TerDU rasmiy kanali
22.1K subscribers
21.3K photos
2.54K videos
996 files
10.4K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
English Language Assessment Conference

Konferensiya 15 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 13:00 boshlanadi!

Britani kengashining vakolatxonasi tashabbusi bilan 15-17-noyabr kunlari "Ingliz tili bilimlarini baholash" (English Language Assessment Conference) nomli onlayn 9-konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiya o'zbek va ingliz tillarida "ZOOM" platformasida olib boriladi. Onlayn konferensiya Britaniya Kengashi baholash tizimlari sohasidagi ekspertlarning faol ishtirokida o'tkaziladi.

- Tadbirda to'liq qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.

Ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari kerak:
https://us02web.zoom.us/webinar/register/WN_BNfjNPSSQCyzHgcBNaKJRA

Onlayn konferensiya to'g'risidagi batafsil ma'lumot bilan https://www.britishcouncil.uz/en/exams/new-directions-series-2021 havolasi orqali tanishish mumkin.
Professional ta’lim muassasalarining sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o’qish boshlandi

🔰2021/2022-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

🗓 Bugun, 15-noyabrdan e’tiboran, kollej va texnikumlarda sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o‘quvchilar qabul qilingan kasb va mutaxassisliklarda o‘quv jarayonini tashkil etish boshlandi.

❗️O‘quv jarayonini tashkil etishga ta’lim muassasasi direktori shaxsan mas’ul hisoblanadi.

☝️Eslatma: kollej va texnikumlarning KUNDUZGI ta’lim shakliga kirish imtihonlari davom etmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from A.Maraximov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Judayam taʼsirli... Baxt uchun koʻp narsa kerak emas

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐https://t.iss.one/TerDU_Rektori_A_Maraximov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Mamlakatimizda keng nishonlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan TerDU Nemis tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati tabriknoma yoʻlladi.

🇩🇪🇺🇿 “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Islomov Sanjar Lingvistika sohasi boʻyicha Germaniyaning University of Münster universitetining doktorantura dasturida tahsil olmoqda.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#TAʼZIYA

Termiz davlat universiteti jamoasi Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti oʻqituvchisi Choriyev Ulugʻbek Abdujabborovichning volidai muhtaramalari Yakubova Maryam ayaning vafotlari munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiradi.

Haq taolo marhumaning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru-mukofotlar ato etsin.
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_mavzusi

🔰 “Kredit-modul tizimini joriy etishdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari”

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig‘i, Mansur SULTANOV, Ph.D.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tafsilot | Buyuk oʻtmishni namoyon etuvchi qadimiy meʼmoriy yodgorliklar to’g’isida Termiz davlat universitetining professor-o’qituvchilarining fikrlari Termiz davlat universiteti arxeologiya yoʻnalishi magistranti, jurnalist Sarvar Toʻrayev lavhasida.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#Tolerantlik

15–21-noyabr kunlari O‘zbekistonda 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda

🤝Bag‘rikenglik haftaligi”ni o‘tkazishdan maqsad jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat.

Haftalik doirasida “O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor” shiori ostida turkum madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, “Do‘stlikni tarannum etgan yurt” hujjatli filmi taqdimoti, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, kitoblar ko‘rgazmasi, fotoko‘rgazma, ilmiy-amaliy va maʼrifiy anjumanlar, boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

♻️ Maʼlumot o‘rnida, BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, 1997-yildan buyon butun dunyoda har yili 16-noyabr “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilasizmi?

“Forum”, “Konferensiya”, “Kongress”, “Seminar”, “Simpozium” tushunchalari o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?

Akademik faoliyatimizda “Forum”, “Konferensiya”, “Kongress”, “Seminar”, “Simpozium” tushunchalarini ko‘p eshitamiz va ishlatamiz. Ko‘pchilik uchun ularning farqini bilish juda qiziq.

Shu sababli ushbu tushunchalar o‘rtasidagi farq haqida ma'lumot berishga harakat qildik.

👇Ushbu maqola orqali savolga to‘liq javob topishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TerDU | #yashil_makon
#dolzarb_40_kunlik

🌲“Yashil makon” umummilliy loyihasida Termiz davlat universiteti jamoasi faol ishtirok etishdi.

🎥 Jarayonlar viloyat ommaviy axborot vositalarida yoritildi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#student_life

“What would you do differently if you were a university student again?”

➡️ Different people gave different answers.

💬 “I would have studied harder. I took the easiest classes possible just to graduate, and I didn’t always study in those. Doing it over again, I’d do all the reading and all the homework. And I’d take harder classes that I know would serve me well in the future”.

💬 “I would be more extroverted. Now that I’m older, I’m not so timid around people I don’t know. I would be more outgoing, not so afraid to talk to people”.

💬 “If I were in college, I’d add a second major that trained me to get a job”.

💬 “I would seriously consider to study a language that is not my own”.

💬 “I would start writing. I only started writing consistently about a year ago. I would’ve loved to have started sooner. I wish I could’ve discovered my love of writing sooner”.

💬 “If I could go back, I would be a lot more confident in myself and my abilities”.

❇️ We gave this post just to encourage our students to think deeper.

♻️ If you are still a student, it’s not late yet to do these great things that would serve your future. Open your eyes
❗️
#Dayjest

Ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan OTMda "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

🔸Toshkent davlat yuridik universitetining 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etib, muassasa atrofida joylashgan bog‘larga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.

🔹Toshkent shahridagi Inha universiteti hududida yangi «Yoshlar eko bog‘i» uchun daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔸Navoiy davlat pedagogika institutiga Karmana tumanidan ajratilgan yer maydonida 1200 ta tut ko‘chatlari ekildi.

🔹Qoʻqon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining 500 nafardan ortiq koʻngilli yoshlari 5 ming tup mevali va manzarali daraxtlar ekilishida ishtirok etdi.

🔸Jizzax politexnika instituti tomonidan “Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik” hamda “Yaxshidan bog‘ qoladi” shiorlari ostida obodonchilik va ko'chat ekish ishlari qizg'in boshlab yubordi.

🔹O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori boshchiligida professor-o‘qituvchilar va talabalar hamda ishchi xodimlar filial hududiga 300 dan ortiq mevali va manzarali ko'chatlar o'tqazishdi.

🔸Termiz davlat universitetida 1200 tup mevali va manzarali daraxt ekish rejalashtirilgan.

🔹Ózbekstan mámleketlik dene tárbiyası hám sport universiteti Nókis filialı miynet jámáátide Nókis qalası aymaǵında ótkerilgen «Jasıl mákan» akciyasına belsene qatnasqanı ushın Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesi tárepinen MINNETDARShÍLÍQ xatı menen sıylıqlandı.

🔸Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı jámááti hám studentleri «Jasıl mákan» akciyasına belsene qatnastı.

🔹Jizzax davlat pedagogika instituti “Universitet bog‘i” aksiyasini o‘tkazmoqda. Ushbu boqqa 500 dan ziyod archa ko‘chati o‘tqazildi.

🔸Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali talaba-yoshlari "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishmoqda. Ma’lumot uchun, loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonda 14 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

🔹TDTU Qo‘qon filiali jamoasi filial maydonida 200 tup mevali va manzarali daraxtlar ekilishida ishtirok etdi.

🔸Guliston davlat universiteti jamoasi tomonidan hududning ochiq maydonlariga turli mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tkazildi.

🔹Samarqand veterinariya meditsinasi instituti jamoasi tomonidan "Ona sayoramizni asraylik!" shiori ostida "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida institut hududiga 100 tupdan ortiq, 10 turdagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🔸TIQXMMI Buxoro filiali direktori boshchiligida filial jamoasi hamda talaba-yoshlar erta tongdan ish faoliyatini daraxt koʻchatlari ekishdan boshladi.

🔹TIQXMMI Qarshi filiali rahbarlari ishtirokida filialning asosiy binosi va talabalar turar-joylarida manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

🔸O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ham tashabbus ko‘rsatib, 200 dan ortiq mevali daraxtlar ekilishida faol bo‘ldilar.

🔹Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialining barcha xodimlari “Dolzarb 40 kunlik» aksiyasida faol ishtirok etishmoqda.

🔸«Jasıl mákan» ulıwma milliy joybarı sheńberinde ótkerilgen usı akciyada belsendilik kórsetkeni ushın Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti jámáátine Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Minnetdarshılıq xatı tapsırıldı.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Bilasizmi?

Ikki toifadagi talaba haqida…

Talabalar ikki toifaga ajratiladi.

1-toifadagi
– faqat baho olish uchun o‘qiydigan talaba;
2-toifadagi – bahoga ahamiyat bermagan holda faqat bilim olish istagida yurgan talaba.

1-toifadagi – darsga faqat davomat uchun (bu ma’muriy talab bo‘lganligi uchun) keladigan talaba;
2-toifadagi – har bir kun yangi bilim va ko‘nikmalar olib keladi, bir kunni yo‘qotish kelajak uchun katta zarar, deb fikrlaydigan talaba.

1-toifadagi – uy vazifalari va o‘quv materiallari nihoyatda qiyin va ko‘p deb, doimo shikoyat qiladigan talaba;
2-toifadagi – qiyin bo‘lgan o‘quv materiallari va uy vazifalarini bajarishdan zavqlanadigan, “qancha ko‘p o‘qisam, shuncha o‘zim uchun foydali” degan dunyoqarashga ega talaba.

1-toifadagi – mashg‘ulotlar vaqtida muallimga kundalik, katta ahamiyatga ega bo‘lmagan texnik, gohida butun auditoriyani chalg‘ituvchi savollar berishni afzal ko‘radigan talaba. Bunday savollarga olingan javoblarni odatda talaba sanoqli lahzalardan keyin unutib yuboradi.
2-toifadagi – muallimga intellektual, chuqur o‘ylangan, fundamental, konseptual savollar berib, ularga berilgan javoblar ustidan o‘ylanib, tahlil qiladigan talaba.

1-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlik haqida ko'proq o'rganishni xohlaydigan talaba;
2-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlikni o‘zlarining shaxsiy amaliyotida sinab ko’rishni xohlaydigan talaba.

Siz o‘zingizni qaysi toifaga mansub deb o‘ylaysiz?

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📚 Ilmning buyuk maqsadi — bu faqat bilim emas, balki harakatdir.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
🎬 Termiz davlat universiteti Milliy libos va san‘at fakulteti Musiqa ta‘limi yo‘nalishi talabasi Sevinch Shodmonova Surxondaryo televideniyesining "Munavvar kun" dasturi mehmoni bo‘ldi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Forwarded from Edu.uz
#Ta’lim_forumi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning forumdagi nutqidan:

– Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda Rossiyaning 15 ta yetakchi universitetlarining filiallari tashkil etilgan bo‘lib, ulardan 12 tasi 2018-2021-yillarda ochilgan. Mazkur filiallarda mamlakatimizning 6 ming nafardan ortiq talabasi tahsil olmoqda. Biz Rossiyaning yetakchi universitetlariga respublika uchun turli sohalarda malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hozirda birgalikda kadrlarni samarali tayyorlash oliy ta'limning ko'plab ta'lim dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda. Joriy 2021/2022-oʻquv yilida mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha qabul kvotasi 4530 nafarni tashkil etdi. Bunda 2019-yilga nisbatan kvotalar hajmi sezilarli darajada 150 foizga oshganini alohida qayd etib o‘tish lozim. Bu ko‘rsatkichlar hamkorligimizning yuqori sur’ati va hajmidan dalolat beradi. Albatta, bu hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun tomonlarimiz ajoyib istiqbolga ega.

🔸🔹🔸

Из выступления Министра высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан Абдукодира Тошкулова:

– На сегодняшний день в Узбекистане созданы филиалы 15 ведущих вузов России, при этом 12 из них были открыты именно в период с 2018 по 2021 годы. В этих филиалах обучается более 6 тысяч студентов нашей страны. Мы благодарны головным вузам в России за вклад, который они вносят в совместное дело по подготовке квалифицированных кадров для республики в различных отраслях.

Ведётся эффективная совместная подготовка кадров в рамках большого количества образовательных программ высшего образования. Квота приёма на эти совместные образовательные программы в текущем 2021/2022 учебном году составила 4 530. Здесь отметим заметный рост объёма квоты на 150% по сравнению с 2019 годом. Эти цифры указывают на довольно высокий темп и объем нашего сотрудничества. Безусловно, у наших сторон есть прекрасные перспективы для вывода этого сотрудничества на еще более высокий уровень.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎬 Termiz davlat universiteti Milliy libos va san‘at fakulteti Musiqa ta‘limi yo‘nalishi o'qituvchi, ustoz san'atkor Abduraim Tursunov Surxondaryo televideniyesining "Munavvar kun" dasturi mehmoni bo‘ldi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali