#Taqdirlash
#Yopilish_marosimi
"YOSH VATANPARVARLAR YIG'INI" YAKUNIGA YETDI
Nishon tumanidagi harbiy qismlarning birida 10 kun davom etgan "Yosh vatanparvarlar yig'ini" o'z yakuniga yetdi. Ushbu munosabat bilan yopilish marosimi o'tkazildi.
Marosimni Qashqadaryo viloyati hokimi o'rinbosari R.Yo'ldoshev ochib berdi. Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi madhiyasi yangrab, yosh vatanparvarlar yig'ini tadbirlari doirasida tashkil etilgan musobaqa hamda tanlovlarda munosib ishtirok etgan yoshlar hamkor tashkilot mas'ullari tomonidan taqdirlandi.
- Farzandimning "Yosh vatanparvarlar yig'ini" doirasidagi tadbirlarda ishtirok etganidan juda xursandman, - deydi Qarshi tumani "Omontepa" mahallasi fuqarosi T.Temirov. - Uning sportning milliy kurash turi bo'yicha yuqori natijani qo'lga kiritgani esa meni yana ham xursand qildi. Eng avvalo, o'g'limni tavsiya qilgan mahalla yetakchisiga, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi va barcha mas'ul tashkilot vakillariga katta rahmat.