TerDU rasmiy kanali
21.4K subscribers
21.7K photos
2.59K videos
997 files
10.5K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#Kun_mavzusi

Taʼlim jarayonining kredit-modul tizimi nimalardan iborat?

🔰 Aksariyat xorijiy universitetlarda, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va AQShda ta’lim jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida tashkil qilingan.

❇️ Bu tizim birinchi navbatda taʼlim dasturining “modul” tizimini nazarda tutadi.

✳️ Yaʼni, muayyan mutaxassislik boʻyicha barcha oʻquv materiallari alohida bloklarga (modullarga) boʻlingan bo‘lib, talaba oʻz mutaxassisligi doirasida maʼlum bir fan / modulni tezlashtirilgan tartibda oʻrganadi. Ushbu fan boʻyicha maʼruza va amaliy mashgʻulotlar deyarli har kuni imtihon yoki test topshirilgunga qadar oʻtkaziladi.

ECTS tizimi taʼlim dasturlarining moslashuvchanligini ta’minlaydi. Tayyorgarlik darajasiga qarab talaba fan boʻyicha maʼlum miqdordagi soatlarni oladi.

ECTS tizimi individual oʻquv rejasini shakllantirishda talabalarning ishtirokini nazarda tutadi. Yaʼni, har bir talaba qaysi kursni semester boshida, qaysi birini semester ohirida oʻqishini o‘zi tanlaydi.

ECTS tizimining yana bir afzal tarafi – talabaning mustaqil taʼlim olishi. Talabaga mustaqil taʼlim uchun bir qator mavzular beriladi. Ular ijodiy ish, insho va taqdimotlar (prezentatsiyalar) tayyorlaydilar. Muallim tomonidan tavsiya etilgan qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlab, oʻzlari qiziqqan sohani oʻrganadilar.
#TerDU | #yashil_makon
#dolzarb_40_kunlik

“Yashil makon” umummilliy loyihasida Termiz davlat universiteti jamoasi faol ishtirok etmoqda


❇️ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi orqali koʻchat ekib, bogʻlar barpo etish tevarak-atrof musaffoligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi va ekologik barqarorlikni taʼminlaydi.


Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” aksiyada ishtirok etib, yashil maydonlar yaratishga munosib hissa qoʻshmoqda.

❇️ Mazkur loyihada soha prorektorlari, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, tyutorlar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar hamda koʻngilli talabalar ham faol ishtirok etishdi.

♻️ “Yashil makon” loyihasi doirasida TerDUda 1200 tup mevali va manzarali daraxt ekish rejalashtirilgan.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi

🔰 Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishida kengash aʼzolari Tabiiy fanlar fakulteti faollar zalida bevosita, barcha professor-o‘qituvchilar fakultetlarda videokonferens aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etdi.

🔸 Kun tartibida universitetda oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish, attestatsiyaga tayyorgarlikning borishi, Afgʻoniston Islom Respublikasidan universitet magistraturasiga tahsil olayotganlarning taʼlim jarayoniga qatnashish holati, 2019/2020 oʻquv yilida xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan universitetga oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan talabalar va ular boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi masalalar ko’rib chiqildi.

📚Shuningdek, darslik, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari nashr etilganlar ham qutlandi.

⚡️ Dotsent (3 nafar) va professor 1 nafar) ilmiy unvoniga taqdim etish bo'yicha universitet Kengashi qarori qabul qilindi.

🔰Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Forwarded from Glocals Bookshop
#Talaba_uchun_foydali

🔰Talabalarimiz bir haqiqatni yaxshi tushunib olishlari zarur: ozroq shug‘ullansangiz ham, muntazam shug‘ullaning.

Haftasiga 1 marotaba (masalan, yakshanba kuni) 3 soat davomida xorijiy til o‘rganib, keyin xafta davomida boshqa umuman til bilan mashg‘ul bo‘lmagandan ko‘ra, o‘sha 3 soatni xafta kunlariga bo‘lib, har kuni yarim soatdan o‘rgansangiz, samarasi yuqoriroq bo‘ladi.

✳️ Har bir ishda (xorijiy til, ilm-fan, ijod va san‘at) eng muhim omil – bu MUNTAZAMLIK.

❗️Oz-ozdan, lekin tez-tez bo‘lsin!
«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti» nominatsiyasi asosida «YIL TАNLOVI-2021» oʼtkazilmoqda

Jamoatchilik soʼrovnomasi natijalari hamda jurnalist va blogerlar eʼtirofi asosida gʼoliblar saralanadi.

«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti» deb siz qaysi taʼlim dargohini ayta olasiz?

Ovoz bering, fikrlaringizni yozib qoldiring.

Yil soʼngida «YIL TАNLOVI — 2021» gʼoliblari eʼlon qilinadi!

Tanlov haqida batafsil

Eslatma: Oliy oʼquv yurtlarining nomlari qisqartirma shaklida berilgan. Barcha qatnashchilar roʼyxati quyida:⬇️⬇️⬇️

➡️ OVOZ BERING VА KUZАTIB BORING ⬅️
"MOZIYGA SAYOHAT"
Joriy yilning 13 noyabr kuni Termiz davlat universiteti Milliy libos va San'at fakulteti tyutori B.Toshqobilov dizayn yo'nalishi 1 kurs talaba qizlarini Qadim Surxon vohasining o'tmishi, tarixi va madaniyatini o'zida jo aylagan "Termiz" davlat muzey-qo'riqxonasi ekspozitsiya zallariga tashrif buyurdi va yoshlarning tarixga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortdi.