TerDU rasmiy kanali
21.3K subscribers
21.7K photos
2.59K videos
997 files
10.5K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#TerDU | #zakovat

TerDUda Zakovat intellektual o'yinining final bosqichi boʻlib oʻtdi

🔰 Bugun Termiz davlat universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bag'ishlab Yoshlar itiffoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi o'tkazildi.

🏛 Intellektual o'yin O'zbek filologiyasi fakulteti hovlisida tashkil qilindi hamda unda yarim finalda yuqori ball to'lagan 25 jamoa ishtirok etdi.

Qizg'in kechgan o'yin natijalariga ko'ra:

🥇 Imperiya (Tarix fakulteti) 1 000 000 so'm;

🥈 Ideal Plus (Magistratura boʻlimi) 800 000 so'm;

🥉 Lawyer (Yuridik fakulteti) 600 000 so'mni qo'lga kiritishdi.

🏆G'olib bo'lgan jamoalar diplom, esdalik sovg'alari hamda yuqorida ko'rsatilgan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#kun_hikmati

🔴 Eng kambagʻal inson uyi yoʻq inson emas, oilasi yoʻq inson ham emas, choʻntagida biror chaqasi yoʻq inson ham eng kambagʻal inson emas!

Eng kambagʻal inson bu ORZUSI va MAQSADI yoʻq insondir!

✍️Suqrot

https://t.iss.one/terdu340
Termiz davlat universiteti va mahallalar hamkorligi davom etmoqda

🔰 TerDU Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari Alisher Navoiy mahallasidagi 24-maktabda bo‘lishdi.

"Bir oilada ezgu maqsadlar sari" shiori ostida 24-maktab o‘quvchilari bilan “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔶 Davra suhbatida falsafa fanlari nomzodi, professor X.Xudayberdiyev, Termiz shahar Murchbobo masjidi imomining noibi Q. Bahromov hamda fakultetning professor-o‘qituvchilar va tyutorlari ishtirok etishdi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
DIQQAT EʼLON!

🏢 Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (turlari bo’yicha) va Geografiya taʼlim yoʻnalishlari sirtqi 1 va 2-kurs hamda 2-oliy taʻlim 2 va 4-kurs talabalari diqqatiga!

🔰Joriy yilning 20-aprel sanasidan soat 17:30 dan boshlab 1-kurs GS-121, BS-121,221 guruhlar, 2-kurs GS-120, 220, BS-120, 220, 320, 420, 520, 620 guruhlar, 2-oliy taʻlim 2-kurs G-121, B-121, 221, 4-kurs B-313, G-314 guruhlariga oʻquv rejaga muvofiq anʻanaviy shaklda dars mashg’ulotlari va yakuniy nazoratlar oʻtkaziladi.

❗️Barcha talabalarning dars va yakuniy nazoratlarda ishtirok etishlari soʻraladi!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
SADRIDDIN AYNIY TAVALLUDI NISHONLANDI

🔸 O‘zbek va tojik xalqi azaldan doʻst-u birodar boʻlib yashab kelishmoqda. Ular ikki tilda gaplashsada, madaniyat, urf-odat va anʼanalar oʻxshashdir.

Termiz davlat universitetida tojik xalqining taniqli shoiri Sadriddin Ayniy tavalludining 144 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

🔸 Mazkur tadbirda professor-o‘qituvchilar, ijodkorlar, talabalar, OAV vakillari ishtirok etdi. Sadriddin Ayniy hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma‘ruzalar qilindi. Talabalar tomonidan adib faoliyati bilan bog‘liq badiiy lavha, asaridan parcha ijro etildi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
🗣 “Boʻlajak olim” tanlovining 3-mavsumida yoshlarning STARTAP loyihalari boʻyicha arizalar qabul qilish boshlandi

Topshiriladigan startap loyiha shartlari:

🔹 Biznes model yoki biznes reja mavjudligi;
🔹 Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
🔹 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim)
🔹 Startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi.

Ilmiy loyihalar StartUp o'rnida qabul qilinmaydi

❗️ Eslatib o‘tamiz:

Tanlov doirasida Startap loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning 15-may soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

‼️ Tanlov shartlari, topshiriladigan hujjatlar hamda batafsil ma'lumot.
🔥 Kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit oling!

☑️ Eslatib o‘tamiz, “One Million Uzbek Coders” kurslari bitiruvchilariga kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit berish davom etmoqda!

Buning uchun nima qilish kerak?
▫️ “One Million Uzbek Coders” platformasidagi kurslarni ko‘pi bilan ikki oy oldin tamomlaganlik sertifikatiga ega bo‘lish;
▫️ Davlat xizmatlari Markaziga murojaat qilish va onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish: https://my.gov.uz/ru/service/523;
▫️ Yoshlar ishlari Agentligidan tasdiqlashni kutish;
▫️ Quyidagi banklarga murojaat qilish: Aloqabank, Microcredit Bank va Xalq Bank.

☑️ Kredit 2 yilga beriladi va uning foizi yoshlar ishlari Agentligi tomonidan qoplanadi. Asosiy qarz, qarz oluvchi tomonidan toʻlanadi.

➡️ Batafsil maʼlumotni bizning veb-saytimizda bilib oling: https://clck.ru/enzLv
Diqqat e'lon!

⚡️18-22 aprel kunlari Xitoy tilini oʻrganish boʻyicha ICCCM (Malayziya xalqaro madaniy aloqa markazi) onlayn konferensiyasi boʻlib oʻtadi.

Unda xitoy tilini oʻrganishni xohlovchi oʻqituvchilar, talabalar va boshqalar ishtirok etishi mumkin.

👉 Besh kunlik treningni tugatgandan so'ng ishtirokchilar E-sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

🧑🏻‍💻ZOOM-ga ulanish uchun havola: https://zoom.us/j/96820634318

🗓Onlayn treningning sanasi va vaqti: 18-22 aprel Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#tabriklaymiz

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yosh isteʼdod egalarini yuzaga chiqarish maqsadida hamda "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida oʻtkazilgan "Boʻzatov fest" yoshlar ovozi tanlovining Termiz shahar bosqichining "Opera" yoʻnalishida 23-30 yosh toifasida TerDU Musiqa taʼlimi kafedrasi 2-kurs talabasi Bakumenka Yekaterina faxrli 2-oʻrinni egalladi.

💐 Termiz davlat universiteti jamoasi nomidan Bakumenka Yekaterinani qo'lga kiritgan ushbu yutug'i bilan tabriklaymiz, mustahkam sog'lik va faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#tanlov
"Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida"

☝️Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan, "Oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar" tadqiqotchi va magistrlar o'rtasida "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" mavzusida tanlov e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi.
🔹Besh muhim tashabbusni keng joriy etish va unga yoshlar qamrovini oshirish;
🔹Yoshlar o'rtasida IT texnologiyalar va xorijiy tillarni o'zlashtirishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish;
🔹Ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash,
🔹Hududlarda inklyuziv ta'limni rivojlantirish bo'yicha innovatsion yondashuv usullari.
🔹Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullari;
🔹Yoshlar, jumladan voyaga yetmaganlar o'rtasida-jinoyatchilik va huquqburarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo'yicha ta'sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish.

📥 Hujjatlarni qabul qilish jarayonlari joriy yilning 1-mayidan boshlab, 20-may sanasiga qadar.

🔰Tanlov ikki bosqichda bo'lib o'tadi.
1️⃣-o'rin — 10 mln. so'm;
2️⃣-o'rin — 7 mln. so'm;
3️⃣-o'rin — 4 mln. so'm miqdoridagi pul mablag'i va diplom bilan taqdirlanadi.

1️⃣-o'rin sohibi keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

📑 Hujjatlarni topshirish uchun:
Tahsil olayotgan taʼlim muassasalaringizga murojaat qilsangiz boʼladi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi