termiz agrotexnologiya va innovatsion rivojlanish institutining “Quvnoq yoshlar“ jamoasi “Parvona“ sahna ko’rinishi;

Termiz muhandislik-texnologiya institutining “Chagʻaniyon“ jamoasi “Tungi shafaq“ sahna ko’rinishlari bilan ishtirok etishdi.

Mazmunli sahna ko’rinishlarga boy bo’lgan teatrda TerDUning “Janub gavhari” jamosi“ gʻolib deb topildi va hududiy bosqichda ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
MASOFAVIY OLIMPIADA

Moskva davlat pedagogika universiteti “Педагогическое цифроведение ” toʻrtinchi xalqaro talabalar masofaviy olimpiadasida ishtirok etishga taklif qiladi.

📌Olimpiadaning asosiy maqsad va vazifalari:

-talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy va pedagogik faoliyat, intellektual rivojlanish uchun sharoit yaratish, kasbga yo'naltirish va davom ettirishda yordam berish, shu jumladan ta'lim, ilmiy bilimlarni targ'ib qilishdir.

🏆Olimpiadada ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga qatnashganlik sertifikatlari, g‘olib va sovrindorlarga diplomlar yuboriladi.

❗️Olimpiada masofaviy formatda bepul o‘tkaziladi.

Olimpiada topshiriqlarini roʻyxatdan oʻtkazish/toʻldirish muddati 2022 yil 31-maygacha.

🧑🏻‍💻Ro‘yxatdan o‘tish:
(https://sdo.mpgu.org/olympiads).
📫[email protected]

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
DIQQAT, EʼLON!

🏢 Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetining Informatika o‘qitish metodikasi taʼlim yoʻnalishi sirtqi (qo‘shni davlat) 3-kurs talabalari diqqatiga!

🔰 3-kurs S-IO‘M-119, S-IO‘M-219, S-IO‘M-319, S-IO‘M-419, S-IO‘M-519, S-IO‘M-619, S-IO‘M-719, S-IO‘M-819, S-IO‘M-919, S-IO‘M-1019, S-IO‘M-1119, S-IO‘M-1219 guruhlariga oʻquv rejaga muvofiq oʻquv jarayonining 4-haftasidagi (31.05.2022 dan 6.06.2022 gacha) oʻquv mashgʻulotlari hamda oraliq va yakuniy nazoratlar (7.06.2022 dan 11.06.2022 gacha) universitetning Fizika-matematika binosida an’anaviy shaklda o‘tkaziladi.

❗️Barcha talabalarning o‘quv mashgʻulotlari va yakuniy nazoratlarda ishtirok etishlari shart ekanligi soʻraladi!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
DIQQAT, EʼLON!

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-kurs Iqtisodiyot sirtqi (o'qishni ko'chirib kelgan, qo‘shni davlat) ta’lim shakli talabalari diqqatiga!

🔰 Joriy yilning 31-may sanasidan boshlab 3-kurs SI-119, SI-219, SI-319, SI-419, SI-519, SI-619, SI-719, SI-819, SI-919, SI-1019, SI-1119-guruhlarga oʻquv rejaga muvofiq 1-haftalik anʼanaviy shaklda yakuniy nazoratlar boshlanishini ma'lum qilamiz.

❗️Barcha talabalarning yakuniy nazoratlarda ishtirok etishlari shart ekanligi soʻraladi!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
🔰 Respublika Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” Respublika ochiq turnirining viloyat bosqichida "Professional erkaklar" o'rtasida 1-o‘rinni TerDu Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti katta o‘qituvchisi Norboyev Nabijon Narziqulovich egalladi hamda respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

💐 TerDUning ko‘p ming sonli jamoasi nomidan Nabijon Narziqulovichni navbatdagi yutug'i bilan tabriklaymiz hamda mustahkam sog'lik, faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#TerDU_yangiliklari
#navbatdagi_yutuq

Yengil atletika sport turi bo’yicha O’zbekiston kubogida TerDU talabalari g’alabalar bilan qaytishdi

2022 yilning 26-28-may kunlari Toshkent shahrida sportning yengil atletika turi bo'yicha O'zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Mazkur chempionatda Termiz davlat universitetining1-kurs talabasi Abduqahharor Nuriddin 2-o'rinni, 2-kurs talabasi Allanazarov Aliakbar 3-o'rin, 4-kurs talabalari Choriyev Shahzod 3-o'rin, Qudratullayev Munisbek 2-o’rinni egalladi.

3-kurs talabasi Xolliyeva Hurshidabonu 2- va 3-o‘rin sohibasi bo‘ldi hamda talabamizga O‘zbekiston sport ustasi unvoni berildi.

Quvonarlisi, Surxondaryo viloyati terma jamoasi 4x100 estafeta turi bo’yicha ilk bor 2-o’rin egallab tarix zarvaraqlarini yangiladilar!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Tanlov g‘oliblari aniqlandi

🔰 Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 143-sonli buyrug’i ijrosini taminlash hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi plakat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?”, “O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” mavzularida “Eng yaxshi maqola”, “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida ijodiy ishlar tanlovining Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar oʻrtasida Respublika tanlovlarining universitet bosqichini oʻtkazildi.

⚡️ Ishchi guruh xulosasiga koʻra "Jaholatga qarshi maʻrifat" mavzusida "Eng yaxshi plakat" tanlovida:

1-oʻrinnni Boltayeva Sarvinoz Nortoʻra qizi (Milliy libos va sanʻat fakulteti 2-kurs talabasi);
2-oʻrinnni Oʻrinova Marjona Abdurasul qizi qizi (Milliy libos va sanʻat fakulteti 2-kurs talabasi);
3-oʻrinni Ziyodullayeva Ziyoda Bekzodovna (Milliy libos va sanʻat fakulteti 1-kurs talabasi);

⚡️ "Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?", "Oʻzbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman" mavzularida "Eng yaxshi maqola" tanlovida:

1-oʻrinni Mamatova Gulnahor Shernazar qizi (Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi);
2-oʻrinni Xudoyberdiyev Rahimnazar Xolnazar oʻgʻli (Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi);
3-oʻrinni Bulekbayeva Yekaterina Aleksandrovna (Rus va qardosh tillar fakulteti 3-kurs talabasi)

⚡️ "Odam savdosi - davr muammosi" mavzusidagi maqola va insholar tanlovining insholar tanlovida:

1-oʻrinni Abdugʻafforova Parvina Abdukarimovna (Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi);
2-oʻrinni Ismoilova Zuxraxon Inomjon qizi (Iqtisodiyot va turizm fakulteti 1-kurs talabasi);
3-oʻrinni Normamatova Roziya Oʻktam qizi (Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi) egalladi.

❗️Mazkur tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabalar Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Vijdon saratoni" hujjatli filmi

Mazkur hujjatli film korrupsiya tushunchasiga hayot uchun oʻta xavfli boʻlgan kasallik rakursidan nazar tashlashga undaydi.

Filmning bosh qahramonlari — korrupsiya haqida maqola tayyorlayotgan jurnalist va davlat xizmatida faoliyat ko‘rsatib, korrupsion jinoyat sodir etgan mahkum obrazlarining hikoyasi orqali tomoshabin bu og‘riqli mavzuni chuqurroq tahlil etadi. Ekspertlar intervyulari esa tasvirni yanada kengroq ochib beradi.

Albatta, tomosha qiling: https://youtu.be/JRY6UwW_uLU

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#anons | #talabalar_teatri

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tashkilot va idoralari bilan hamkorlikda viloyat qo'g'irchoq teatrida oliygohlararo “Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi” tanlovining mintaqaviy bosqichi o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Mazkur tanlovda TerDUning “Janub gavhari” jamosi” gʻolib deb topildi va hududiy bosqichda ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

“Ogoh bo’lgin, baxt seniki” sahna ko’rinishini Termiz davlat universitetining You tube (https://bit.ly/2TVYmVD) sahifasida bugun, 30-may kuni soat 21:00 da tomosha qiling

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰 TerDU Fizika-matematika fakulteti qoshidagi Termiz “FM Iqro Bukhara" o‘quv markazi tashabbusi bilan matematika fanidan Termiziy nomli sovrinli olimpiada o‘tkazildi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Eslatib o'tamiz bugun, 31-may 2022-yil soat 17:00 da "TALABALIK BAHORI" yoshlar festivali bo'lib o'tadi.

Festival doirasida ko'plab dasturlar o'tishi rejalashtirilgan bo'lib, shulardan 4 ta tur "ZAKOVAT" o'yinlari
"ESSELAR TANLOVI"
"RASSOMCHILIK TANLOVI"
"VELOMARAFON"
bo'yicha tanlovlari o'tkazilib, g'olib bo'lgan ishtirokchi talabalar quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

1-o'rin 1 mln so'm
2-o'rin 800 ming so'm
3-o'rin 600 ming so'm

Shuningdek, oliygohimizda ilk bor "QIZLARJON KLUBI" ning ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Barcha talabalarni ushbu festivalga taklif etamiz!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - O‘zA mamlakatimizning yagona rasmiy axborot agentligi hisoblanadi. Barcha vazirlik va qo‘mitalar, diplomatik korpus vakillari, xalqaro tashkilotlar ushbu saytdan birinchi ishonchli manba sifatida foydalanadi.

Texnika, tarix, iqtisodiyot, falsafa, filologiya, yuridik va tibbiyot fanlari sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar, ilmiy-nazariy yangiliklar xususida virtual muhitda axborot almashish imkoniyatini yaratadigan o‘ziga xos eng qulay makon hisoblanadi. Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan yetkazib beradi.

Shu munosabat bilan Termiz davlat universiteti olimlari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va magistrlarining O‘zA Ilm-fan bo‘limi elektron jurnali bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yishlarini tavsiya qilamiz.

Qo‘shimcha savollar, shuningdek, maslahat uchun universitet Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
– O'qish yetarli emas, uqish kerak;
– Istash yetarli emas, bajarish kerak.

• Haqiqatan ham, biror narsani bilishingiz sizni o'sha sohada yetakchi ekanligingizni anglatmaydi.

• Biror narsani xohlashingiz, sizni shu narsaga erishtirib qo'ymaydi (agar harakat qilmasangiz).

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali