Temur Poyonov️️
3.12K subscribers
5.81K photos
674 videos
14 files
1.88K links
©️ 𝐒𝐡𝐚𝐱𝐬𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠

🇺🇿
Download Telegram
Vazir o'rinbosari Namangan sardorlari bilan uchrashdi

Ayni paytda xizmat safari bilan Namangan viloyatida boʻlib turgan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev va viloyat Yoshlar ittifoqi hamda "Kamalak" bolalar tashkiloti sardorlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Davlatobod tumanida joylashgan 92-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda sinf, maktab hamda viloyat sardorlarining takliflari tinglandi. Oʻquvchilar oʻrtasida chet tillari, jurnalistika, notiqlik, musiqa va sanʼat hamda zamonaviy kasblarni oʻrganish borasida qilinishi kerak boʻlgan ishlar muhokama qilindi.

Vazir oʻrinbosari muloqot davomida har bir sardorning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirib oʻtib, har bir taʼlim muassasasidagi jamoa ular bilan hamfikr ish yuritishi, oʻgʻil-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda sardorlar bilan hamkorlik qilishini alohida taʼkidladi.

Endilikda Namangan tajribasi sifatida viloyatdagi har bir maktabda "Bolalar mushoirasi" klublari tashkil etiladi, Matbuot va media yoʻnalishi sardorlarini jurnalistika va mobilografiya boʻyicha oʻqitish yo'lga qo'yiladi, o'quvchilar oʻrtasida doimiy ravishda tanlov va musobaqalar tashkillanib iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqiladi.

Uchrashuv yakunida viloyatdagi eng faol, tashabbuskor sardorlar qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi


Sayt | Telegram
👍52🔥2🤩2🎉1
🟦🟦🟦 #yengilmas #premyera

🌈 Joriy yilning 6-dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar press klubida sinovlarda sinalgan, ammo sinmagan qahramonlar tarixi haqida so'zlovchi "Yengilmas" motivatsion filmining 5-soni premyerasi bo'lib o'tdi.

🍓 Mazkur loyiha umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan iqtidorli va noyob iste'dodga ega yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida yo'lga qo'yilgan.

✈️ "Yengilmas" loyihasining 5-sonida - Yangihayot tumanidagi 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchisi, bolaligidan qog'oz va qalam bilan katta bo'lgan, tasviriy san'atga ko'ngil qo'ygan, 30 dan ortiq Respublika tanlovi ishtirokchisi, 8 dan ortiq Xalqaro tanlovlar g'olibi, 100 dan ortiq asarlar muallifi - Maftuna Sunnatovaning kichik tarixini tomosha qilishingiz mumkin!

🧒 Yangi jamoa bilan yangi g'alabalar sari!

#poytaxt #sardorlar #yengilmas #kamalak

🕊 @poytaxt_sardorlari_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏42🎉2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Муҳаммад Юсуф "Онам" Афзал Рафиқов ўқиган !!!

❗️Албатта яқинларингизга улашинг, улар ҳам ибрат олишсин!!!

Rasmiy sahifalarimiz:
🇺🇿 TemurPoyonovv |🥉Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4👏43🎉3
ONAJON
Topmoq yo‘qotmoqdir, yo‘qotmoq topmoq.
Sen so‘lib, men yashnab to‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan ko‘proq yo‘qotdim,
Sen meni yupatding, seni yig‘latdim.
Sen meni yaratding, seni tugatdim.
Uyalmay ona deb kelishimga boq!
Sog‘inch haqda she'rlar yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, attang, ming attang,
Qiz tug‘sang netardi, ko‘proq qiz tug‘sang.
Tirgak bo‘lolmadim bitta qizingcha,
Uyalmay shoirman deyishimga boq!
Joningdan aylanay turgin jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi jigarginang qon?
Boqma ko‘zlarimga bemajol, xasta,
Meni topganlarim gulmi bir dasta.
Yo‘qotganim... Yo‘qotganim endi senmi onajon,
O‘z etimni o‘zim yeyishimga boq!
Bilsang... Bilsang yuragimni bir alam elar,
Buyursang qo‘limdan kelmaydi nelar.
Ayt, pichan yig‘aymi, o‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi, ko‘k ag‘daraymi?
Itdek oyog‘ingga suykalgim kelar,
Uchib-uchib mana qo‘nishimga boq!
Hech narsa kerakmas, bolam hech deysan,
Endi kech deysan-da, endi kech deysan.
Yuzimni bosaman muzdek yuzingga,
Onajon zor qilib ketma izingga.
O‘lim oldida ham g‘amimni yeysan,
Men-chi jim taqdirga ko‘nishimga boq!
***
She'rim bitdi, xayr do‘stlar, xush qoling,
Bedil yashamakka o‘rganmang mendek.
Boring, volidangiz ko‘nglini oling,
Ertaga kech qolib o‘rtanmang mendek.

Rasmiy sahifalarimiz:
🇺🇿 TemurPoyonovv |🥉Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥54🎉3👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4🎉42👏2🤩1
8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.

📌 Aziz yurtdoshlar! Konstitutsiyamizning 31 yilligi muborak bo‘lsin.

Rasmiy sahifalarimiz:
🇺🇿 TemurPoyonovv |🥉Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3🎉32🤩2
10-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashining 11-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya bugungi kungacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.

📌 Davlat madhiyasining muallifi Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov boʻlib, musiqasini Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan.

Rasmiy sahifalarimiz:
🇺🇿 TemurPoyonovv |🥉Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍215🎉4🤩3🔥2👏2
Live stream started
Live stream finished (28 minutes)