Temur Poyonov️️
3.52K subscribers
5.19K photos
623 videos
10 files
1.63K links
©️ 𝐒𝐡𝐚𝐱𝐬𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠

🇺🇿
Download Telegram
Forwarded from VOHA YANGILIKLARI | 24/7
XIZMAT GUVOHNOMALARI TOPSHIRILDI

Viloyat Yoshlar markazi binosida Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan 62 ta mahalla yetakchilariga xizmat guvohnomalari topshirildi.

Mahalla yetakchilari Prezidentimizning 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorlariga asosan faoliyat olib borayotgan bo'lib, ular o'z navbatida yoshlarning bandligini ta'minlash, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda o'z tashabbuslarini ko'rsatishmoqda.

- Xizmat guvohnomalarining topshirilishi biz mahalla yetakchilarining mas'uliyati oshishi, yanada shijoat va g'ayrat bilan ishlashimizda yaqindan yordam beradi, - deydi Qarshi shahridagi "Roguzar" mahallasi yoshlar yetakchisi O'g'iloy Arabova.

Xizmat guvohnomalarini Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i T.Poyonov, boshqarmaning kadrlar bo'limi boshlig'i M.Samarov hamda agentlikning Qarshi shahar bo'limi boshlig'i J.Shodiyevlar topshirdi.

https://t.iss.one/Agentlik_Qashqadaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муборак, қадрли ҳамкасблар!

С Днем работников печати и средств массовой информация, дорогие коллеги!

Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from VOHA YANGILIKLARI | 24/7
#Seminar

MAHALLA YETAKCHILARI UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI

Viloyat Yoshlar markazi binosida Qarshi shahridagi mahalla yetakchilari uchun seminar tashkil etildi. Seminarni Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Temurbek Poyonov olib bordi.

Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 19-yanvarda qabul qilingan "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori, ushbu qaror doirasida mahalla yetakchilarining faoliyati, amaliy ishlari keng muhokama qilindi. Yoshlar daftari, yoshlar dasturi hamda yoshlar balansi mahalla yetakchilari tomonidan qanday yuritilayotgani tahlil qilindi.

Seminar davomida shaharning "Shodlik", "Ravoq", "Zog'za" "Xaramjoy", "Qavali" hamda "Naxshab" mahallalari yoshlar yetakchilarining faoliyatini ko'rsatuvchi elektron platforma bilan yaqindan tanishildi.

Yakunda mahalla yetakchilari o'zlarini qiziqtirgan qator savollarga javoblar olishdi.

https://t.iss.one/Agentlik_Qashqadaryo
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter