TerDU rasmiy kanali
22.1K subscribers
21.2K photos
2.53K videos
996 files
10.4K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🔰 Joriy yilning 1-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilishida aholi oʻrtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni sport tadbirlari bilan qamrab olish masalalari muhokama qilingan edi.

⚡️ Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TerDUda sport musobaqalari, ommaviy sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Bugun Termiz davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat-ma'rifat bo'limi boshlig'i B.Toshqobilov tashabbusi bilan 2-TTJda hamda ijarada yashovchi Milliy libos va san'at fakultetining 1-kurs Dizayn yo'nalishi talabalari ishtirokida "Sport- sog'lom hayot garovi" shiori ostida fakultet tyutorlari bilan badantarbiya mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
DIQQAT EʼLON!

🏢 Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti 4-kurs sirtqi taʼlim shakli hamda 2-oliy ta’lim 3-kurs Jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishining talabalari diqqatiga!

🔰 Joriy yilning 18-aprel soat 8:00 dan 2-oliy ta’lim 3-kurs 301-guruhiga oʻquv rejaga muvofiq 4 haftalik dars mashgʻulotlari boshlanadi.

🔰Joriy yilning 18-aprel soat 8:00 dan 4-kurs sirtqi taʼlim shakli SJM-118, S-JM-118-218-318-418-518-618-718-818 guruhlariga oʻquv rejaga muvofiq 4 haftalik dars mashgʻulotlari boshlanadi.

❗️Barcha talabalarning dars mashgʻulotlarida ishtirok etishlari soʻraladi!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Bugungi kunda dunyoda ilmsizlik va jaholat oqibatida yuzaga kelayotgan ekstremizm va terrorizm kabi illatlar barchani tashvishga solib kelayotgani barchamizga ma’lum. Buning oldini olish uchun esa yoshlarni ilm-maʼrifatli, komil inson qilib tarbiyalash jamiyatimiz, ziyolilarimiz oldida turgan kechiktirib boʻlmas vazifadir.

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida “Men diniy ekstremizm va terrorizni qanday tushunaman”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Talabalarga avvalo muqaddas Islom dinining asl mohiyatini aslida bizning vatanimizdan chiqqan buyuk daholar Moturidiy, Al-Buxoriy, At-Termiziy va boshqa bir qancha mutafakkirlar tomonidan bebaho asarlar bitib qoldirishganligi, butun dunyodagi islom diniga e’tiqod qiladigan xalqlar va davlatlar tan olganligi haqida aniq fikrlar bildirildi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
🔹 Joriy yilning 11-13 aprel kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida “Elsevier S&T” xorijiy kompaniyasi tomonidan 3 kunlik o‘quv seminar-trening bo'lib o'tdi

Trening Scopus va SciVal platformalarida ishlash, universitet profillarini tahlil qilish va xalqaro hamkorlikni tashkil etish uchun hamkorlar topish sohasidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan.

🔸 Seminar-treningda 12 ta oliy ta`lim muassasalaridan ishtirok etayotgan vakillari ushbu platformalardan amalda foydalanishni o‘rganishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Shuningdek, seminar-treningda Termiz davlat universitetidan xalqaro reyting bo'yicha mas'ul sifatida vakillar ishtirok etishdi.

⚡️ Trening Kirill Ivanov (Rossiya federatsiyasi), Rabiga Khozhamkul (Qozog‘iston) hamda Damir Rahmetov - “Elsevier S&T”ning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha mintaqaviy rahbari tomonidan olib borildi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#TerDU | #ochiq_muloqot

Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔰TerDU Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiyev, TerDUning talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi S.Aliqulov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari I.Bobomurodov hamda Yoshlar itiffoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, darslarning sifati, maqolalar yozilish tartibi bo'yicha va til to'garaklarini tashkil qilish shuningdek talablarni ish bilan ta'minlash to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

❇️ Do‘stona munosabatlarda o‘tgan ochiq muloqotda talabalarning muammolari va takliflari tinglandi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA "XON ATLAS JILOSI — 2022" MILLIY LIBOSLAR NAMOYISHI OʼTKAZILDI

Muxbir: Shoira Eshqurbonova

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali.
#TerDU | #zakovat

TerDUda Zakovat intellektual o'yinining final bosqichi boʻlib oʻtdi

🔰 Bugun Termiz davlat universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bag'ishlab Yoshlar itiffoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi o'tkazildi.

🏛 Intellektual o'yin O'zbek filologiyasi fakulteti hovlisida tashkil qilindi hamda unda yarim finalda yuqori ball to'lagan 25 jamoa ishtirok etdi.

Qizg'in kechgan o'yin natijalariga ko'ra:

🥇 Imperiya (Tarix fakulteti) 1 000 000 so'm;

🥈 Ideal Plus (Magistratura boʻlimi) 800 000 so'm;

🥉 Lawyer (Yuridik fakulteti) 600 000 so'mni qo'lga kiritishdi.

🏆G'olib bo'lgan jamoalar diplom, esdalik sovg'alari hamda yuqorida ko'rsatilgan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#kun_hikmati

🔴 Eng kambagʻal inson uyi yoʻq inson emas, oilasi yoʻq inson ham emas, choʻntagida biror chaqasi yoʻq inson ham eng kambagʻal inson emas!

Eng kambagʻal inson bu ORZUSI va MAQSADI yoʻq insondir!

✍️Suqrot

https://t.iss.one/terdu340
Termiz davlat universiteti va mahallalar hamkorligi davom etmoqda

🔰 TerDU Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari Alisher Navoiy mahallasidagi 24-maktabda bo‘lishdi.

"Bir oilada ezgu maqsadlar sari" shiori ostida 24-maktab o‘quvchilari bilan “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔶 Davra suhbatida falsafa fanlari nomzodi, professor X.Xudayberdiyev, Termiz shahar Murchbobo masjidi imomining noibi Q. Bahromov hamda fakultetning professor-o‘qituvchilar va tyutorlari ishtirok etishdi.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali